Soat bilan tanishtirish metodikasi.
Bolalarga turli soatlar ko`rsatilib, soatnnng kishi hayotidagi ahamiyati tushuntiriladi. Bolalar diqqati hamma soatlarning umumiy, bir xil belgilari borligiga qaratiladi. (Tsiferblat, ko`rsatkich). Strelkaning harakat qilish printsipi bilan tanishtiriladi. Soat maketida strelkaning ikkalasi ham12 ga qo`yiladi. Strelakalarning uzunligi bir xilmi? Bolalar 1 ta strelka uzun, ikinchisi qisqa deydilar. Qisqa strelka soat nechaligini ko`rsatadi, uzun strelka minutni ko`rsatadi. Ikkala strelka 12 da turibdi, soat 12 ligini ko`rsatyapti deydi. hozir qisqa strelkani aylantiramiz. Uzuniga tegmaymiz: qisqa strelka 1 raqamiga o`tkazildi, hozir soat bir. Keyin 2 ga o`tkazadi, soat ikki, deydi va hokazo.
Bolalar o`z soatlarida tarbiyachining topshiriqini mustaqil bajaradilar. Bolalar aniqlik bilan soatni bir, ikki, uch va hokazo. 12 bo`lganini aniqlay olganlaridan keyin, yuqorida aytilgan metodik, asosida yarim bilan tanishtiriladi. Bolalar o`z nutqlarida vaqtni ifodalovchi so`zlardan to`g`ri foydalana bilishlari lozim. "Nechta soat emas", "Soat necha bo`ldi?", "qays ipayt?", "Kimniki 5 ni ko`rsatyapti?".
Pedagogik masala.
Ba`zida maktabga tayyorlov gruppasida mustaqil arifmetik masala bu o`ylab topa olmaydigan, uning sharti va uni echishni takrorlay olmaydigan bolalar uchrab turadi. Bu bolalar o`ychan, buni quyidagi faktlar asosida bilish mumkin: masala echishda ular javobning to`liq variantlarini o`zlari topadilar, hikoya tuzishda hayol qiladilar.
Savollar:
1. Matematika mashg`ulotida bolalarning passivligi nima uchun namoyon bo`ladi?
2. Tarbiyachi bunday xususiyatlarni qanday hisobga olishi kerak?
II BOB. Bolalarni maktabga tayyorlashda marematik tasavvurlarni shakllantirish.
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarnimaktab talimiga ruxiy va fiziologik tayyorgarligi.
Bolalarni maktabda о’qitishning samaradorligini kо’p jixatdan ularning tayyorgarlik darajalariga bog’liq bоladi. Maktabda о’qishga tayyorgarlik — maktabgacha ta’lim muassasasi va oilada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga qо’yadigan talablar orqali aniqlanadi. Bu talabalarning о’ziga xos tomoni оquvchining yangi ijtimoiy psixologik оrni, u bajarishga tayyorlangan bоlishi lozim.
6-7 yoshli bolalar о’zini idora qilish va о’z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bо’la boshlaydi. Bu yoshdagi о’g’il bolalarda mustaqil faoliyat kоrsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Bu davrda bolaning bоyi 120 sm ga yetadi, og’irligi 22-24 kg bо’ladi. Bu yoshda bola chiniqadi, qiziquvchan bо’ladi, о’z salomatligini nazorat qila oladi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda gigiyenik malakalar shakllana boradi.
Maktabga kirish bola xayotidagi odatiy turmush tarzi, atrofdagilar bilan munosabat tizimining о’zgarishiga aloqador muhim davrdir. Bola hayotida birinchi bor markaziy о’rinni ijtimoiy ahamiyatga ega bо’lgan о’quv faoliyati egallaydi. Unga odatiy bо’lgan erkin о’yin faoliyatidan farqli o’laroq, endi talim majburiy bо’ladi va birinchi sinf о’quvchisidan 4 ta jiddiy munosabat talab qilinadi. Ta’lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolaning kundalik hayot jarayonini qayta quradi: kun tartibi о’zgaradi, erkin о’yinlar vaqti qisqaradi. Bolaning mustaqilligi va uyushganligi, uning ishchanligi va intizomlilikka talablar jiddiy ravishda ortadi. Maktabgacha yoshdagi bolalikka nisbatan о’quvchining о’z xatti-xarakati, majburiyatlarini bajarishga shaxsiy ma’suliyati ancha-muncha ortadi.
Yetakchi mutaxassislarning fikriga kо’ra «Maktabga tayyorgarlik» tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yо’nalishlarini о’z ichiga oladi:
jismoniy,
shaxsiy (ruxiy),
aqliy
maxsus tayyorgarlik.
Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog’lomligi, xarakat kоnikmalari va sifati, qо’l mushaklari va kо’rish-motor muvofiqligi rivojlanganligi bilan izoxlanadi. Shaxsiy tayyorligi, atrof-muxitga, kattalarga, tengdoshlariga, o’simliklar dunyosiga, tabiiy xodisalarga, shaxsiy madaniyatni shakllanganligini nazarda tutadi. Aqliy tayyorgarlik bola obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurning, odamiylikning, bilimga qiziqishning, mustaqilligining, о’zini-о’zi nazorat qilishga, hamda о’quv faoliyatini kuzatish, eshitish, eslab qolish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishni о’z ichiga oladi.
Bolaning maktabda ta’lim olishi samarasi uning ona tilini bilishiga va nutqni qanchalik rivojlanganligiga kо’proq bog’liq bоladi. Chunki butun о’quv faoliyati shularga, ya’ni nutqiy mantiqiy rivoji, bolaning kattalarning yordamisiz mustaqil fikrlashi, til rivojlanganligi yutuqlarida erkin foydalana olishi, hikoya qilish, muloxaza yuritish, о’z tasavvurini izohlay olish, tushunarli qilib bayon etish kabi omillar asosiga quriladi. Shuningdek, bolaning maktabda talim olishi uchun amaliy aqliy rivoji yani, uning namunani chizish, aytib turiladigan bayoniy topshiriqni bajarishi ham muhim sanaladi. Va nixoyat, maxsus tayyorgarlik bolani savodxonlikka о’rgatish va uning maktabning 1 sinf о’quv dastur materialini yetarli darajada egallash haqidagi tushunchasini shakllantirishni nazarda tutadi.
Bolalarni maktabga tayyorlash, birinchidan maktabgacha ta’limda tarbiyaviy ishni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni umumiy, har tomonlama rivojlantirishning yuqori darajasini taminlaydigan, ikkinchidan bolalarni maktabning boshlang’ich sinflarida о’zlashtirishlari lozim bо’lgan о’quv fanlarini egallashga maxsus tayyorlashni taminlaydigan qilib tashkil etilishini nazarda tutadi. Shunga ko’ra zamonaviy psixologik-pedagogik adabiyotda (A.V.Zaparojets, A.A.Venger, G.M.Lyamina, G.G.Petrogenko, J.V.Taruntayeva va boshkalar) tayyorgarlik tushunchasi bola shaxsining rivojlantirish sifatida aniqlanadi va ikkita о’zaro bog’langan jixatlarda: «Maktabga о’qishga umumiy psixologik tayyorgarlik» va «Maxsus tayyorgarlik» tarzida kо’rib chiqiladi.
Maktabga umumiy tayyorgarlik MTMsining maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashga oid davomli, maqsadga muvofiq talim-tarbiyaviy ishning muhim yakuni sifatida namoyon bo’ladi.
Maktabga umumiy tayyorgarlik bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, manaviy, estetik va jismoniy rivolanishda erishgan shunday darajasidirki, u bolaning maktab talimining yangi sharaoitlariga va о’quv materialining ongli egallashga faol kirib borishlari uchun zarur asosni yaratadi.
Bolaning maktabda о’qishga aqliy tayyorligi. Maktabga aqliy tayyorlikning muhim tarkibiy qismi maktabga о’qishga kirayotgan bolada atrof, dunyo haqida yetarlicha keng bilish boyligining mavjud bо’lishidir. Bilimlarning bu fondi о’qituvchi о’z ishini tashkil etishda tayanadigan zarur asos hisoblanadi. Bolani maktabga aqliy tayyorligida bolalar egallagan bilimlarning sifati ahamiyatlidir. Bilimlar sifatining kо’rsatkichi birinchi navbatda ularni bolalar tomonidan ongli egallaganligi; tasavvurlarining aniq va tabaqalashtirilganligi; oddiy tushunchlar mazmuni va xajmining to’laqоnligi; о’zlariga tushunarli о’quv va amaliy vazifalarni hal etishda bilimlarni mustaqil qо’llana olish qobilyatlari; muntazamlilik, yani maktabgacha tarbiya yoshidagilarning narsa va hodisalar о’rtasidagi tushunarli, muhim aloqa hamda munosabatlarni aks ettira bilish qobiliyatidir.
Bolani maktabga aqliy tayyorgarligining tarkibiy qismi bola bilish faoliyatini muayan darajada rivojlangan bо’lishidir.
Bu о’rinda
Birinchidan bilish jarayonining о’sib boruvchi ixtiyoriyligi; materialni mano jixatdan ixtiyoriy eslab qolish va takror ifodalash, narsa va hodisalarni rejali idrok etish, qо’yilgan bilish va amaliy masalalarni maqsadga muvofiq hal etish qobiliyati va shu kabilar;
Ikkinchidan bilish jarayonlari sifatini oshirish: sezgilarning
aniqligi, idrokning tо’liq va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va takror ifodalashning tez va aniqligi;
Uchinchidan bolada atrof dunyoga bilish munosabatlari, bilimlarni
egallash va maktabda о’qishga intilishning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabga aqliy tayyorlikni shakllantirishda bоlajak о’quvchini tafakkur faoliyatining umumiy darajasi muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’lim muassasasining bolalarni aqliy tarbiyalashga oid olib borayotgan muntazam, maqsadga muvofiq ish sharoitlarida bolalarda (faoliyat) tafakkur faoliyatida narsalarning har tomonlama taxlil qilish qobiliyati, ijtimoiy tarkib topgan sensor etalonlardan fan hamda xodisalar xususiyat va sifatlarini tadqiq qilishda foydalana bilish narsa va xodisalardagi asosiy aloqa, bog’liqlik, belgilarni aniqlash asosida oddiy umumlashtirishlar qilish qobiliyati, о’xshashlik va farqlanuvchi belgilarni izchil ajratish asosida narsalarni qiyoslashni amalga oshirish kо’nikmasi tarkib toptiriladi. Bo’lajak о’quvchilarda aqliy faoliyatning elementar mustaqilligi: о’z amaliy faoliyatni mustaqil rejalashtirish va uni reja asosida amalga oshirish kо’nikmasi, oddiy bilish vazifasini qo’yish va uni hal etish kо’nikmasi va shu kabilar rivojlantiriladi.
Maktabda aqliy tayyorlik, shuningdek bolalar tomonidan о’quv faoliyati elementlarini egallab olinishini ham о’z ichiga oladi.
Bolalar muntazam talim sharoitlarida maktabgacha bolalik oxiriga kelib, о’quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini: tushunarli о’quv vazifasini qabul qilish, tarbiyachining kо’rsatmalarini tushunish va aniq bajarishni ishni kattalar tomonidan kо’rsatilgan usullaridan foydalanib bajarib bir natijaga erishish, о’z faoliyati, hulq-atvori, topshiriklarni bajarish sifati ustidan nazorat qilish kо’nikmasini, о’zining va boshqa bolalarning ishlariga tanqidiy baho berish qobiliyatini, egallab olishlari kerak.
Nutqni qanchalik yuqori darajada rivojlangan bо’lishi bolani maktabga aqliy tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi xisoblanadi. Tovushni aniq talaffuz qilish, lug’atning boyligi, о’z fikrini mantiqiy grammatik tо’g’ri bayon qila bilish, madaniy nutq muomalasi-bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli о’qishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Aqliy tayyorlik tarkibiga shuningdek, savodning boshlang’ich asoslari oddiy matematik tasavvurlar, ona tili yetarlicha keng bilim, kо’nikma va malakalar doirasi ham kiradi.
L. S. Vigotskiy xayol qilish (faraz qilish) bilan reallik orasidagi to’rtta bog’lanish shaklini aniqdadi. Bu bog’lanish shakllari bolada matematik tushunchalarni rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir.
Birinchi bog’lanish shakli. Ushbu shaklda bolalarning faraz qilish faoliyati ifodalanadi. Bu shaklning mohiyati xaqiqatan ham olingan matematik tushunchalar asosida xayol qilishda ifodalanadi. Faraz qilishning ijodiy faoliyati bolaning avvalgi tajribasining boyligi va xilma-xilligiga bog’likdir.
Ikkinchi bog’lanish shakli. Faraz qilishning reallik bilan ikkinchi bog’lanish shakli tajribaning faraz qilishiga tayanadi. (Fantaziyaning tayyor maxsuloti va xaqiqiy voqealari o’zgalarning tajribasiga asosan bog’lanadi), chunki farazlar ushbu xolatda erksiz bo’lib xizmat qiladi, ammo o’zgalar tajribasi orqali yo’naltiriladi, o’zgalarning ko’rsatmasi bilan harakatlangandek, faqat shunga asoslanib xaqiqiy reallik bilan mos kelish natijasiga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |