Z. Diyorning „Binafsha' she’rini yod oldirish.
Dastur mazmuni. Bolalarga binafsha bahor faslining elchisi ekanligi to'g'risida tushuncha berish va mustahkamlash. She’rning mazmunini tushunishga, unda aks etgan ko'tarinki ruhdan, quvnoq ohangdan, sevinch, shodlikdan ta’sirlanishga undash.
Mashg‘ulotga tayyorgarlik. Binafsha gulini guldonga solib, bolalarga ko'rinmaydigan joyga qo'yish.
Mashg‘ulotning borishi.
Tarbiyachi: Hozir o'lkamizda qaysi fasl? Bu faslda ob- havo qanday bo'ladi? Qanday gullarni bahor elchisi deymiz? Binafshalar qayerlarda ochiladi? Siz shu gulni ko'rganmisiz? (Binafsha gulini ko'rsatadi.) Bolalar javobidan so'ng tarbiyachi ularning javoblarini umumlashtirib, shunday deydi: To'g'ri, hozir bahor fasli. Bahor faslida hamma yoq chiroyli libosga burkanadi. Bog'larda qushlar sayraydi, kapalaklar guldan gulga qo'nib yayraydi. Bahor elchilari binafsha, lola ochiladi. Hamma bog'larga, dala va adirlarga gul tergani chiqishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |