xarakter (yunon. charaktir – belgi, nishon, xislat) deyiladi.Ba’zan «xarakter» degan so‘z bilan iroda kuchini, qat’iylikni yoki boshqa kishilar bilan muomala qilgandagi keskinlikni ifodalaydilar, «xarakterli kishi» deydilar. Aksincha irodasi zaif kishini «xaraktersiz kishi» deb ataydilar. Ilmiy nuqtayi nazardan qaraganda, bu ta’riflar noto‘g‘ridir, chunki «xaraktersiz» kishida ham xarakter bor. Xarakter hamisha shaxsning o‘ziga xos sifatlarini (nisbatan juda oz mustasnolar bilan) belgilab beradi. Shuning uchun ham xarakter kishining biror hayotiy vaziyatda o‘zini qanday tutishini oldindan ko‘rish imkonini beradi. Xarakterdagi ko‘p narsa kishining dunyoqarashiga, uning e’tiqodiga va ideallariga, ijtimoiy ahvoliga, atrofdagi muhitning ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. Turli ijtimoiy guruhlarga mansub kishilarning xarakterlaridagi farqlarning sababi ana shundadir. Xarakter shaxsning individual xususiyatidir. Xarakterlari mutlaqo bir xil ikki kishini topib bo‘lmaydi, lekin ayrim kishilarning xarakteridagi ko‘p narsalar bir guruh kishilar uchun yoki
hatto butun jamiyat uchun tipik bo‘lishi mumkin. Ma’lumki xarakter to‘g‘risida faqat yetakchi, asosiy xususiyatlarga qarab fikr yuritish mumkinligi, bu xususiyatlar muayyan shaxsning kim ekanligini hamma narsadan ko‘ra ko‘proq belgilab beradi. Shuning uchun ham yozuvchilar o‘z qahramonlarini ta’riflar
ekanlar, ularning asosiy, tipik xususiyatlarini ko‘rsatishga intiladilar.Kishi faoliyatida qanday psixik jarayonlar ustun turishiga qarab xarakter xususiyatlarini intellektual, emotsional va iroda xususiyatlariga ajratish mumkin.
Xarakterning fiziologik asoslari
Ma’lumki nerv sistemasining tipi oliy nerv faoliyatining tug‘ma xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Biroq kishining fiziologik tabiati doimiy bo‘lib qolmaydi. I.P. Pavlov nerv sistemasining tipi (temperament) va xarakterning bir-biriga munosabati haqida gapirib bunday deb yozgan edi: «Tip hayvon nerv faoliyatining, tug‘ma organizmning konstitutsiyaga bog‘liq turi genotikdir, lekin hayvon tug‘ilgan kunidan boshlab atrofdagi sharoitning xilma-xil ta’siriga uchrashi, shu ta’sirlarga faoliyat bilan, ko‘pincha butun umr mustahkam bo‘lib qoladigan faoliyat bilan, muqarrar suratda javob berishi lozimligi sababli hayvonning
mavjud nerv faoliyati tipining xususiyatlari va tashqi muhit taqozo qilgan o‘zgarishlar qorishmasidan, fenotipdan, xarakterdan iboratdir».Garchi I.P. Pavlov hayvonlar to‘grisida gapirgan bo‘lsa ham, muhitning bu xil ta’sirlarini odam ham his qiladi. Shuni esda tutish kerak-ki kishi nerv faoliyatining shakllanishiga
faqat I signal sistemasigina emas, balki II signal sistemasi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, garchi nerv sistemasining tug‘ma tipi temperament
xarakterning asosi bo‘lsa ham biroq uni muvaqqat nerv aloqalariga va ularning murakkab sistemalariga xos xususiyatlar belgilab beradiki, ularga inson o‘z hayoti va faoliyati jarayonida ega bo‘ladi. Tuyg‘ularning paydo bo‘lishi, psixik jarayonlar hamda harakatlarning o‘tish tezligi asosan temperamentga bog‘liq bo‘lib bu albatta kishining xarakterida aks etadi. Oqibat natijada tug‘ma sifatlar emas, balki ijtimoiy sharoit, ya’ni muhitning ta’siri, kishining u yoki bu xarakteriga ega bo‘lishining asosiy sababi hisoblanadi. Xarakterda munosabatning ifodalanishi; Kishining atrofdagi voqelikka munosabati nuqtayi nazaridan xarakter xususiyatlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Shaxsning jamoadagi boshqa kishilarga munosabatini ifodalovchi xususiyatlar: mehribonlik, saxiylik, samimiylik, hurmat-ehtirom, talabchanlik kabilar. Pismiqlik, takabburlik, beparvolik, toshbag‘irlik, ichidan pishganlik, dag‘allik kishilarga
nafrat bilan qarash kabi qarama-qarshi xususiyatlar bo‘ladi.
2. Shaxsning mehnatga, o‘z ishiga munosabatini ifodalovchi xususiyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlik va aksi.
3. Kishining narsalarga munosabatini xarakterlovchi xususiyatlar: ozodalik, tejamkorlik, sarishtalik va aksi.
4. Shaxsning o‘z-o‘ziga munosabatini aks ettiruvchi xususiyatlar: o‘z qadr-qimmatini bilish tuyg‘usi, kamtarlik, mag‘rurlik, uyatchanlik, jizzakilik, xudbinlik, egotsentrizm (o‘z-o‘zini hamisha o‘z diqqat markazida tutish) va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |