BOLALARNING NUTQ MADNIYATINI O'SISHIDA OILANING O’RNI
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………3
1-Bob Bolalarning nutq madniyatini o'sishida oilaning o’rni………….7
Matabgacha ta’lim muassasalari va oilada metodik ishlarning olib borilishi………………………………………………………………7
Maktabgacha ta’lim muassasasining ota-onalar bilan hamkorlikdagi ishlar tizimi……………………………………………………………8
Ota-onalar bilan o’tkaziladidan pedagogik kengash…………………13
2-Bob Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning о‘rni…………17
2.1 Bolalar nutq madaniyatinihg о‘sishida oilaning о‘rni………………17
2.2 Ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalari hamkorlikda bolalarni tarbiyalash. …………………………………………………………………17
2.3 Ota-onalar bilan treninglar o‘tkazish usullari. ………………………21
Xulosa …………………………………………………………………...…31
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………...…32
Reja:
Kirish
1-Bob Bolalarning nutq madniyatini o'sishida oilaning o’rni
Matabgacha ta’lim muassasalari va oilada metodik ishlarning olib borilishi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining ota-onalar bilan hamkorlikdagi ishlar tizimi
Ota-onalar bilan o’tkaziladidan pedagogik kengash.
2-Bob Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning о‘rni
2.1 Bolalar nutq madaniyatinihg о‘sishida oilaning о‘rni.
2.2 Ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalari hamkorlikda bolalarni tarbiyalash.
2.3 Ota-onalar bilan treninglar o‘tkazish usullari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. Barkamol shaxsni tarbiyalash barcha davrlarda muhim ijtimoiy talablardan biri bo’lib kelgan, ammo bugungi sifat o’zgarishlar ro’y berayotgan bir davrda bu masalaning dolzarbligi yanada kuchayib talab ortib bormoqda. Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya jarayon qayta ko’rib chiqilib uni rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta’lim to’g’risidagi” Qonunning yaratilishi ta’limni tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’l halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini berdi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 oktabr kuni Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda davlat rahbari rasmiy sayti xabar berdi. Ma’lumki, vatan beshikdan boshlangani kabi, ta’lim-tarbiya ham beshikdanoq, xattoki, bola tug’ilmasidanoq berila boshlanishi kelajakdagi ijobiy natijalarga sabab bo‘ladi.
Oilada biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bog’liq. Shuning uchun ham oilada tarbiya, madaniy xulq-atvor odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e’tibor berish, ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘g’risidagi axloqiy tasavvurlarini tarkib toptirish va shu xildagi sifatning didiga nisbatan salbiy munosabatni tarbiyalash kerak.
Oilada farzandlar nutq madaniyatini shakllantirish, mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan, barkamol avlodni voyaga yetkazishda o‘z samarasini berishi shubhasizdir.
Hozirgi paytda maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga yanada yuqoriroq talablar qo‘yilmoqda. Bunda rasimlarga qarab hikoya tuzish ham nutqini rivojlantirishda samarali usuldir Bu talablarga javob berish nutqni rivojlantirishga oid yangi izlanishlarni taqozo etadi. Shunday qilib, pedagogika ilmining hozirgi bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga nisbatan qo‘yiladigan talablar bilan ushbu talablar ijrosi o‘rtasida ziddiyatlar namoyon bo‘lmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Prezidentning Davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. Mamlakatda milliy genofondni mustahkamlash, yosh avlodni yetuk kadrlar etib tarbiyalash masalalariga doimiy e'tibor qaratib kelinmoqda. 2017 yil 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ta'lim tizimini rivojlantirishning ko‘plab yo‘nalishlari belgilab berildi. Xususan, Maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining birinchi – maktabgacha ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi: maktabgacha ta’lim ochiq turdagi ta’lim muassasasi sifatida shakllandi; maktabgacha ta’lim muassasalarining eng muhim funksiyasi bolalarning hayotiy faoliyatini muhofaza qilish va salomatligini mustahkamlash; tarbiyalanuvchilarni maktab ta’limiga muvafaqqiyatli tayyorlash va boshqalar. Shuningdek, bugungi kunda Respublikamizda xilma-xil (yasli, bolalar bog’chasi, bolalar bog’chasi-boshlang’ich maktab, davlatga qarashli va xususiy) turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda. Prezidentning 2017- yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.
Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, Maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, Maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni MTT ga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, biz mazkur kitobda maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning samarali yo‘llari hamda vositalarini ishlab chiqishda tayanch bo‘ladigan nazariy, metodik usullarni yoritishga qaror qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |