Bolalarni ifodali she’r yodlashga o'rgatish. Turli yosh guruhlarida she’r yodlatish metodikasi. Rasmlarga qarab hikoyalar tuzish Reja


tipratikancha esa xuddi koptokka o‘xshab, dum-dumaloq bo’lib olibdi. Qo’ng‘iz yiqilib tushgan edi, tipratikancha qo'rqib, tumshug‘ini ichkariga yashirdi—



Download 40,85 Kb.
bet11/12
Sana07.04.2022
Hajmi40,85 Kb.
#533872
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
bolalar 1 2

tipratikancha esa xuddi koptokka o‘xshab, dum-dumaloq bo’lib olibdi. Qo’ng‘iz yiqilib tushgan edi, tipratikancha qo'rqib, tumshug‘ini ichkariga yashirdi—.
Ikkinchi bir bolaning hikoyasi: „Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Ona tipratikan bilan tipratikanchalar yashar ekan. Kunlardan bir kun ular sayr qilgani bog’ga borishibdi. Ona tipratikan shiliqqurtni ko‘rib qoldi. Ikkita kichkina tikanli tipratikanchalar chuvalchangni ko'rib qolib, unga qarab turishibdi va qanday taqsimlab olishga hayron— .
Uchinchi bolaning hikoyasi: „Tipratikanchalar va ona tipratikan yashar ekan.
Kunlardan bir kun ular o'rmonga sayr qilgani borishibdi. Ikkita tipratikancha qo’ng’izni ushlab olishdi va uni taqsimlay olishmadi. Ular qarasalar, shox-shabbalarning ostida bir ko’k rangdagi dum-dumaloq narsa. Bu ularning akalari bo’lib, u qo’rqqanidan xuddi koptokka o’xshab dum-dumaloq bo‘lib olgan edi. Ular akalariga qarayotganlarida, qo’ng’izlar qochib qolishdi—. Tarbiyachi bolalardan kimning hikoyasi nimasi bilan ko‘proq yoqqanligini, har bir tinglagan hikoyalarida qanday yangi va qiziqarli narsalarni eshitganliklarini so‘rab oladi.
Katta guruh bolalari sekin-astalik bilan rasmda tasvirlangan tabiat manzaralarini (peyzajni) tasvirlash bilan o’z hikoyalarini to'ldirib boradilar. Masalan, „Qishki o’yinlar— rasmi yuzasidan bola shunday hikoya qilishi mumkin: „Bu rasmda qish tasvirlangan. Kun iliq va quyoshli. Osmon ko‘m - ko’k, beg'ubor...—. Rasm bo'yicha hikoya qilishga bunday tasvirlashni kiritish bolalarni manzarali (peyzajli) va naturmort rasmlar bo'yicha hikoya tuzishga tayyorlaydi. Bu hikoya turi maktabga tayyorlov guruhida tashkil etiladi. Bolalarni manzarali va naturmort rasmlar bo'yicha hikoya qilishga o‘rgatishning qiziqarli va samarali
uslubiyotini N.M.Zubareva ishlab chiqqan. Jumladan, ushbu uslubiyotni u quyidagicha yoritadi: „Bolalarni manzarali rasmni idrok qilishga sekin-astalik bilan, ularning
emotsional kayflyatlariga tayangan holda, tabiatni kuzatish bilan bog’lab o’rgatib boriladi. Manzarali rasmni idrok qilishni tevarak-atrofdagi tabiatning rang-barangligini va chiroyini kuzatish bilan (quyoshning chiqishi va botishi, momaqaldiroq, oqshom, ob-havo (bulutli, ochiq), izg'irin shamol va boshqalar) bog’lab olib borish kerak. Manzarali rasmni ko'rib chiqishda quyidagi savollardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: Rassom bizga bu o’rmon haqida (ushbu daraxt, maysazor, o'tloq haqida) nimalarni hikoya qilib bermoqchi bo‘lgan? Nima uchun rassom ozining rasmini shunday nomlagan? Rassoniga nima qiziqroq, chiroyliroq ko‘rinadi? Tarbiyachining „nima haqida...—, „nima to'g‘risida... degan savollari rasmning tavsifini aniqlashga, tabiat nianzarasi to‘g‘risida aniq tavsif berishga yordam beradi. U yoki bu rasmning badiiy g‘oyasini yaxshi tushunish va aniqlash u chun musiqadan, poetik (she'riy) asarlardan foydalanish ma'qul. Bu bolalarda, bir tomondan, barqaror diqqatning vujudga kelishiga yordam bersa. ikkinchi tomondan, ularning
kayfiyatini ko’taradi, tasvirlash uchun o'xshatishlar, epitctlar, taqqoslashlar va kinoyalarni tanlashga yordam beradi“. Masalan, Safo Ochilning, „ Ko’klam qo’shig'i, Shukur Sa'dullaning „Bahor keldi“. Zafar Diyorning „Qor“, she'rlaridan, tabiat to‘g‘risidagi o’zbek xalq qo’shiq va laparlaridan foydalanish mumkin. Rasmning g'oyasini tushunishga yordam berishda ushbu metodik usul ham yordam berishi mumkin: tarbiyachi bolalardan qor bilan o’ynayotganlarida, uyda onalari bolmaganda, shifokor emlash uchun kelganda va hokazo vaziyatlarda kayfiyatlari qanday bo'lishini so’raydi. Tarbiyachining namuna-hikoyasi yoki adabiy asarni o’qib berishi katta ahamiyatga ega. Masalan V.Bakshcycvning „Yashil bahor”, O’.Tansiqboyevning „Kuz“ rasmini ko'zdan kechirishda mashg‘ulotni O’tkir Hoshimovning „Tomchi haqida ertak “ hikoyasini, Qudrat Hikmatning ,,Bu qaysi fasl?" asaridan parcha o’qib berish bilan tugallash mumkin. Maktabga tayyorlov guruhida naturmortlarni ko‘rib chiqish va tasvirlash mashg‘uloti tashkil etiladi. Tarbiyachi doskaga uncha murakkab bo’lmagan rasmni (naturmortni) yoki rasmda tasvirlangan idishlardan, gullardan, mevalardan sto) ustida, xuddi rasmda tasvirlangandek, „naturmort“ yasaydi. So'ngra bolalarning o’zlari narsa-buyumlardan „naturmort“ yasaydilar va bir vaqtning o’zida „naturmortni— tasvirlaydilar: rangini, bo‘yoqlarning mosligini, narsalarning shaklini aytib tasvirlaydilar, keyin esa rasmdagi „ naturmort— bilan taqqoslaydilar. „Stoldagi naturmort—ni ko'rib chiqish bolalarga narsa-buyumlarning turli sifat xususiyatlarini, belgilarini aniqlashga yordam beradi, ularning
estetik sifatlari to’g’risidagi tasavvurlari doirasini kengaytirishga ta’sir etadi. Bola sekin- astalik bilan mustaqil ravishda naturmortlarni tasvirlashga o’rgatadi. Ushbu naturmort rasmlardan foydalanishi mumkin: D.Nalbandyan „Gullar” J. Levitan „Siren—. A. Laktinov „Fevral— , I. Mashkov „Tarvuz bilan naturmort—, P. Kanchalov „ Deraza oldidagi siren — , A.Fatxullin „ Nishona—. Shuningdek, tarbiyachi mashg‘ulotda fotostudia rcproduksiyalaridan ham foydalanishi mumkin. Y.Ryumkinning „Olmalar—, Y.Ignatovichning „Momaqaymoq — va „Moychechak— rasmlarini ko’zdan kechirish yaxshi natijalar beradi.

Download 40,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish