Bolalarda suyak-mushak tizimini anatomo-fiziologik xususiyatlari. Suyak – mushak tizimining asosiy kasalliklari semiotikasi



Download 0,92 Mb.
bet4/8
Sana03.02.2022
Hajmi0,92 Mb.
#427080
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bolalarda suyak-mushak tizimini anatomo-fiziologik xususiyatlari. Suyak – mushak tizimining asosiy kasalliklari semiotikasi.

Mashgulotning mazmuni:
A.MUSHAK TIZIMI.
Mushak tizimi tayanch-harakat apparatining faol qismi hisoblanib, bajaradigan harakat vazifalari doirasiga ko‘ra skelet (suyaklarga birikkan), silliq (hazm a’zo devorlari va ba’zi ichki organlar ichidagi narsalarni harakatlantiruvchi) va yurak muskullariga bo‘linadi.
Mushak to‘qimasining ona qornida rivojlanishi homilalikning 3-xaftasidan embrion bosh qismi ostida mezodermaning bo‘linishidan boshlanadi. Yangi tug‘ilgan bolada mushak tizimi morfologik jihatdan mushak tolasining ingichkaligi (yangi tug‘ilgan bolada kattalarga nisbatan 5 marta ingichka, ko‘ndalang tolalar to‘liq taraqqiy etmagan, unda oqsil, yog‘, noorganiq tuzlarni kamligi, suvning ko‘pligi) oraliq to‘qimaning nisbatan ko‘pligi, mushak to‘qimasida va oralik to‘qimada dumaloq yadrolarning ko‘pligi bilan ajralib turadi. Ona qornida mushak vaznining ortishi mushak tolasining miqdorini ko‘payishi hisobiga bo‘lsa, bola tug‘ilgandan so‘ng miofibrillalar yo‘g‘onlashishi hisobiga bo‘ladi. Bu xususiyat bola qancha yosh bo‘lsa, shuncha aniqroq ifodalanadi.
Chaqaloq bolalarda mushak tolasi diametri 7 mkm bo‘lsa, 16 yoshda 28 mkm ga yetadi. Miofibrillalar o‘sishi bilan to‘qima sathi birligida yadrolar soni kamayib (1 yoshda 2 marotabaga, 9 yoshda 4 marotabaga, 17-18 yoshda 9 marotabaga) boradi. Bolaning 3 oyligidan dumaloq. yadrolar soni kamayishi bilan bir qatorda tayoqchasimon yadrolar soni ortib boradi. Mushaklarning rivojlanishi ularda qo‘shuvchi to‘qimalar karkasinn (endomioziya va perimiziya) sh aqllanishn bilan bir vaqtda kechib, bu jarayon 8-10 yoshda o‘z nihoyasiga yetadi.
Mushak hujayra tolasi o‘z faoliyatiga ko‘ra ikkiga farqlanib, bular oq va qizil yoki "tez" va "sekin" mushak tolasi elementlaridan tuzilgan. Tez mushak tolalari fosfogen va glikogenez yo‘lida energiya bilan ta’minlash fermentlariga boy bo‘lsa, sekin mushak tolalari aerob oqsidlanish fermentlariga boy bo‘ladi. Ya’ni tug‘ilgan bolaning mushak tizimi rivojlanmagan bo‘lib, uning umumiy og‘irligini 23% ni tashkil qiladi. Keyinchalik muskullar bolada boshqa a’zolar og‘irligiga nisbatan tez rivojlanadi.Bolaning 6 yoshida mushak tana vaznining 27 % ni, 15 yoshda 32% ni tashkil etadi. Mushaklar ayniqsa, balog‘atga yetish davrida yaxshi taraqqiy etadi. Mushaklarning taraqqiyoti bolaning yashash tarzi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishiga bog‘liq. Kattalarda mushaklarning umumiy og‘irligini: erkaklarda tana vaznining 42 %, ayollarda 38% ni tashkil etadi. Tug‘ilgandan keyin hech qanday boshqa to‘qima mushak tizimi vazniga teng o‘smaydi. Butun o‘sish jarayonida umumiy mushaklar vazni 37 marotaba, suyaklar vazni esa 27 marotaba ko‘payadi.Mushak sistemasi retseptorlari bola tug‘ilganda takomillashgan bo‘lib, keyinchalik ular qayta taqsimlanib, mushak tolalarining eng ko‘p cho‘ziladigan sohalariga ko‘proq yig‘ila boshlaydi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va bir oylikkacha bo‘lgan davrlarda mushak tonusining oshishi harakterli bo‘lib, ayniqsa bu qo‘l-oyoqni bukuvchi mushaklarda yaxshi ifodalanadi.Shu sababdan yangi tug‘ilgan chaqaloqning oyoq-qo‘llari bukilgan holatda bo‘ladi. Bola hayotining birinchi haftasida mushak asab tizimining elektr toqi ta’siriga javoban qo‘zg‘aluvchanligi kattaroq yoshdagi bolalar yoki katta kishilarnikiga nisbatan kam, ammo ba’zi gumaral omillarga (atsetilholin) qo‘zg‘aluvchanligi ko‘pdir.Mushaklarning mexanik qo‘zg‘aluvchanligi yangi tug‘ilgan bolalarda kuchliroq bo‘ladi. Harakatlantiruvchi asab tolalarining uchlari homilalikni boshlanish davrlarida paydo bo‘lib, yangi tug‘ilgan bolada embrional tipda tuzilgan bo‘ladi. Bu asab tolalarini takomillashib borishi bilan bolada yangi harakat turlari paydo bo‘lib boradi. Chaqaloq bolalarda, kattalardan farqli ravishda, uyquda ham mushak bo‘shashmaydi. Skelet muskullarining bunday doimiy faolligi, ularda issiq ishlab chiqarish jarayonlar, hamda o‘sib borayotgan bola organizmidagi anabolik jarayonlarni o‘ziga xosligi bilan tushuntiriladi. Chaqaloqlarda va ko‘krak yoshi birinchi oylarda muskul gipertoniya xususiyatiga egadir, ayniqsa qo‘l oyoqlarni bukuvchi muskullarda bukuvchi muskullarda ko‘rinadi.Sog‘lom bolada qo‘lning gipertoniya 2 2,5 oylikda, oyoqlarda 3 g‘4 oyda yo‘qoladi.Bolada muskul fiziologik gipertoniyani patologik gipertoniyadan farqlash muhim ahamiyatga ega, chunki patolgik gipertoniyaMNS shikastlanishidan dalolat beradi.Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda mushak tonusi 8-10 yoshdagi bolalarnikiga nisbatan pastroqdir, balog‘atga yetish oldida esa kichik maktab yoshdagi bolalarga nisbatan baland bo‘ladi. Bolalarda mushak kuchi yosh o‘sishi bilan ortadi. O‘ng qo‘l chap qo‘lga nisbatan (bundan chapaqay bolalar mustasno) doim kuchlidir. o‘g‘il bolalarda mushaklar kuchi qizlarga nisbatan ko‘proqdir. Harakat qobiliyati 14 yoshda eng yuqori darajasiga yetadi. Mushak chidamliligining (mushak kuchli zo‘rikishiga ketgan eng ko‘p vaqt) eng yuqori ko‘rsatkichi 7-10 yoshda kuzatiladi. Bolalarda mushakning bioximik ko‘rsatkichlari kattalardan farq qiladi. Chaqaloqlarda mushak to‘qimasi miofibrillaridagi oqsil mikdori katta yoshdagi bolalar va katta kishilarga nisbatan 2 marotaba kam bo‘ladi. Chakaloq bola muskullarida fetal formadagi miozinlar bo‘lib, ular tuzilishida ATF faolligi kamaygan, holinestraza faollligi ko‘paygan bo‘ladi. O‘sish jarayonida fetal miozinlar yo‘qoladi, mushak to‘qimalari o‘sib, sarkoplazma oqsillari ko‘payib boradi. Yosh kattalashishi bilan mushak tarkibida glikogen, sut kislotasi va suv mikdori kamayib boradi. Muskullar rivojlanishi bolalarda bir tekis kechmaydi. Oldin yelka, bilak yirik muskullari o‘sib, qo‘l barmoq. muskullari keyinroq, rivojlanadi. Shuning uchun ham 6 yoshgacha bo‘lgan 6olalap barmoqlari bilan nozik ishlarini bajara olmaydilar. Bola 6-7 yoshidan keyin bundan nozik ishlarni bajara boshlab, yozishni o‘rgana boshlaydi. 15 yoshdan keyin barcha mayda muskullar tez rivojlanib, har turdagi mayda harakatlarni bola muvofiqlashgan holda bajara oladi. Mushak tizimini normal o‘sib rivojlanishi uchun me’yorida jismoniy mashg‘ulot (sport, jismoniy mehnat) bilan shug‘ullanish zarur bo‘ladi. Bolalarda harakatda bo‘lishga o‘rgatib, jismoniy harakat faolligini oshirib borish tarbiyaning asosiy vazifasiga kiradi. Shular sababli hatto bir yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ham, harakatni ko‘zg‘atuvchi omil sifatiga aylanishga, emaklashga o‘rgatish, katta yoshdagi bolalar uchun esa gimnastika, massaj mashg‘ulotlari ko‘zda tutilgan. Har xil yoshdagi bolalar uchun harakat faolligi normalari yaratilgan. Agar bir qadamni birlik deb olsak, bir kun uchun 3-4 yoshlik bolalarga 9000-10500 qadam, 11-15 yoshlik bolalar uchun esa 20000 qadam, harakat normasi hisoblanadi. Demak bu bolalar bir kecha kunduzda 4-4,5 dan 6 soatgacha harakatda bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Harakat hajmini kamayishi-gipoqineziya deyilib, bu sog‘lomlik darajasini pasaytiruvchi omil hisoblanadi. Gipoqineziya semirib ketish, vegetativ qon-tomir distoniyasi kasalliklarini kelib chiqishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan bir qatorda nazoratsiz haddan ziyod sport bilan shug‘ullanish ham sog‘lik uchun xavfli bo‘lib, har xil og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish