Ko`krak qafasi aylanasi.
Lentaning yuqori qirasi oldindan o`g`il bolalarda ko`krak bez ustidan, qizlarda esa bez ostidan o`rnatiladi.Orqadan lentaning yuqori qirrasi kuraklarning pastki uchi ostidan o`tishi kerak.
Ko`krak qafasi aylanasi bola va o`smir jismoniy rivojlanishining muhim ko`rsatgichi hisoblanadi.Chunki, ko`krak qafasi qanchalik yaxshi rivojlangan bo`lsa, uning bo`shlig`ida joylashgan o`pkalar, yurak va yirik qon tomirlarining faoliyati shunchalik yaxshi bo`ladi.
Chaqaloqning ko`krak qafasi aylanasi 32-34 sm, bola 1 yoshga to`lganda - 48 sm, 5 yoshda - 55 sm, 10 yoshda-63 sm, 15 yoshda-75-78 sm bo`ladi.
Bola va o`smirning jismoniy rivojlanishi qancha yuqori darajada bo`lsa, ko`krak qafasi aylanasi shunchalik katta bo`ladi.
O`pkaning tiriklik sig`imi.
O`pkaning tiriklik sig`imi spirometr asbobi yordamida aniqlanadi.Spirometr suvli va havoli bo`ladi.
Jismoniy rivojlanish qanchalik yuqori darajada bo`lsa, o`pkaning tiriklik sig`imi shuncha ko`p bo`ladi.Bu o`pkaga havoning ko`p miqdorda joylashuvini, ya`ni organizmning kislorod bilan yuqori darajada ta`minlanishining ko`rsatgichi hisoblanadi.
Odam qanchalik sog`lom va jismoniy yaxshi chiniqqan bo`lsa, o`pkaning tiriklik sig`imi shuncha ko`p bo`ladi.
Kichik yoshdagi bolalarda o`pkaning tiriklik sig`imini aniqlashni iloji yo`q, chunki yosh bola spirometr naychasiga bor kuchi bilan puflay olmaydi.
8 yoshli o`g`il bola o`pkasining tiriklik sig`imi o`rtacha 1676 millilitr, 8 yoshli qiz bolaniki o`rtacha 1474 ml.
- o`g`il bolaning 10 yoshida 2000 ml, qizlarda – 1900 ml
- o`g`il bolaning 15 yoshida 3000 ml, 17 yoshida -3500 ml
Qo`l muskullari kuchi. Qo`l dinametri asbobi yordamida aniqlanadi va kg hisobida baholanadi.Dinamometr o`lchagichini qo`l kaftida ushlab, bor kuch bilan qisiladi. Uning soatga o`xshash strelkasi kg. ni ko`rsatadi.
- 8 yoshli o`g`il bolalarning o`ng qo`li muskullari kuchi o`rtacha 16,4 kg, chap qo`liniki -15,5 kg, qizlarniki - 13,8 va 12,9 kg;
- 17 yoshli o`smir yigitlarning o`ng qo`li kuchi - 47 kg, chap qo`li -40,6 kg, shu yoshdagi qizlarning o`ng qo`li kuchi - 29 kg, chap qo`li kuchi-26 kg.
Bel muskullari kuchi tik turib o`lchaydigan dinamometr (stanavoy dinamometr) yordamida aniqlanadi.
Gimnastika bilan shug`ullanadigan o`smir yigitlarni bel muskullarining o`rtacha kuchi 176,2 kg, voleybolistlarniki-177,5 kg, basketbolistlarniki-174,8 kg.
Yuqoridagi sport turlari bilan shug`ullanuvchi qizlarniki 110,6, 115,6, 109,6 kg.
Do'stlaringiz bilan baham: |