Savollar yordamida rasmni ko‘rib chiqish.
Tarbiyachining namuna-hikoyasi bilan yakunlash.
Mashg’ulot uncha katta bo'lmagan kirish suhbati bilan boshlanishi mumkin. Uning maqsadi rasmda tasvirlanganlar to‘g‘risida bolalarning tasavvurini aniqlashdan va emotsional kayfiyatni vujudga keltirishdan iboratdir. Tarbiyachining savollari mashg’ulotdagi asosiy metodik usullardan biri hisoblanadi, Shuning uchun savollarni oldindan puxta o'ylab olish muhimdir. Bolalarga beriladigan savollar tushunarli bo’lishi va unga javob berishda qiyinchilik tug'dirmasligi kerak. Kichik yoshdagi bolalar rasm asosida ikki-uch so‘zdan iborat bo’lgan gaplar yordamida hikoya qilib berishga o'rganadilar. Rasmni ko‘zdan kechirish bolalar nutqining to‘g‘ri va aniq rivojlanishiga yordam beradi. Tarbiyachi, rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarni va voqealarni to‘g’ri aytishlarini nazorat qilib borishi kerak.
Tarbiyachi o‘z nutq namunasi, savollari, ko'rsatmalari bilan bolalarga rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarning sifat va belgilarini aniq belgilovchi so’zlarni tanlay olishlarida yordam beradi. Kichik guruhlarda dastlabki rasmlar alohida narsa-buyumlar (o‘yinchoqlar yoki tanish uy jihozlari), uy hayvoniari, bolalar hayotidan olingan murakkab bo’lmagan voqealar tasviridan iborat bo‘ladi. Mashg'ulotdan so’ng rasm guruh xonasida bir necha kunga qoldiriladi. Bolalar yana bir marta rasmni ko‘zdan kechirib chiqadilar. Ilgari ko‘rmagan narsalarini ko‘radilar, bir-birlariga fikrlarini aytishadi.
Tarbiyachi bunday ko‘zdan kechirishlarga rahbarlik qiladi, ya’ni ularning aytayotgan fikrlarini aniqlashtiradi, qo'llab-quvvatlaydi, rag'batlantiradi.
O’rta guruh. Bu guruh bolalarining nutqi takomillashadi, fikrlashi faollashadi, uncha katta bo’lmagan hikoya tuza oladilar. Dastlab bolalar tarbiyachining savollari yordamida hikoya qilib beradilar. Bu bolalarning jamoa bo’lib tuzgan yoki tarbiyachi va bitta bolaning hamkorlikda tuzgan hikoyasi bo‘lishi mumkin. Mashg‘ulot oxirida tarbiyachi bolalarning barcha aytgan fikrlarini umumlashtirib, o’zi to‘liq hikoya qilib beradi. So’ngra bolalar tarbiyachining namuna-hikoyasini takrorlaydilar. Bu guruhda tarbiyachining namuna hikoyasi bolalarning undan nusxa olishlari uchun beriladi. „Xuddi mendek hikoya qilib bering", „Yasha, mening hikoyamni eslab qolibsan“, - deb tarbiyachi bolalarni rag‘batlantiradi, ya'ni ushbu guruhda bolalardan mavzudan chetga chiqib ketmaslik talab etiladi. Namuna h^koya ma’lum bir talablarga javob berishi kerak. O‘rta guruh bolalarini narsa-buyumlarni tasvirlovchi va voqeali rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzishga o'rgatish mumkin. Tarbiyachi bolalarni o‘z hikoyasida lug‘atidagi so’zlardan, sifatdoshlardan, aniqlovchidan, holdan va boshqalardan keng foydalanishga o‘rgatishi kerak. Bolalar rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzishga (bir yoki bir qancha narsa- buyumlarning yoki obyektlarning sifatlari, xususiyatlari, harakterlari to‘g’risidagi hikoya) o'rganib olganlaridan so'ng voqeaband suratlar bo‘yicha voqeaband hikoyalar tuzishga o’rgatiladi. Bolalar tarbiyachi yordamida tasviriy harakterga ega bo‘lgan bog’langan hikoya tuzadilar. Bu sckin-astalik bilan bolalarni mustaqil ravishda voqeaband hikoyalar tuzishlariga yordam bcradi.
Katta guruhda bolalarning faolligi o‘sadi, nutqi takomillashadi, turli rasmlar bo’yicha mustaqil hikoya tuza oladilar. Rasmlardan foydalanilgan mashg'ulotlarda ularning mazmuniga qarab har xil vazifalar qo'yiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |