Melanxolik mijozli bolalar
Bu tipdagi bolaning ichki dunyosini sirli olam deyish mumkin. Ko‘proq yolg‘izlikni qo‘msab, o‘zini chetga tortadi, tinch o‘yinlarni izlaydi. Kayfiyatiga moslashish juda qiyin. Qachon qarasangiz g‘amgin bo‘lib yuradi, uni kuldirish
amri mahol. O‘z yoshiga nisbatan aqlli ko‘rinadi, uning mantiqan fikr yuritishlari kishini hayratda qoldiradi. Lekin unda «kichkintoy» odatlarini ham ko‘rish mumkin, barmoqlarini og‘ziga solishi, tirnoqlarini tishlashi va boshqalar g‘ashingizga tegadi-ki, uni ko‘p koyiysiz. Rasm solish, kitob o‘qish jonu dili, bema’ni hikoyalar, qo‘rqinchli voqealar, turli ertaklarni yoqtiradi. Ma’qul ko‘rgan odamlari bilan emin-erkin gaplashadi, aksincha uning diliga kalit topish juda qiyin,
u «indamaslar» qatoridan o‘rin olgan. Kam harakat ekani, uyquga kech yotishi, kun bo‘yi yolg‘iz bo‘lib aqliy faoliyat bilan shug‘ullanishi sababli boshi og‘rishi mumkin. Uyqusida bezovta bo‘lishi, ishtahasi bo‘g‘ilishi mumkin. Ohista yuradi,
qaddi bukchayadi, tez-tez charchoqni sezadi va yanada odamovi bo‘lib, o‘zini chetga tortadi. Tabiatan nozik bo‘lib, kasalmand odamga o‘xshaydi. U katta-yu kichikka, tengdoshlariga doimo yordamga tayyor. Temperament ustida ishlash odamga o‘z temperamentining quliga aylanib qolmaslik, balki uni idora qila bilish imkoniyatlarini beradigan iroda va mustahkam xarakterni tarbiyalash bilan uzviy ravishda bog‘lanib ketadi.
Nazorat savollari:
1. Temperament nima?
2. Temperament tiplarining tavsifini qanday muhim sifatlar yordamida aniqlash mumkun?
3. Temperamentning 4 tipiga tavsiya bering.
4. I.P. Pavlov oliy nerv faoliyatining qanday asosiy xususiyatlarini belgilab chiqqan?
5. Bolaning temperament tipini qanday aniqlash mumkin?
6. Bolalar temperamentiga tavsifnoma bering
YANGI MAVZU BAYONI:
Kishi jamiyatda yashab, biror faoliyat bilan shug‘ullanar ekan, o‘zini shaxs sifatida namoyon qiladi, o‘zining atrofmuhitga, odamlarga, o‘z ishiga va o‘z-o‘ziga munosabatini ifodalaydi. Ba’zan ana shu munosabatning ko‘rinishlari odatdan
tashqari, tasodifiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, maktab o‘quvchisi o‘z o‘rtoqlari uchun kutilmaganda arzimagan narsadan jahli chiqib ketadi. O‘rtoqlari uning bu xulqidan taajjublanadilar, chunki odatda bu bola yuvosh,
xushmuomala edi. Uning uchun qo‘pollik tipik hodisa emas edi. Boshqa bir o‘quvchi ko‘pincha atrofdagilar bilan keskin va qo‘pol muomalada bo‘ladi. Bu narsa uning uchun tipik barqaror, bir necha marta takrorlangan xususiyat bo‘lib, bu uni shaxs sifatida xarakterlab beradi. Shuning uchun ham mazkur xususiyatni
uning xarakteriga xos xususiyatlardan biri deb hisoblash mumkin. Jamiyat a’zosi, kishining voqelikka munosabatida vujudga keladigan va uning xulq-atvori hamda harakatlarida ta’sir qoldiradigan muhim, barqaror psixik xususiyatlarning majmui
Do'stlaringiz bilan baham: |