2.3. Ota-onalar bilan treninglar o‘tkazish usullari.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar uchun treninglar, munozaralar, testlar, topshiriqlar, savol nomalar, interfaol metodlar vaqti- vaqti bilan o‘tkazilib turilsa, ayniqsa, maktab yoshidagi 6-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorgarligini aniqlashda ota-onalarning ishtirokida olib boriladigan har bir mashg’ulotlar farzandlarining nimaga qodir ekanligini anglab olishlariga yaqindan yordam beradi va bolalarni maktabga tayyorlashda oila a’zolarining mas’uliyati oshardi.
Ta’lim muassasalarida ota-onalar va tarbiyachilar bilan o‘tkaziladigan har bir munozaralar bolalarni maktabning ilk bosqichiga qadam qo‘yishlarini silliqlik bilan o‘tishida yordam beradi hamda sog’lom bola va mustahkam sog’lom muhit sharoitini yaratishga imkon beradi.
Treninglar maktabgacha ta’lim muassasa uslubchisi, maktabgacha tayyorlov gurux tarbiyachisi va tarbiyalanuvchilari hamda ularning ota-onalari, boshlang’ich sinif o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilishi bola rivojlanishida to‘g’ri tashxis qo‘yishga yordam beradi.
Ota-onalarga: «Sizning bolangiz yaqinda yetti yoshga to‘ladi. Uning hayotida yangi tartibli, rejaga asoslangan ta’lim boshlanib, u bolangizni har tomonlama sog’lom, tetik, mustaqil shaxs sifatida voyaga yetishida zamin yaratish bosqichlariga aylanadi» deb murojat etiladi. Maktab ostonasiga birinchi qadamini qo‘yar ekan sizning bolangiz hayotida o‘chmas, esda qoluvchi damlar boshlanadi, deb savolnomalar tarqatiladi va yozma ravishda javob berilishini iltimos qilinadi.
Sizning bolangizda maktabda o‘qishga moyillik bormi?.........
Sizningcha bola maktabga tayyorgarlikni oilada oladimi?....................
Maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishi uchun nima zarur?..............
Jismoniy sog’lom bo‘lishi uchun nimalarga e’tibor qaratilishi lozim?.........................
Shaxsan sizning bolangiz maktabgacha ta’lim muassasasidan so‘ng maktab sharoitiga moslashishi uchun nimalarga etibor qaratar edingiz?...........................
Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab ta’limi o‘rtasidagi farqlarni bolangiz ongiga singdira olasizmi?....
Maktab hayotidagi qonun-qoidalarni bilishi va unga amal qilishiga yordam bera olasizmi?.................................
Maktabgacha ta’lim muassasalaridan qanday talab va istaklaringiz bor?
kabi savollarga javoblar olingandan so‘ng munozarani olib borish uchun ota-onalarga topshiriqlar beriladi:
ota-onalarning maktab bo‘sag’asidagi tashvishlari qay darajada ekanligini aniqlash,
maktabga bolalarni har tomonlama tayyorlash uchun ota-onalarni qiziqtirgan kitoblarning mavjudligi,
bolani sog’lom muhitda tengdoshlari bilan o‘rtoqlashishga ko‘maklashishi.
o‘qish va sanashni bilish darajalarini aniqlashga yordam berish.
bolalarni intizomli, tartibli, chidamli va mustaqil fikirlashga undash.
Ota-onalar topshiriqlar yuzasidan o‘zaro munozara qilganlaridan so‘ng ularning fikr va mulohazalarini tinglash hamda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari va boshlang’ich ta’lim o‘qituvchilariga bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ularni sog’lomligiga katta e’tibor qaratish, jismonan va aqlan rivojlantirish mas’uliyatini yuklash, muassasalar bilan hamkorlikda ish olib borish vazifalarini bajarishdan iboratligi tushuntiriladi hamda ta’limning keyingi turi - boshlang’ich sinflarda muvaffaqiyatli ta’lim olishga yo‘naltiriladi. Xususan, mustahkam oilada sog’lom bola tarbiyasi bolalarni ma’rifatli, ishbilarmon, tadbirkor, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitiga o‘tishning ma’naviy-axloqiy asoslarini to‘g’ri tushuna oladigan, halol, to‘g’ri, birovlar haqqiga xiyonat qilmaydigan, hayr-ehson, sahovat va muruvvat kabi fazilatlarning asl ma’nosini yaxshi anglaydigan jamiyat a’zosi qilib tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalari va ota-ona avvalo, o‘zi, qolaversa, farzandlarini ham o‘rgatib bormog’I, har biri o‘z mas’uliyatini anglab yetmog’i, ota-ona va tarbiyachi farzand tarbiyasida mohirona bo‘lishi bugungi kun talablaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |