Bolalarda suyak-mushak tizimini anatomo-fiziologik xususiyatlari. Suyak – mushak tizimining asosiy kasalliklari semiotikasi



Download 0,92 Mb.
bet6/8
Sana03.02.2022
Hajmi0,92 Mb.
#427080
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bolalarda suyak-mushak tizimini anatomo-fiziologik xususiyatlari. Suyak – mushak tizimining asosiy kasalliklari semiotikasi.

Расм. Мушак кучини қўлда

Расм.Мушак кучини оёқда аниқлаш аниқлаш



asosan aniqlanadi (masalan o‘yinchoqni qo‘lidan olib kuyishda). Katta bolalarda mushak kuchi dinamometr yordamida tekshiriladi.Normada o‘ng ko‘l panjasi dinamometri ko‘rsatkichi quyidagicha: 7 yoshda qiz bolalarda 9 kg, o‘g‘il bolalarda 11 kg, 11 yoshda muvofiq ravishda 20 va 23 kg, 15 yoshda muvofiq, ravishda 30 va 33,5 kg. Muskul sistemasini tekshirishda mexanik va elektrik qo‘zg‘aluvchanlikni asbob-uskunalar yordamida aniqlanadi. Elektromiografiya usulida mushaklarni bioelektrik farqligi aniqlanadi. Klinik va elektromiografik usulida tekshirish harakatning buzilishi markaziy yoki periferik asab sistemasi yoki mushak apparatining jarohatlanishidan ekanligini farqlash imqoniyatini beradi. Xronoqsimetriya usulida elektr qitiqlash berilgan vaqtdan mushak qisqarguncha ketgan minimal vaqti aniqlab, mushak qo‘zg‘aluvchanligi aniqlanadi. Mushak tizimining irsiy kasalliklarini aniqlashda bioximik usuldagi tekshirishlar, ya’ni qon va siydikda aminoqislota va fermentlar miqdorini aniqdanadi. Bu kasalliklarga siydik bilan ajralib chiqadigan aminoqislotalar mikdorini oshib ketishi harakterlidir.
Sog‘lom o‘z yoshiga monand o‘sgan bolalarda muskullar normal taranglikda, tananing simmetrik sohalarida, bir xil rivojlangan bo‘ladi. Muskullar assimetriyasi bir turdagi guruh muskullarni bir xilda rivojlanmaganida kuzatilib, buni tanani bir yeridagi simmetrik sohani ko‘zdan kechirish, yelka, bilak, son, boldir aylanalarini kuzatish orqali aniqlanadi.
Mushak sistemasida turli kasalliklarda qator o‘zgarishlarni kuzatish mumkin. Mushaklar vaznini kamayishi, bo‘shashishi, og‘ir hastalikda, ozib ketganda, kam harakatda kuzatiladi. Mushak atrofiyasi nevrit, polimiyelitda, uzoq vaqt davom etgan falajlikda professiv mushak distrofiya kasalligida, gapotrofiyani II, III darajasida kuzatiladi. Mushaklar vaznining ortishi (gipertrofiya) sport bilan muntazam shug‘ullangan bolalarda kuzatiladi. Biron bir mushaklar guruhi tonusini oshishi yoki kamayishi kasallik alomati hisoblanadi. Mushaklarning ingichkalashib ketishi, mushak tonusining kamayishi bilan kechadi. Bunda qorin kattalashib, pastki qismi osilib qoladi, bel sohasnda lordoz ko‘payadi, kurak suyaklari qanotsimon bo‘lib, nafas olganda ko‘krak qafasidan orqada qoladi, gavdani to‘tib turish buziladi. Bunda «shalviragan yelka» simptomi (vrach bolani ikki yelkasidan ikki qo‘li bilan ko‘targanda, bemorni boshi ikki yelka oralig‘ida qolib, yelka qo‘loq uchiga tegadi) ijobiy bo‘ladi. Yaxshi sifatlik tug‘ma gipotoniyada mushak vazni normada bo‘lib, faqat uning harakat rivojlanishi, boshini vaqtida tutishi, mustaqil o‘tirishi, yura boshlashi orqada qoladi. Mushak sistemasining umumiy gipotoniyasi raxit, xoreya, progressiv mushak distrofiya kasalligida, organizmga kaliy yetishmovchiligida kuzatiladi. Chegaralangan gipotoniya poliomiyelit, nevritda uchraydi. Bunda kasallangan asab boshqaradigan mushaklar gipotoniya, atrofiya holatida bo‘ladi. Umumiy gipertoniya markaziy asab sistemasining jarohatlanishida, ensefalitda, miya qobig‘ining yaxshi taraqqiy etmaganligida yoki bosh miyaga suv yig‘ilishida kuzatiladi.
Chegaralangan mushak tonusini oshishi korin pardasining yallig‘lanishi natijasida, mushak yallig‘lanishi miozitda, meningitda kuzatiladi. Qorinni sovuq qo‘l bilan paypaslanganda, muhofaza sifatida bolada qorin devorining reflektor taranglanishini kuzatishimiz mumkin. Ba’zan bemorlarda tirishishlik holati ham kuzatiladi. Bunda beihtiyor xuruj bilan mushaklar qisqarishi kuzatilib, bu umumiy (ko‘p gurux muskullar ishtiroqida) yoki maxalliy (ayrim guruh muskullar ishtiroqida) bo‘lishi mumkin. Tirishishlik klonik yoki tonik xilida kechishi mumkin. Klonik xilida mushaklarning tez-tez qisqarishi oralig‘idagi juda qisqa vaqtdan keyin qaytariladi. Tonik qisqarish uzoq, vaqt davomida kechadi. Agarda tonik qisqarish uzoq vaqt, soatlab, xatto kunlab davom etsa, b o‘nga tetanik qisqarish (tetanus) deyiladi.
Bolalar kasalliklarida uchraydigan tirishishlikning asosiy sabablari birlamchi, infeksion toksikoz, yuqori harorat, markaziy asab sistemasini yallig‘lanishi bilan kechuvchi infeksion kasapliklar (meningit, ensefalit), metabolik jarayonini o‘zgarishi, (gipoqalsemiya, gipoglekemiya), epilepsiya, o‘tkir zaharlanish, jarohatlanish va boshqalar hisoblanadi.
Bolalarda faol harakat kichik yoshda guruxlarda har xil o‘yin mashg‘ulot vaqtida, katta yoshda gimnastik mashg‘ulotlarida, mashg‘ulotni bajarilishi harakatlariga qarab baholanadi. Bola hayotining birinchi to‘rt oyligida qo‘l-oyoq bo‘g‘imlarida harakatning biroz chegaralanganligini ko‘zga tashlanib, bu shu yoshga xos fiziologik gipertoniya bilan bog‘lik bo‘ladi. 4-7 oydan so‘ng, bola harakati tez va shaxdam bo‘ladi. Faol harakatning chegaralanishi yoki yo‘qolishi har turdagi asab kasalliklarida, yengil yoki og‘ir turdagi falajlikda, mushak, suyak bo‘g‘imlarining jarohatlanishida kuzatiladi. Bolalarda passiv harakat qo‘l va oyoq bo‘g‘imlarida bukish yoki yozish orqali tekshiriladi. Passiv harakatning chegaralanishi yoki qiyinlashuvi mushak tonusini oshishida yoki bug‘imlarning jarohatlanishida kuzatiladi. Passiv harakatning ko‘payishi, bo‘g‘imlarning bo‘shashib qolishi muskullar tonusining kamayib ketishidan dalolat beradi. Bolalarning 2-3 oylik davrigacha mimikasi biroz assimetrik bo‘lib, bu keyinroq yo‘qoladi. muskullarda assimetrik holat tug‘ma rivojlanmaslik natijasida yoki jarohatlanish oqibatida, yuz asab falajliklarida kuzatiladi.


MUSHAK TIZIMINING ASOSIY KASALLIKLARI SIMPTOMLARI.
MIOZIT. Mushak yallig‘lanishini etiologiyasi turlicha bo‘lib, asosiy belgisi mushakda og‘riq (mialgiya) va mushak kuchsizligi bedarmonligi hisoblanadi. O‘tkir yiringli miozit ko‘pincha organizmdagi yiringlik jarayon sifatida rivojlanib, kasallikni stafilakoqk, streptoqoqk, pnevmoqoqk, anaerob mikroblari chaqiradi. Yiringlanishsiz infeksion miozit o‘tkir yoki surunkalik infeksion kasalliklarda (qorin tifi, brutsellezda) hamda infeksion virus kasalliklarda (gripp, enteroviruslar) kuzatiladi.
Klinikasi. O‘tkir yiringlik miozitda mushakning chegaralangan yokp tarqalgan sohasida yiringlik yallig‘lanish kuzatilib, bu kuchlik og‘riq, bilan kechib, harakatda yoki palpatsiya qilinganda og‘riqning kuchlik zo‘rayishi bilan kechadi. Jarohatlangan mushak shishgan, kuchi kamaygan bo‘ladi. Ko‘pincha bemorda et uvishishlik, haroratni ko‘tarilishi, qonda esa yallig‘lanishga xos o‘zgarishlar kuzatiladi. Yallig‘lanishsiz miozitda esa kasallikning asosiy belgisi og‘riq va mushak kuchsizligi yiringli miozitga nisbatan kam rivojlangan bo‘lishi mumkin. Ao‘toimmun kasalliklarda ham miozit kuzatilib, polimiozit ko‘ripishida namoyon bo‘ladi. Bunda "og‘riq sindromi" o‘rtacha me’yorda rivojlangan bo‘lib, mushak bedarmonligi esa tobora rivojlanib boraveradi. Parazitar kasalliklardagi (trixinellyoz, exinoqoqk, toqsoplazmoz) mushaklardagi o‘zgarish organizmga parazitlarni kirishiga javoban mushaklarda toksik-allergik jarayoni rivojlanishi natijasida paydo bo‘ladi. Bunda parazitlar xayotiy faolligida sikllilik mavjud bo‘lgani uchun kasallik to‘lqinsimon holatida kechishi mumkin.
Kasallikning o‘ziga xos xili ossifikatsiyalanib boruvchi o‘zgarishi bo‘lib. bunda mushakning rivojlanib boruvchi atrofiyasi va mushak bo‘shashishlik bilan bir vaqtda qo‘shuvchi to‘qimalarda kalsiy birikmalari yig‘ilib boradi. Bunda og‘riq sindromi unchalik kuchlik bo‘lmaydi, lekin mushaklar qalinlashgan zichlashgan bo‘ladi. Mushaklar palpatsiya qilinganda, juda ham qalinlashgan satxlar (kalsinatlar) aniqlanadi.
Kasallik tashhisi. Kasallikning o‘ziga xos klinik kechishiga, ba’zan laboratoriya usulida qondaga o‘zgarishlar, elektromiografik, rentgenologik morfologik o‘zgarishlarga asoslanib qo‘yiladi.
MIATONIYA. Mushaklarning tug‘ma gipotoniya yoki umumiy atoniya sindromi Oppengey kasalligida kuzatiladi. Bunda kasallikning birinchi belgilari homilalik davridanoq kuzatilib, homilador ayol homilaning juda kuchsiz qnmirlashidan shikoyat qiladi.Yangi tug‘ilgan bolada mushaklar fiziologik gipertoniyasi bo‘lmay, chaqaloqning boshi qo‘l-oyoqlari tanadan osilgan holatda bo‘ladi. Bola yig‘isi zo‘rga eshitilib, emish refleksi kuchsiz bo‘ladi. Mushak tonusini kamayishi hisobiga suyak bo‘g‘imlarida passiv harakat juda ko‘paygan bo‘ladi. Qo‘l muskullari tonusi yo‘qligi sabablik, «sharf» belgisi (bolani ko‘lini bo‘yniga sharfdek o‘rash), hamda Orshavskiy belgisi (bilak va tizza bo‘g‘imlarida qo‘l va oyoqni o‘ta yozilgan holatga kelishi) musbat bo‘ladi.
Kasallik tashxisi. Kasallikning o‘ziga xos klinik kechishiga elektromiografiya, biopsiya natijalariga asoslanib qo‘yiladi. Shuni yodda tutish lozimki, bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda rivojlangan mushak gipotoniyasi raxitning belgisi bo‘lishi mumkin.
MIOTONIYA. Bu kasallikda navbatdagi qisqaruvdan keyin, muskul guruhida bo‘shashishlik kuzatilmay, bir necha sekund davomida tonik tortilish kuzatilib turadi. Bunda muskul guruxida bo‘shashishlikning qiyinlashuvi xujayra membranasida o‘tkazuvchanligining qiyinlashuvi, modda almashinuvining buzilishi natijasida yuz beradi. Bunday holat Tomson tug‘ma miotoniyasida uchrab, kasallik o‘g‘il va qiz bolalar orasida bir xil darajada sodir bo‘ladi. Bemor bolalar yugurishda, sakrashda, faol harakat boshlanishida qiyinchilik sezib, bu holat sovuq harorat, manfiy ta’sirot qayfiyatni buzilishida kuchayib, issiq, haroratda bo‘shashadi. Bunday holat oyoq-ko‘ldan tashqari, yuz, til, chaylov, bo‘yin, tana muskullarida ham kuzatiladi. Ba’zan til va ko‘z muskullaridagi tortishish, talaffuzni buzilishiga, g‘ilaylikka olib kelishi mumkin. Kasallik tobora progressiv rivojlanib, bemor o‘sishdan orqada qolib, nihoyat nogiron bo‘lib qolishi mumkin.
Kasallik tashhisi. Kasallikni o‘ziga xos klinik kechishiga mushakning mexanik va elektrik qo‘zg‘aluvchanligi natijalari va genetik tekshirishlarga asoslanib qo‘yiladi.
MIASTЕNIYA. Asab-mushak tizimi kasalligi bo‘lib, bunda mushak faol xarakatda juda kuchsilanib, tez charchab qoladi. Kasallikning kelib chiqishi xaligacha noma’lum. Ayrisimon bez kasalligida ao‘toimmun jarayon o‘zgarib, atsetilxolin sintezini buzilishi, qo‘zg‘aluvchanlik impulsini asabdan mushakka o‘tishini qiyinlashuvi kasallikka olib keladi degan fikrlar mavjud.
Klinikasi. Miastenik holat barcha skelet muskullarida (tarqalgan formasida) kuzatilishi mumkin, ammo ko‘pincha ko‘z muskuli (ayniqsa qovoqni ko‘taruvchi mushak), mimik harakatda, chaynashda, yutishda, gapirishda ishtiroq etuvchi muskullarda kuzatiladi. Bunda kasallanish birinchi belgisi g‘ilaylik, ovqatlanish, chaynash va yutishda, gapirishda kiyinchilik bo‘lishi mumkin. Kasallik belgisi tobora progressiv rivojlanib, bemor o‘ta charchaganda, asabiylashganda, boshqa kasallik qo‘shilganda, organizmda hayotiy zarur vazifalarni (yutish, nafas olish) buzilishi mumkin. Bunday holatga miastenik kriz deyiladi.
Kasallik tashhisi. Kasallikning o‘ziga xos kechishiga, elektromiografik tekshirishlarga, hamda funksional sinamalar (asabdan mushakka qo‘zg‘aluvchanlik o‘tishining yaxshilovchi antixolinestraz dorilardan 0,2-1 ml 0,05% prozerin yuborib, natijasiga qarab aniqlanadi.
PROGRЕSSIV MUSHAK DISTROFIYASI. Bunda progressiv ravishda mushak kuchsizlanib, atrofiyalashib harakatni buzilishi kuzatiladi. Kasallikning rivojlanishi vegetativ asab sistemasi faoliyatini, metabolizmni buzilishi (gipoglikemiya, gipoxolestrenemiya, giperkalsemiya, kreatinuriya va boshqalar) bilan bog‘lik bo‘ladi.
Klinikasi. Kasallik belgisi ba’zan juda erta bola tug‘ilganidayoq ko‘zga tashlanishi mumkin, ammo ko‘pincha 5-15 yoshlar o‘rtasida rivojlanib, bemorda ayrim guruh muskullari, ayniqsa yelka va tos muskullari atrofiyalashib, kuchsizlanib, keyinchalik pay reflekslari ham yo‘qolib boradi. Bunda muskullar guruhining o‘zgarishiga qarab, har turdagi suyak-mushak holatning o‘zgarishi, qanotsimon kurak, lardoz, o‘rdaksimon yurish, chumoli bel, ( qorin devori mo‘sh aqlari atrofiyasida qorin belbog bilan tortib ko‘yilgandek bo‘lib qoladi) ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi Yuz muskullari atrofiyasida, bemor pyoshonasi silliq, qoshlari harakatsiz, pastki lab osilgan bo‘lib, «miolat yuzi» ko‘rinishiga o‘xshab qoladi. Tos belbog‘i va qo‘l oyoq muskullari jarohatlanishida bemorni gorizontal holatidan vertikal holatiga o‘tishi qiyinlashadi. Oyoqni distal guruh muskullari jarohatlanishida bemorda «xo‘rozcha yurish» kuzatiladi. Boldir muskul mushagi atrofiyasida o‘rnini yog‘ to‘kimasi to‘ldirishi hisobiga, «psevdogipertrofiya» ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Mahalliy chegaralangan mushak atrofiyasi kasallikning boshlanishida kuzatilib, keyinchalik kasallik progressiv rivojlangach, mushak atrofiyasi organizmning barcha mushak guruxlariga tarqalib, mushak kaxeksiyasiga olib kelishi mumkin.
Kasallik tashhisi. Oilaviy anamnez,kasallikning klinik kechishi, elektromiografiya, modda almashinuvidagi bioximik o‘zgarishlarga asoslanib ko‘yiladi.
B. SUYAK TIZIMI.
Ma’lumki suyak tizimi organizmni muayyan holatda saqlab muhofaza etuvchi, harakatga keltiruvchi tayanch bo‘lish bilan bir qatorda hayotiy zarur bo‘lgan qon ishlab chiqarishda, modda almashinuvida ishtiroq etadi. Yosh bolalarda suyak to‘qimasining anatomo-fiziologik xususiyatlari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Homilada suyak to‘kimasining birinchi bosh murtagi boshqa tizimlardan biroz kechroq (5 haftada) paydo bo‘lib, mezenximal xujayralardan tashkil topgan bo‘ladi. Ontogenezda suyak to‘kimasi ikki xil: dermal (ko‘shuvchi to‘kimalardan) va xondral (tog‘aydan) yo‘llari bilan paydo bo‘ladi. Birinchi yo‘l bilan bevosita mezenximadan oldidan tog‘ayga aylanmagan holda bosh, yuz, pastki jag‘ suyaklari, hamda umrov suyagining diafizi paydo bo‘ladi. Tana skeletini qolgan qismlari ikkinchi yo‘ldan, ya’ni mezenxima yig‘indisidan tog‘ayga o‘tish yo‘li bilan paydo bo‘ladi. Homilada suyaklanishning boshlanish davrlarida tog‘ay tana vaznini 45% ini tashkil qiladi. Bola tug‘ilganda trubkasimon suyaklariing diafizlarigina suyakka aylangan bo‘lib, qolgan aksariyat epifizlarda qo‘l ianjasining barcha va qisman oyoq panjasi g‘ovaksimon suyaklari hali tog‘ay holida bo‘ladi.
Suyakning asosiy xujayra elementlari osteoblast, osteotsich va osteoqlastlardan iborat. Osteoblastlar o‘suvchi suyak sirtki qismida joylashgan bo‘lib, suyak matriksini hosil qilish uchun o‘zida ko‘p ishqoriy fosfataza tutadi va kollagen, glikozo-aminoglikan, glikoproteidlarni ishlab chiqaradi. Osteoblastlar hayotiy davri qisqa, bir necha ko‘pdan bir necha haftagacha davom etadi. Osteotsitlar - osteoblastlar qoldig‘i formasida bo‘lib, minerallashgan matriksga cho‘kkan holda, qisqa vaqtga kalsiy gomeostazini boshqaradi. Osteoqlastlar hajmi katta, ko‘p yadrolik bo‘lib, suyak sirtki qismiga joylashgan bo‘ladi. Suyakning so‘rilishi va qayta qurilishida kalsiy gomeostazini ta’minlaydi. O‘zidan suyak tuzilishini buzuvchi lizotsim gidrolaza va kollogenazalarni ishlab chiqaradi.
Suyak paydo bo‘lishi jarayoni uch bosqichdan iborat. Osteogenezning birinchi bosqichi jo‘shqin anabolik jarayon bo‘lib, bunda suyak to‘qimasining oqsil asosi matriks tashkil topadi. Bu jarayonni normal kechishi uchun organizm yetarlik mikdorda oqsil, A, S va V gurux vitaminlari bilan ta’minlanishi kerak. Matriks tashkil topishini boshqaruvchi garmonlar tiroqsin, samatomedinlar, gipofizning samatotrop garmoni, insulin, paratgarmon hisoblanadi.
Ikkinchi bosqichda osteoidda kristallashgan markazni tashkil topishi va keyinchalik uning minerallashishi jarayoni kechadi. Bu bosqichda organizmni kalsiy, fosfor, mikroelementlar (ftor, marganets, magniy, rux,mis), vitamin D yetarli ta’minlanishi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ikkinchi bosqich qon RN nordon tomonga surilsa ham buziladi. Erta yoshli bolalarda, osteogenez ovqatlanishni o‘zgarishida, har xil o‘tkir yoki surunkali kasalliklarda oson buziladi. Osteogenezni har ikki bosqichi mushak tonusi, harakat bilan ham boshqariladi. Shu sababli massaj, harakat osteogenez faolligini oshiradi.
Uchinchi bosqich - doimiy o‘zini yangilash va tuzilishini o‘zgartirish jarayoni bo‘lib, bu qalqonsimon oldi bezi tomonidan boshqariladi va organizmni vitamin D bilan ta’minlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Osteogenez jarayoni kalsiy mikdorini normada bo‘lishi bilan ta’minlanadi. Kalsiyning qon zardobidagi mikdori juda ham typg‘un bo‘lib, 2,44±0,37 mmoji/ji yoki 0,98± 0,015 % g/l ni tashkil qiladi. Suyaklanishning jadal davrlarida (2 yoshgacha hamda balog‘atga yetish davrida) suyakda yig‘iladigan kalsiy mikdori oshiq bo‘ladi. Bir kecha kunduzda suyakda yig‘iladigan kalsiy miqdori homilalikning 35 haftasida 380 mg, 2 yoshda o‘g‘il bolalarda 89 mg, qiz bolalarda 93 mg, 10 yoshda muvofiq. ravishda 125 mg va 147 mg, 14 yoshda 269 mg va 390 mg, 16 yoshda 394 mg va 240 mg, 20 yoshda 60 va 40 mgni tashkil etadi.
Kishi organizmida 200 ga yaqin suyak mavjud bo‘lib, tashqi satxi kompakt zich modda bilan o‘ralgan bo‘ladi. Ichkaridan har xil yo‘nalishdagi gubkasimon g‘ovak moddadan tuzilgan.Suyakning pishiqligi,chidamliligi, tarangligi tarkibidagi organiq va noorganiq moddalarning o‘zaro nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. Bolalarda suyak to‘qimasi o‘zining ximiyaviy tarkibiga ko‘ra suvning ko‘pligi va qattiq moddalarning kamligi bilan farq qiladi. Kattalarga nisbatan suyakning yumshoqligi, egiluvchanligi va kam sinuvchanligi shu bilan tushuntiriladi. Hatto sog‘lom bolalarda ham paypaslanganda ko‘krak qafasining yengilgina egilib, siqilishini kuzatish mumkin. Yosh bolalarda suyakning o‘sishi va qayta tiklanishi jarayoni kattalarga nisbatan tez kechadi. Buni quyidagi holatdan bilish mumkin, ya’ni singan suyakning bitishi uchun bolalarda kattalarga nisbatan kamroq vaqt kifoya qiladi, ayniqsa qariyalarga nisbatan bolalarda suyak to‘qimasining jarohatlanishiga nisbatan chidamliroq, egiluvchanligi ko‘proq bo‘ladi.
Bolalarda suyak to‘qimasining gistologik tuzilishi kattalarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan farqlanadi. Yangi tug‘ilgan bola suyagining mikroskopda tekshirganda dag‘al tolali, to‘rsimon tuzilishga ega bo‘ladi, kattalarda bo‘lsa plastinkalik tuzilishga egadir. Bolalarda suyak to‘qimasining ko‘p bo‘lmagan plastinkalari noto‘g‘ri joylashgan bo‘lib, gavers kanallari keng va noto‘g‘ri joylashgan bo‘shliq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bola tug‘ilgandan keyingi hayotida suyak qayta tuzila boshlaydi: osteoqlastlar eski plastinkalarni parchalab, ularning o‘rniga osteoblastlar ishtiroqida suyakning yangi, to‘g‘ri joylashgan gshastinkalari paydo bo‘la boshlaydi. Suyak to‘qimasining so‘rilishi va yangi paydo bo‘lishi sezilarli darajada faol jarayonda ro‘y beradi. Bolalar suyagi qon tomirga boy bo‘ladi. Bu jarayonni jadal kechishida muhim o‘rin tutadi. Ammo ba’zan suyakda gematogen osteomiyelitni nisbatan oson boshlanishiga ham olib kelishi mumkin. Suyak ustki pardasi qalin, ayniqsa ichki qavati yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Bola ko‘p yura boshlagach suyak to‘qimasining qayta ko‘rilishi yaqkol aniqlana boshlanadi (funksional moslanish). 2-3 yoshli bolalarda to‘rsimon, dag‘al tolalik tuzilishdagi suyakning to‘g‘ri tuzilishga ega bo‘lgan plastinka shaklidagi suyak to‘qimasiga almashinganligi yaqqol kuzatiladi.
Amaliyotda har bir suyaklanish nuqtalarni paydo bo‘lish, liqildoqlarni berkilishi, choqlarni bitishi va tishlarni chiqish vaqtini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Yangi tug‘ilgan bolada bilak oldi suyaklari bo‘lmaydi. Suyaklanish yadrolari bunda quyidagi tartibda paydo bo‘ladi: birinchisi 6 oyda, ikkinchisi 1 yoshda, keyin har yiliga o‘rtacha 1 tadan yadro paydo bo‘lib boradi.Paydo bo‘lgan suyak nuqtalari majmui bolaning biologik o‘sishini ifodalaydi va suyak yoshi deb ataladi.
Shu bobda tish to‘g‘risida ham to‘xtab o‘tish zarurdir, chunki tish chiqish vaqti bilan suyaklanish nuqtalarining paydo bo‘lishida va ularning buzilishida ma’lum bir xildagi bog‘lanishlar mavjud.
Tishlarning tashkil topishi homilalik davrining 2 oy oxirlarida boshlanib, 2 xil murtak: epiteliy va mezenxima murtaklaridan rivojlana boshlaydi. Eliteliy mo‘rt aqlardan emal, mezepxemadai dentin tashkil topadm. Odatda bola tishsiz tug‘iladi. Birinchi tish bolaning 6-8 oyligidan chiqa boshlaydi: avval pastki o‘rta, so‘ngra yuqori o‘rta va yon tomonidan keskich tishlar chiqa boshlaydi. Bir yoshning ohirida pastki yon keskich tishlari chiqadi. Shunday qilib, bolaning ikki yoshi boshlarida 8 ta tishi bo‘lishi kerak. Ikkipchi ymlpmng boshlarida oldingi jag, o‘rtasida qozik. va oqirida keyingi j a k sug gishlari chiqib, hamma 20 ta sut tishlarp chpqqap bo‘lishi kerak. Sug tishining sonini hisoblash uchun bolaning 6-24 oylik davrida, uning necha oylik bo‘lganligi sonidan 4 raqami ayriladi. Masalap: bola 10 oyligida 10-4=6 ta tishi bo‘lishi kerak. 20 oyligida 20-4=16 tishi va qakazo.
Bola 5-6 yoshga to‘lganda birinchi doimiy katta jag tishi (molyarlar) chiqib, keyinchalik SUT tishlar qanday oldinma kyog‘inlik muddati bilam chiqqan bo‘lsa, tahmiian shu yo‘sinda sut tishlari o‘rniga donmny tpshlar chiqa boshlaydi. 11 yoshda ikkinchi doimiy katta jar tishlari chiqa boshlaydi. Uchinchi malyar tishlar (akd tishi) 17-25 yoshda chiqadi. Qiz bolalarda tishpmng chiqishi o‘g‘il bolalarga nisbatan biroz oldinda boradi. Doimiy tishlar chiqishini tahminan baholashda quyidagi formuladan foydalanish mumkim.X (doimiy tishlar soni) = 4p-20. Bunda p-bolaning necha yoshdaligi.
Tish chiqishning birlamchi davrlarida (3-3,5 yoshgacha) tishlash (ikki qator tishlarni bir biriga tegib turishi holati) ortognotik holatda bo‘lib, tepa qator tishlar pastki qator tishlarni 1/3 qismini berkitib turadi. Keyinchalik (3-6 yoshlarda) tishlash to‘g‘rilanadi. Normada doimiy tishlash to‘g‘ri yoki biroz ortognotik holatda bo‘ladi
Tishning chiqishi fiziologik holat bo‘lib, hech qanday kasallik belgilari kuzatilmasligi kerak. Kasalmaid bolalarda, ayniqsa asab sistemasi ojizlarda tish chiqish qiyinroq
kechishi mumkin. Bunda holsizlanish, bezovta bo‘lish, uyqusizlik, qisqa muddatga haroratni ko‘tarilishp, yengil ich buzilishi belgilari, o‘sishdan to‘xtash, terida toshmalar paydo bo‘lishi mumkin. Tish chiqish davrida bolada yuqumli kasalliklarga va boshqa tashqm muhit ta’siriga umumiy chidamlilikni kamayishi kuzatilishi mumkin.
Sut va doimiy tishlarning rivojlanib tashkil topishi, bolaning biologik yetilishini baholashda ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuning uchun qam bolani biologik yetilganligaga baho berishda tish yoshi tushunchasidan foydalanadi.
Bolada miya qo‘tisi kattalardan farqdanib yuz suyagiga nisbatan yaxshiroq rivojlangan bo‘ladi. Bu kichik yoshdagi bolalarda jag oralig‘ini ochib turuvchi tishlarning yo‘qligi, burun va qo‘shimcha bo‘shliqlarning rivojlanmaganligi bilan bog‘liqdir. Yosh bolaning bosh suyagi
quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: u bo‘lak-bo‘lak suyaklaridan tashkil topgan bo‘lib, bir nechta suyaklar birlashgan joyda butunlay suyagi bo‘lmagan oraliklar (liqildoqlar) bo‘ladi. Miya qutisining har bir tomonida 2 tadan yonbosh likildoqlar joylashgan: 1. Ensa, chakka, tepa suyaklari orasida. 2. Pyoshona, tepa, chakka suyaklari orasida. Bu likildoqlar normal holda bola tug‘ilishidan avval yoki bola hayotining birinchi kunlarida berkiladi. Bu liqildoqlarning muayyan vaqtdan kechroq mavjudligi odatda bola chala tug‘ilganda yoki miya bo‘shliqlarida suv yig‘ilganligida kuzatiladi..
Kichik liqildoq ensa suyagi bilan tepa suyaklari orasida joylashgan bo‘lib, yangi tug‘ilgan bolalarning tahminan 25 % tida ochiq, uch burchak ko‘rinishda bo‘ladi va bola hayotining birinchi 3-oyligida berkiladi. Katta liqildoq pyoshona va tepa suyaklari oralig‘idagi joylashgan bo‘lib, uning o‘rta nuqtasidan qarama-qarshi tomondagi chegaragacha bo‘lgan oraliq, 3x3 smdan, 1,5x2 sm gacha bo‘ladi. Liqildoq rombsimon ko‘rinishda bo‘lib, bola bir
yoshga to‘lganda, kechi bilan 1,5 yoshda berkilgan bo‘ladi. Nayzasimon, tojsimon va ensa choqlari bola tug‘ilganda ochiq bo‘lib, 3-4 oylik davrdan keyingina berkila boshlaydi, ammo ularning muloyimligi (yumshoqligi) birmuncha vaqt saqlanib qolishi mumkin. Umurtqa pog‘onasi yangi tug‘ilgai bolalarda kattalarniki singari egrilik ko‘rinishga ega bo‘lmay, deyarli to‘g‘ri ko‘rinishda bo‘ladi. Bola boshini ushlay boshlaganda umurtqa pog‘onasining bo`yin qismi oldinga chiqgan egilishi (bo‘yin lordozi) hosil bo‘ladi, keyinroq (6 oylikda) bola o‘tirishga boshlaganda umurtqa pog‘onasining ko‘krak qismida do‘nggi orqaga chiqqan egilishi (ko‘krak kifozi), yurishga o‘rgana boshlaganda (9-12 oyda) umurtqaniig bel qismida do‘nggi oldinga chiqqan egalishi (bel lordozi) paydo bo‘la boshlab, maktab yoshida bu egilishlar tamomila muayyan shaklga kirgan bo‘ladi.
Ko‘krak qafasi bola yangi tug‘ilganda keng va kalta bo‘lib, ko‘ndalang diametri orqa-old diametriga nisbatan 25% gacha ko‘p bo‘ladi. Qovurg‘alar umurtqa pog‘onasidan tahminan to‘g‘ri burchak hosil qilib tarqalgan bo‘lib, gorizontal yo‘nalishiga ega bo‘ladi. Ko‘krak qafasining bunday tuzilishi sababli bola nafas olganda o‘pka kengayishi faqat diafragmaning pastga tushishi hisobiga bo‘ladi, qovurg‘alar esa doim chuqur nafas olingandek holatda turadi. Keyinchalik ko‘krak qafasi bo‘yiga o‘sib, ko‘ndalang diametri ortib boradi, qovurg‘aning old qismi pastga yo‘nalib maktabgacha yoshda, ayniqsa maktab yoshida qovurg‘a kattalarnikiga o‘xshash old qismi pastga yo‘nalgan ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bolaning 12 yoshida ko‘krak qafasi nafasni chuqur chiqargan holatga o‘tadi.
Chanoq suyagining kichik yoshdagi va maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda jinsiy farqi bo‘lmaydi, faqat 6-7 yoshdan, ba’zan undan ham kechroq qizlarda chanoq suyagining tez taraqqiy etib o‘sishi kuzatiladi. Katta yoshdagi ayollarning toz suyagi erkaklarnikiga qaraganda keng bo‘ladi.
Bir oygacha bo‘lgan bolalarni oyoqlari qiyshiqqa o‘xshab ko‘rinadi, lekin bu fiziologik holat bo‘lib, yumshoq to‘qimaning o‘ziga xos taraqqiyoti bilan bog‘likdir. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda bir necha oy davomida oyoq, kaftining yassiligi normal holat hisoblanadi. Oyoq kaftlari bir-biriga biroz qaragan bo‘ladi.
Tog‘ay to‘qimasi suyaklanish jarayonida asosan suyakka aylanib, uning vazni katta kishilarda tana vaznining 2 % tini tashkil qiladi holos. Tog‘ay to‘qimasi tuzilish jihatidan gialin, tolalik va elastik tolalardan tuzilgan. Bulardan gialin tolasi tuzilish jihatdan zich tarang bo‘lib, suyak bo‘g‘imlari tashqi sathini hamda qovurg‘a, burun, xiqildoq, traxeya tog‘aylarini tashkil qiladi. Tolalik tog‘aylar umurtqa pog‘onasi oralig‘i gardishini, pay va bog‘lamlarni suyakka birikish yerlarini tashkil qiladi. Elastik tolalik tog‘ay asosan quloq suprasi, xiqildoq usti,hiqildoq tog‘ayini tashkil qiladi Tog‘ay to‘qimasida qon tomir va asab tolalari bo‘lmaydi. Tog‘ay to‘qimasida modda almashinuv xondrotsitlarda glikoliz yo‘lida asosan anaerob usulda kechadi.
Bog‘lamlar qo‘shuvchi to‘qimalardan tuzilgan bo‘lib, asosan suyaklarning bo‘g‘imlarga biriktirish va bo‘g‘imlarni mustahkamlash vazifasiii o‘taydi. Yangi tug‘ilgan bolalarda bo‘g‘imlar anatomik jihatdan shakllangan, ammo pishiqligi kam, cho‘ziluvchan bo‘ladi.
Bo‘g‘imlar - skelet suyaklarida harakatni saqlagan holda, ularni bir-biriga bog‘lab turuvchi vosita bo‘lib, bo‘g‘im sathi, bo‘g‘im bo‘shlig‘i va bo‘g‘im sumkasidan tuzilgan. Bo‘g‘imlarni rivojlanishi xomilalikning erta davrlarida mezenximadan boshlanib, homilani harakati, bo‘g‘im sathini
shakllanishiga bo‘g‘im tyoshikchalaridan bo‘g‘im bo‘shliqlarini hosil bo‘lishiga olib keladi.Bo‘g‘im tyoshikchalarini yelka va chanoq - son bo‘g‘imlarida paydo bo‘lishi homilalikning 6-haftasiga, tirsak va tizza bo‘g‘imlarida 8-haftalariga to‘g‘ri keladi. Yangi tug‘ilgan bolalarda bo‘g‘imlar anatomik shakllangan bo‘lib, keyinchalik minerallanish, innervatsiyalanish jarayonlari takomillashib boradi.
SUYAK TIZIMINI TЕKSHIRISH. Shikoyatni aniqlaganda suyak va bo‘g‘imlardagp o‘zgarishlarni, harakatni chegaralanishi va og‘riqni harakteriga paydo bo‘lish vaqtiga, ob-havo sharoitiga bog‘liq-bog‘liqmasligiga alohida e’tibor berish kerak. So‘rab surishtirilganda e’tiborni kasallikning kelib chiqish sabablarga, jarohatlanishga yaqinda yoki avvalroq o‘tkazilgan yuqumli kasalliklar (angina, skarlatina) bilan bog‘liq-bog‘liqmasligiga, yuqumli kasallik tarqatuvchi infeksiya o‘chog‘i, bor-yo‘qligiga qaratish kerak. Kasallikning kechishi, ko‘rilgan choralar va davolashning natijalarini aniqlash lozim. Jismoniy, asab va ruhiy taraqqiyotining xususiyatlarini aniqlash lozim, chunki bola skeletining, qaddi-qomatining tuzilishi shularga bog‘liqdir.
KO‘RISH. Suyak tizimining o‘tirgan va tik turgan holda kuzatilib, bolani xonada yurishiga, cho‘qqayib o‘tirishiga, ko‘l-oyoqni bukib to‘g‘rilash va boshqa mashqlarni bajarilishiga ahamiyat beriladi. Yosh bolalarda suyak-bo‘g‘im sistemasini holatini baholashda uning o‘ynab o‘tirgan holatida kuzatiladi. Oldindan kuzatish bola holatini, boshi, bo‘yin, ko‘krak qafasi va qo‘l oyoqlarining proporsiyasini, shaklini aniqlashga yordam beradi. Orqadan kuzatishda esa kurak suyaklari holatiga, umurtqa pog‘onasining shakli, beldagi uchburchaklarning simmetrikligiga e’tibor berish kerak. Yon tomondan kuzatish ham ahamiyatga ega, bunda chanoq suyagining holatini, chanoq suyagi va oyoqning o‘zaro munosabatini, umurtqa pog‘onasining egilishlari, bo‘g‘imlarining egilish va yozilishlarini baholash mumkin.
Bolalarda bir me’yorda normadagi qadam tashlash umurtqa pog‘onasi va oyoq bo‘g‘imlarining normal holatidan dalolat beradi. Qadam tashlaganda tezda tana og‘irligini og‘rigan oyoqdan sog‘ oyog‘iga olish (antalgik qadam tashlash) umurtqa pog‘onasini pastki qismi yoki chanoq son, tizza bo‘g‘imlari va oyoq kaftini jarohatlanishida kuzatiladi. Chanoq- son bo‘g‘imining jarohatlanishda Trendelenburg qadam tashlashni (jarohatlangan oyoqda turganda karama-qarshi tomonda chanoq suyagini pastga tushib borishi), chanoq-tizza bo‘g‘imini ikki tomonlama jarohatlanishida "tovuqcha" qadam tashlash (o‘zini u-bu yoqqa tashlab yurish) kuzatiladi.
Suyak sistemasi quyidagi tartibda tekshiriladi: avval bosh (bosh suyagi), so‘ngra tana (ko‘krak qafasi, umurtqa pog‘onasi), qo‘l va oyoqlar. Boshni ko‘zdan kechirganda uning katta-kichikligi, shakli aniqlanadi, ammo aniqroq tasavvur etish uchun santimetr lentasi bilan o‘lchab baholanadi. E’tiborni bosh hajmining kattalashgan (makrotsefaliya) yoki aksincha kichiklashganligiga (mikrotsefaliya) qaratish kerak. Normada bosh suyagi dumaloq bo‘ladi, bemorlarda kvadrat, minorasimon, dumbasimon va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin.
Ko‘krak qafasini tashqi ko‘rinishiga, shakliga (silindrsimon, bochkasimon, qonus shaklida) va simmitrikligiga, xamda mavjud o‘zgarishlariga e’tibor berish kerak (tovuk ko‘kragi, kosib ko‘kragi, garrison pushtasi, yurak bukirligi va boshqalar). Oshqozon usti (epigastrium) burchagining holatiga katta-kichikligiga e’tiborni qaratish kerak.



Расм

Расм

PAYPASLASH. Bu usul bilan liqildoqlar, choqlar va suyaklarning qotganligi tekshiriladi. Paypaslash ikkala qo‘lda olib boriladi, katta barmoq pyoshonaga, kaft chakkaga qo‘yilgan holda, ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlar bilan tepa, ensa suyaklari, choqlar, liqildoqlar, ya’ni boshni hamma yuzasi tekshiriladi. E’tiborni bosh suyaklarda yumshagan, ayniqsa ensa, tepa va chakka suyaklarida yoki qotib qolgan joylar bor-yo‘qligaga qaratiladi. Katta liqildoqni paypaslashda, uning katta-kichikligi, ikki qarama-qarshi tomonlar oralig‘ini o‘lchab aniqlanadi. Liqildoqning chetini paypaslashda uning yumshoqligi, oson egiluvchanligiga e’tibor berish kerak. Suyak choqlarini holatini, ajralishlar bor-yo‘kligini yoki yumshoqligini baholay bilish kerak.
Ko‘krak qafasini paypaslab tekshirishda qovurg‘aning tog‘ayga o‘tish qismidagi sezilar-sezilmas qalinlashishlar mavjudligi aniqlanadi. Paypaslash barmoq uchida, qovurg‘a yo‘nalishida, ya’ni oldingi qo‘ltiq osti chizig‘idan to‘sh suyagi yo‘nalishida bajariladi. Normostenik qonstitutsiyasida epigastral burchak 900 ga teng, gipersteniklarda u o‘tmas, giposteniklarda o‘tkir burchak bo‘ladi. Oshqozon ustki burchagini aniqlash uchun, ikkala qo‘limizni kafti bir-biriga qaragan holda qirrasi bilan qovurg‘a va to‘sh suyagidan tashkil topgan burchak tomonlarining ustiga qo‘yamiz.
Umurtqa pog‘onasini ko‘zdan kechirganda lordoz, kifoz, skolioz
(umurtqa yonga qiyshayishi) bor yo‘qligiga e’tibor berish kerak. Agar skolioz bo‘lsa bolani orqadan qaraganda bir yelkasi boshqasidan pastroq, bir qo‘l tanasiga yopishgan,boshqa qo‘li bo‘lsa bo‘sh osilib turgan,bel uchburchaklarining joylanishi asimmetrik holda ekanligini aniqlash mumkin. Umurtqa pog‘onasini harakatchanligi 4 yo‘nalishda (oldinga, orqaga va ikki yon tomonga) tekshiriladi. Normada bola tizzasi bukilmay oldinga engashda qo‘l barmoq uchlari polga tegishi kerak. Tomayer belgisi bo‘yicha barmoq uchlari bilan pol oralig‘i sog‘lom bolada 0,5 smga teng bo‘lishi mumkin. Agar tik turgan holatda 5-bel umurtqa pog‘onasi o‘simtasi va undan 6-10 sm yuqoridagi nuqta oralig‘i santimetr lentasida o‘lchanib, bolani 50% ga oldinga egilgan holatida bu oraliq qayta o‘lchansa, umurtqanipg normal harakatchanligida oraliq ko‘rchatkichi ortib boradi. B o‘nga Sheber sinamasi deyiladi. Umurtqa pog‘onasi harakatchanligini cheklanib borishi alkilozli spondilitda kuzatiladi.
Qo‘lni ko‘zdan kechirganda yelka, bilak suyaklarining kalta-uzunligiga e’tibor berish kerak. Uzun ko‘lli qo‘shuvchi to‘qimaning tug‘ma kasalligiga (Marfan kasalligi) xosdir. Ba’zan ko‘lning bilak yoki panja suyaklarini kaltaligini kuzatish mumkin. Paypaslash yo‘li bilan bilak suyagi epifizi yo‘g‘onlashganligi yoki barmoqlarning diafizida shunday yo‘g‘onlashish mavjudligiga ahamiyat beriladi. Oyoqlarni ko‘zdan kechirganda dumba, sonni bir-biriga qaragan qismidagi teri qatlamlarining simmetrikligiga va ularni miqdoriga (ayniqsa bir oygacha bo‘lgan bolalarda), oyoqning kalta-uzunligiga, qiyshayishlar bor-yo‘qligiga, oyoq kaftining tekisligiga e’tibor berish kerak
Bo‘g‘imlarnitekshirishda odatda uning shakliga, bo‘g‘imni qoplagan teri rangiga, ularning o‘zgarishsha e’tibor berish kerak.

































Bo‘g‘imni katta-kichikligi, simmetrikligi, santimetp lentasi bilan o‘lchanadi. Bo‘g‘imlarning aktiv va passiv harakatdagi faolligini paypaslab (ayniqsa bemor og‘riq sezayotgan bo‘lsa) bunda bo‘g‘im ustidagi teri harorati, sezuvchanligi, qalinligi va harakatchanligi, shishlar, og‘riq chegaralari belgilanadi.


Interaktiv usullar.
1. Rotatsiya usuli:
Bu usul mavzuni kichik guruxlar bilan aloxida va butun guruxlar bilan taxlil etishga asoslangan.Xar bir kichik gurux 30 minut davomida 3 ta topshirikni taxlil etadi, keyingi 15 minutda xamma birgalikda taxlil kiladi.Auditoriyaga bir necha nashrlangan topshiriqlar osib chikiladi.Xar bir kichik gurux (2 3 kishi) 10 min,davomida muxokama qilib o‘z variantlarining javobini yozib oladilar,keyin boshka topshirikka utadilar va shu tariqa davom etadilar.Har bir gurux o‘zlarini javobini uzini rangli ruchkasida yozadilar. 10 minutdan sung topshiriqlar almashtiradi.1 gurux 2 topshiriqni,2 gurux 3 , 3 gurux 1 topshirikni bajaradi.Gurux o‘zidan oldingi gurux bergan javoblarni o‘qib, qo‘shimcha kiritadi.Bunda takroriy javoblar bo‘lmasligi kerak.Yana 10 minutdan keyin keyingi topshiriqqa o‘tadilar va o‘qiydilar,o‘zlarining javoblari bilan to‘ldiradilar.15 minutdan sung taxlil qilinadi.Optimal javob topilib,daftarga yoziladi.Bu usul mavzuni jamoa bilan taxlil etishga qaratilgan.Xar xil rangli ruchkadan foydalanish,xar bir gurux bergan javobni baholashda qulay hisoblanadi.Javoblar oldindan nomerlab quyilib,turli javoblarni sanashda qulay hisoblanadi.Eng ko‘p javoblarni bergan kichik guruxlar maksimal ballarni olishadi.
Talabalar 4 guruxlarga bulinadi va xar bir gurux aloxida topshirik oladi:
11. Galareya buylab sayoxat usuli:
Kichik guruxgalarga bitta muommo beriladi.Xar bir gurux 10 minut davomida uzining fikrini yozib, boshka gurux javoblari bilan almashinadi.Keyingi gurux oldingi guruxning javobini baxolab,agar javob tulik bulmasa uzining variantini taklif etadi,sung ular birgalikda taxlil kilinib,eng tugri javoblarni tanlab olib,yukori ball bilan izoxlaydilar.Talabalar ikki guruxga bulinadi. Xar bir guruxga aloxida topshirik beriladi. 1- guruxga kabulxona xonalarini sanang.
2- guruxga shifoxona tuzilishi yozing.
10 minut vakt beriladi, sung ikkala gurux savollari almashtiriladi va bir – birini javoblarini tuldiradi.
Testlar:
1.Muskullar umumiy gipertoniyasi kaysi xastalikka xos:
1.stolbnyak2.miozit3.raxit4.progressiv imushak distrofiyasi5.peritonit
2.Katta va kichik likildok bekilish muddati
1. 2-3.oy va 1-1.5 yosh2.4-5.oy va 2-2.5 yosh3.6-7oy va -7-8oy4.7-8oy va 8-9 oy
5.9-10.oy va 2-3 yosh
3.Soglom bolalar konida kalsiy mikdorini kursating.
1.2.4 mmol/l2.1.54 mmol/l3.0.78 mmol/l4.3.26 mmol/l5.1.66 mmol/l
4.Sut va doimiy tishlar sonini topish formulasi.
1.p-4 va px4-20 2.p-3 va px3-16 3.p-5 va px5-24 4.p-8 va px8-18 5.p-7 va px7-14
5.7.5 oylik bola uykusida chuchiydi.boshi terlaydi.ensa soxasida sochlari tukilgan.katta likildogi 2.5x2 sm.chetlari kulga uriluvchan,bosh suyaklari yumshok kraniotabes.Bu kaysi xastalikka xos.
1.raxit 2.xondrodistrofiya3.suyakning tugma sinishi4.gipotireoz5.osteomiyelit
6.Chakoloklar bosh aylanasi nechaga teng?
1.34-36sm2.37-38sm3.25-26sm4.33-34sm5.30-31sm
7.Birinchi sut tishlari kachon chikadi?
1.6-7oy2.1-2oy3.3-4 oy4.8-9 oy5.10-11 oy
8.Dermal osteogenezi orkali suyaklanish.
1.kalla tepa suyaklari2.kalta boldir suyaklari3.son suyaklari4.tovon5.chanok
9 .xondral osteogenezi orkali suyaklanish. i
1.nur2.umrov suyagi diafizi3.pastki jag suyaklar4.yuz suyaklari5.kalla tepa suyaklari
10.Raxitda kalla suyaklari uzgarishi xarakterli?
1.kraniotabes2.mikrotsefaliya3.kraneostenoz4.gidrotsefaliya5.olimpik peshona
11.Uzunkullik kaysi xastalikka xos?
1.Marfana kasallik2.skarlatina3.xondrodistrofiya4.polimiyelit5.fosfat-diabet
12.Erta yoshdagi bolalarda suyak usti pardasi xususiyati:
1.Suyak usti pardasi kalin2.yupka suyak usti pardasi3.kon bilan yaxshi ta’minlanmaydi
4.suyak usti pardasi funksiyasi aktivligi past5.suyak usti pardasi gistologik differensiasi tugallangan
13.Kaysi xastalikda muskul atrofiyasi kuzatilmaydi?
1.revmatizm2.nevrit3.progressiv mushak distrofiyasi
4.polimiyelit5.revmatik artrit
14.Xayotining 1 oylarida muskul gipotoniyasi xos emas?
1.boshi vertikal kilinganda bir tekislikda buladi.2.korni osilgan baka shaklida
3.traksiya sinasini uziga tortish fazasi yuk.4.Barcha gurux mushaklari bushashgan va shalviragan5.gorizontal xolatda kul va oyoklari gavdaga tortilgan
15.Muskul gipertonusi xos emas?
1.gorizontal xolatda kul va oyoklari gavdaga tortilgan.2.panjalar mushtga yigilgan
3.opistotonus xolati4.kul panjalarni atetoz xolati5.kul panjalari yoyilgan


1. Yetilib tugilgan kukrak yoshidagi bolalarni vit D ga bulgan 1 kunlik talabi kanchaga teng?
+1) 350 XB; 2) 250 XB; 3) 150 XB; 4) 450 XB; 5) 500 XB.
2. Soglom bolalarda kalsiyning normada buladigan kursatkichi kancha buladi?
+1) 2,2– 2,5 mmol/l;
2) 1,0-1,5 mmol/l;
3) 2,0-2,2 mmol/l;
4) 1,8-2,0 mmol/l;
5) 2,5-3 mmol/l.
3. Spazmofiliya kasalligida bola organizmida nima yetishmaydi?
+1) kalsiy;
2) vitamin;
3) yog;
4) oksil;
5) fosfor.
4. Vitamin «D» ning 600 000 – 800 000 XB dozasi raxitning kaysi darajasida beriladi?
+1) 2 - darajasida;
2) 1-darajasida;
3) boshlanishida;
4) profilaktikasi uchun;
5) 3-darajasida.
5. Raxitni 1-darajasini davolash uchun kancha vitamin «D» beriladi?
+1) 400-600 XB;
2) 200 000 – 300 000 XB ;
3) 100 000 – 300 000 XB;
4) 600 000 – 800000 XB;
5) 1000 000 XB.
6. Raxit kasalligi necha yoshli bolalarda kup uchraydi?
+1) 1-2 yoshda,
2) chakaloklarda,
3) maktab yoshigacha,
4) kichik maktab yoshida,
5) barcha yoshda
7.Gipervitaminoz D ni profilaktikachi uchun qanday sinama o‘tkaziladi?
1.Gregersen sinamasi.
2.Mak-Klyura-Oldrich sinamasi.
+ 3.Sulkovich sinamasi.
4.Fateyeva sinamasi.
5.Nechiporenko sinamasi.
8.Raxit kasalligiga qarshi maxsus profilaktika qaysi xolda o‘tkazilmaydi?
1.Sog‘lom bolalarda,yoz oylarida
2.Sog‘lom va moslashtirilgan aralashma qabul qilayotgan bolalarda.
3.Raxit kasalligi rekonvaletsensiya davrida.
4.Raxit kasalligi qoldiq davrida.
5.Yuqorida ko‘rsatilgan barcha xollarda.
9.Raxit kasalligini profilaktikasi uchun beriladigan vitamin-D kurs dozasini ko‘rsating?
1.500AYE.
2.1000AYE.
3.1500AYE.
4.5000AYE.
5.200-300 000 AYE.
10.Quyida ko‘rsatilganlarni qaysi bii vitamin D berish usuliga kirmaydi?
1.Maydalash.
2.Vitamin-turtki usul.
3.Zichlantirilgan usul.
4.Zarbali usul.
5.Mavsumiy.


Situatsion masalalar.
1.Bola 14 yosh.Bolani shikoyatlari ozgina jismoniy nagruzkadan tez charchashi.Kuruvda:kurakning yukori cheti va kurak uchi.talii uchburchagi.yelka balandligi 2 tamoni nosemmetrik.chanok kiyshaygan.kukrak asimmetrik deformatsiyasi bor.Kaysi kasallikka xos belgi?
JavobSkolioz.
2.Bola 8 yosh.Tugilganda:buyi past.boshi katta.kulva oyoklari kalta.Kalla suyaklaridan peshona.ensa.tepa.yon dungiliklar mavjud.Rentgenda:Naysimon suyaklar kalinlashganva deformatsiyalangan.Yirik bugimlarning valgus va varus demormatsiyasi bor.Kuruvda:Gavda-umrtka yegilishsiz.tekis orka.BUyni kalta.yelka keng.kukrak yaxshi rivojlangan.korin oldinga chikkan.Ichki a’zolar patologik uzgarishsiz.ruxiy rivojlanishi yoshiga mos. Kaysi kasallikka xos belgi?
JavobTugma xondrodistrofiya
3.Bola 15 yosh.Ob’ektiv.Kukrak kafasi voronkasimon.skolioz.oyokg‘kullari uzun.spina vifidi.tanglay yukorida.K,OD,N.blizorukost.kush yuzi. Kaysi kasallikka xos belgi?
Javob:Marfana kasalligi
4.Bola 8 oylik.Shikoyati ruxiy rivojlanishdan orkada kolishi.Tekshirilganda Bosh aylanasi 40 sm.umumiy ruxiy rivojlanishdan orkada kuzatildi. Kaysi kasallikka xos belgi?
Javob:mikrotsefaliya
5.Bola 6 oylik.Bosh aylanasi ulchanganda 49 sm.K.L 1.5x1.5 sm.Katta likildok soxasi kurilganda likildok burtgan.pulsatsiya yuk.bosh terisida venoz turlari kurinadi...........
Kaysi kasallikka xos belgi?
Javob:gidrotsefaliya
6.Bola 8 oylik: shikoyati bezovda kuzgaluvchan.terlash kuchaygani.ensa soxasida sochlari tukilgan.Kuruvda: mushaklar shalviragan.umumiy gipotoniya kuzatilyapti.tishlari chikmagan.KL 2.0-2.5sm.chetlar kulga uriluvchan.dungi peshona. Kaysi kasallikka xos belgi?
Javob:Raxit
7.Bola 12 yosh.Bola tez-tez shamollaydi.Shikoyati tizza soxasida ogrik.xarakatini chegaralanishi va shish.Kuruvda 2la tizza soxasi konfiguratsiyasi uzgargan.xajmi kattalashgan.maxalliy xarorat.xarakat xajmi chegaralangan bukish va yozish.Kaysi xastalikka xos?Jaob :Yuvenil revmatik artrit.
8.Bola 3 yoshda.Oyoklari “O simon kiyshaygan.Ensa soxasida sochlari tukilgan.tepa va peshona dungiliklari bor.kukrak kafasida garison juyaklari bor: Kaysi xastalikka xos?
Javob:raxit asorati
9.Bola 6 yosh.Shikoyati yurganda tez charchashi.kuruvda tovon suyak ichkariga burilgan.ichki tamoni burtib.tekislangan. Kaysi xastalikka xos?
Javob:Yassi tavon.
10.Bola 2 oylik.Kuruvda: ung dumba burmadlari chapga karaganda yukorida.pastda kushimcha burma bor.oyoklari yonga buralganda “shelchok” chanok suyagiga boldir suyagi boshi tushgandagi tovush chikayapti. Kaysi xastalikka xos?
Javob:Tugma chanok –son suyagi chikishi.


Klinik o‘quv amaliyoti:
Suyak-mushak tizimini ko‘rikdan o‘tkazish, bosh suyagi palpatsiyasi, mushaklar kuchi va tonusini aniqlash, traksiya,


Yosh bolalarda suyak-bo‘g‘im sistemasini holatini baholashda uning o‘ynab o‘tirgan holatida kuzatiladi. Oldindan kuzatish bola holatini, boshi, bo‘yin, ko‘krak qafasi va qo‘l oyoqlarining proporsiyasini, shaklini aniqlashga yordam beradi. Orqadan kuzatishda esa kurak suyaklari holatiga, umurtqa pog‘onasining shakli, beldagi uchburchaklarning simmetrikligiga e’tibor berish kerak. Yon tomondan kuzatish ham ahamiyatga ega, bunda chanoq suyagining holatini, chanoq suyagi va oyoqning o‘zaro munosabatini, umurtqa pog‘onasining egilishlari, bo‘g‘imlarining egilish va yozilishlarini baholash mumkin.
Bolalarda bir me’yorda normadagi qadam tashlash umurtqa pog‘onasi va oyoq bo‘g‘imlarining normal holatidan dalolat beradi. Qadam tashlaganda tezda tana og‘irligini og‘rigan oyoqdan sog‘ oyog‘iga olish (antalgik qadam tashlash) umurtqa pog‘onasini pastki qismi yoki chanoq son, tizza bo‘g‘imlari va oyoq kaftini jarohatlanishida kuzatiladi. Chanoq- son bo‘g‘imining jarohatlanishda Trendelenburg qadam tashlashni (jarohatlangan oyoqda turganda karama-qarshi tomonda chanoq suyagini pastga tushib borishi), chanoq-tizza bo‘g‘imini ikki tomonlama jarohatlanishida "tovuqcha" qadam tashlash (o‘zini u-bu yoqqa tashlab yurish) kuzatiladi.
Suyak sistemasi quyidagi tartibda tekshiriladi: avval bosh (bosh suyagi), so‘ngra tana (ko‘krak qafasi, umurtqa pog‘onasi), qo‘l va oyoqlar. Boshni ko‘zdan kechirganda uning katta-kichikligi, shakli aniqlanadi, ammo aniqroq tasavvur etish uchun santimetr lentasi bilan o‘lchab baholanadi. E’tiborni bosh hajmining kattalashgan (makrotsefaliya) yoki aksincha kichiklashganligiga (mikrotsefaliya) qaratish kerak. Normada bosh suyagi dumaloq bo‘ladi, bemorlarda kvadrat, minorasimon, dumbasimon va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin.

PAYPASLASH. Bu usul bilan liqildoqlar, choqlar va suyaklarning qotganligi tekshiriladi. Paypaslash ikkala qo‘lda olib boriladi, katta barmoq pyoshonaga, kaft chakkaga qo‘yilgan holda, ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlar bilan tepa, ensa suyaklari, choqlar, liqildoqlar, ya’ni boshni hamma yuzasi tekshiriladi. E’tiborni bosh suyaklarda yumshagan, ayniqsa ensa, tepa va chakka suyaklarida yoki qotib qolgan joylar bor-yo‘qligaga qaratiladi. Katta liqildoqni paypaslashda, uning katta-kichikligi, ikki qarama-qarshi tomonlar oralig‘ini o‘lchab aniqlanadi. Liqildoqning chetini paypaslashda uning yumshoqligi, oson egiluvchanligiga e’tibor berish kerak. Suyak choqlarini holatini, ajralishlar bor-yo‘kligini yoki yumshoqligini baholay bilish kerak.
Ko‘krak yoshidagi bolalarda qo‘l muskullari tonusini aniqlashda, tekshiruvchi chalqancha yotgan bola bilagidan ushlab o‘ziga qarab tortib o‘tkazmoqchi bo‘linadi. Bunda bola oldin ko‘lini yozib (birinchi faza) keyin butun tanasi bilan huddi vrachga yordam bergandek, o‘zini ko‘tarmoqchi (ikkinchi faza) bo‘ladi. Mushak tonusi oshsa, birinchi faza kamaysa, ikkinchi faza yo‘qoladi. Bu yoshda muskul tonusini tekshirishda shuni yodda tutish lozimki, chala tug‘ilgan bolalarda umumiy mushak gipotoniyasi 1,5-2 oygacha saqlanib, ularda keyin paydo bo‘lgan bukuvchi muskullar gipertoniyasi 5-6 oygacha saqlanadi.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda mushak kuchi tahminan bolaning u yoki bu xoxlagan harakatida ko‘rsatgan qarshiligini sub’ektiv sezishga


Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish