Bolam dars qilyapti…



Download 31,5 Kb.
Sana08.08.2021
Hajmi31,5 Kb.
#142446
Bog'liq
BOLAM DARS QILYAPTI...


BOLAM DARS QILYAPTI…

Shu kunlarda fan o’qituvchilari o’quvchilarimdan(9-sinf) tez-tez shikoyat qila boshladi. Ingliz tili, fizika, algebra, … fanidan aksariyat o’quvchilar uy vazifalarini bajarmay kelayotgani yangi bilimni o’zlashtirish uchun to’siq bo’layotgani haqida kuyunib gapirardi. Nahotki, men sezmadim, dedim o’zimga o’zim, axir, ularda intilish, harakat yaxshi edi-ku! Demak, nazorat susayibdi!

Dastlab o’quvchilar bilan “tarbiyaviy soat”ni maromiga yetkazib o’tdik. Kundalik daftarlarga qayd etilmagan baholar sababini “aniqlashtirdik”: birining kundaligi “uyida qolib ketgan” bo’lsa, biriniki “yo’qolibdi”. Aslida esa “yomon” bahoni kundalik daftarga tushirmaslik uchun ko’rsatilgan vajkorsonlardan boshqasi emasligi shundoqqina ko’rinib turardi. So’ng ustozlar bilan alohida suhbat o’tkazdim. Ularni ham biroz qattiqqo’l bo’lishga va o’quvchining biror savoli javobsiz qolmaydigan pishiq-puxta dars o’tishlarini talab qildim. Darslarini kuzatdim. Uyga kelib esa, ro’yxatga tushgan har bir ota-onaga xabar yubordim: “Hurmatli ota-ona! Sizdan farzandingiz uy vazifasini tayyorlashga ko’mak berishingizni so’rayman. Hech bo’lmaganda, uydagi dars qilish jarayonini kuzatishingiz orqali katta yordam bergan bo’lasiz!” Atigi bitta onamiz xavotirlanib aloqaga chiqdi! Dengizga tosh otgandek bo’ldim, shekilli, suv biroz chayqaldi-yu tezda tinib qoldi. Ammo men tinmadim! Chunki ota-onalarning xotirjamligi halovatimni yo’qotgan edi. Ular bilan bir-bir gaplasha boshladim. Ha-a, endi tushungandek bo’ldim, xabar egasini topmay xato yo’naltirilgan bo’lishi ham mumkin-ku, nega shuni o’ylab ko’rmabman-a, axir, bolasi ota-onasi yonida dars qilishini hisobga olmabman-ku! Shunday bo’lgandan keyin kimga ishonsin, mening “bekorchilikdan” yozgan xabarimgami yoki ko’z oldida dars qilayotgan farzandigami? Albatta, ertasi bo’lgan dilbandiga-da! Suhbatlashar ekanman, ko’pchiligi farzandining har kuni kechki taomdan so’ng uy vazifalarini qilishini ko’rgani uchun xavotirga o’rin yo’qligini ta’kidlashdan charchamadi. Xo’sh, unda muammo qayerda? Yechimni qanday topamiz? kabi savollar girdobida qoldim. Shunday bo’lsa-da, urinishlarim hozircha zoye ketmabdi, vaziyat o’nglana boshladi.

Ota-ona suhbatidan va kuzatuvlarim sabab so’rovnoma tuzdim, zora javoblar topilsa, yechim ham topilardi.



  • Farzandingizning dars qilishi uchun uyda qanday sharoit mavjud?

  • Uning dars qilishini shunchaki kuzatasizmi yoki ertangi kun bo’ladigan mashg’ulotlariga tayyorgarligi uchun yordam berasizmi?

  • Uy vazifani bajarish jarayonida farzandingiz holatini kuzatganmisiz?

  • Dars qilguncha qaysi ishni avval bajaradi: avval yozadimi yoki o’qiydi?

  • Qiynalgan topshiriqlarni bajarishga kimga murojaat qiladi? Bunday vaziyatda siz qanday yordam berasiz?

  • Uy vazifasini bajarishda darslik kitoblaridan tashqari yana qanday kitoblar yoki manbalardan foydalanadi?

  • Olgan va olinayotgan baholarini tahlil qildingizmi?

  • Fan o’qituvchisi bilan suhbatda bo’lganmisiz?

  • Ko’z oldingizda kitobni o’qisa-da, uqmayotgani sababini o’rgandingizmi?

  • Yuziga kitobni qo’yib uxlab qolishlarini charchashiga yo’ymadingizmi?

  • Bir kunda, ya’ni 24 soatning qanchasini farzandingiz yonida bo’lib, kun davomida o’rganib kelgan bilimlarini so’rashga, suhbat o’tkazishga sarflaysiz?

  • Davom ettiramizmi?

Endiii, do’ppini bir chetga qo’yib, savollarga javob yozish uchun siz ham qalam-daftar oling-chi. Farzandingizga ta’lim-tarbiya berishda biz bilan hamkor bo’ling. Shundagina, yoningizda dars qilib o’tirgan dilbandingizning katta yo’lga chiqib olishi osonlashadi.

Dildor Nurmuhamedova
Download 31,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish