Bolalar xor jamoalarida olib boriladigan o’quv tarbiyaviy ishlar mazmuni



Download 224,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana07.04.2022
Hajmi224,55 Kb.
#535083
1   2   3
Bog'liq
bolalar-xor-jamoalarida-olib-boriladigan-o-quvtarbiyaviy-ishlar-mazmuni

Keywords
: music education, secondary school music lessons, vocal-choir skills,
children's choirs, choir leader, educational process.
Respublikamizda mavjud ta’lim tizimining barcha bosqichlarida bo’lgani kabi
umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa ta’limi va tarbiyasi imkoniyatlaridan keng
foydalanishga qaratilgan ilmiy-tadqiqiy ishlarga tabiiy ravshda e’tibor qaratilib
kelinayotganligi diqqatga sazovordir. Mazkur ilmiy izlanishlar tarkibida umumta’lim
maktablari musiqa ta’limining o’ziga xos faoliyat turlari bo’yicha olib boriladigan
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
55
http://oac.dsmi-qf.uz


o’quv-tarbiyaviy ishlarning o’ziga xos tashkiliy, uslubiy asoslarini uzluksiz
takomillashtirib borish, uni dars va sinfdan tashqari faoliyatlar uyg’unligida yo’lga
qo’yish orqali yuqori samaradorlikka erishish masalasi ham alohida o’rin tutadi.
Umumta’lim maktablaridagi musiqa ta’limi va tarbiyasi sohasidagi yangilanish
va o’zgarishlar ko’lamini ilmiy kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, maktab “musiqa
madaniyati” fanini o’qitilishi jarayonida o’quvchilarni musiqiy-nazariy va amaliy
ijrochilik ko’nikma va malakalarini shakllantirishga qo’yilgan ijtomoiy buyurtmalar
bu ishlarni sinfdan tashqari faoliyat bilan uzviy holda olib borish, ularni yagona
maqsadga moslashtirishni ta’minlash, shu asosda ta’lim sifati va mazmunini
takomillashtirib borish bilan kutilgan natijalarga erishish mumkinligini ko’rsatmoqda.
Ma’lumki umumta’lim maktablarida o’qitiladigan “musiqa madaniyati” fani
bashqa fanlar o’qilishida o’zining bir necha faoliyatlar negizida tashkil etilish
xususiyati bilan ajralib turadi. Bu faoliyatlar tarkibida “jamoa (xor) bo’lib kuylash”
faoliyati alohida ahamiyatga ega bo’lib, bu faoliyatga darsning asosiy hajmi ajratiladi
va asosiy maqsad o’quvchilarni vokal-xor malakalarini shakllantirishni ko’zda tutadi.
Vokal-xor malakalarini shakllantirish esa uzoq va uzluksiz, tizimli yo’lga
qo’yilgan o’quv va ijodiy jarayonni talab qilishi tufayli, fanga ajratilgan o’quv
soatlarini g’oyat cheklanganligi ushbu jarayonni sinfdan tashqari faoliyatlar
uyg’unligida yo’lga qo’yishni taqozo etadi. Bu esa jiddiy pedagogik muammo
sifatida musiqiy ta’lim jarayonida o’quvchi-yoshlarni musiqiy qobiliyat va
ehtiyojlarini shu jumladan ularni vokal-xor malakalarini rivojlantirishga
yo’naltirilgan ta’lim jarayonining pedagogik va metodik asoslarini ishlab chiqish va
amaliyotga keng tadbiq etishni dolzarb vazifa qilib qo’yadi.
Shu o’rinda maktab musiqa ta’limidagi “jamoa bo’lib kuylash” faoliyati oldiga
qo’yilgan maqsad, vazifalar mohiyatiga qisqacha to’xtalib o’tsak. Maktab musiqa
ta’limidagi “jamoa bo’lib qo’shiq kuylash” faoliyati juda serqirra va keng
diapazondagi o’quv-tarbiyaviy ishlarni qamrab oladiki, ulardan eng asosiylari, bu –
o’quvchilarning vokal-xor malakalarini shakllantirish hisoblanadi. Bu esa o’z
navbatida vokal ovoz hosil qilish, tovushni yo’llash, nafas olish, uni tejamli sarflash,
nafasni qanday olish, qanday sarflash (tovush hujumi), musiqiy eshituv (tovushni o’z
balandligida eshitish, his qilish, sof intonatsiya (tovushni o’z balandligida kuylash),
diksiya (sof talaffuz), artikulyatsiya (ovoz apparatini to’g’ri ishlata bilish),
ansambillik (jo’rnavozlikda kuylashga erishish), soz (musiqa tonalligiga, o’qituvchi
ovoziga sozlanish), notaga qarab kuylash (varaqdan o’qish), kuylashda dirijorlik
ishoralarini tushunib, unga rioya qilib kuylash, ohang matnini “solfedjiolash”,
dinamik belgilarga rioya qilib kuylash, ko’p ovozli kuylash ko’nikma va malakalarini
egallash kabilarni o’z ichiga oladi. Ko’rinadiki, bunday keng diapazonda ishlarni
birgina dars jarayonida muvaffaqqiyatli amalga oshirish imkoniyati juda ham
cheklangan. Chunki 1 soatlik musiqa darsi bundan tashqari ham bir qator o’quv
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
56
http://oac.dsmi-qf.uz


vazifalarini amalga oshirishni (nazariy savodxinlik, musiqa tinglash va tahlil qilish,
musiqaga mos ritmik va raqs harakatlarini bajarish, bolalar cholg’u asbobida jo’r
bo’lish) taqozo etadikim, aynan mana shu sabablar “jamoaviy ijrochilik” faoliyatini
(maktab musiqa ta’limida bir sinf bir jamoa sanaladi) sinfdan tashqari xor to’garagi
faoliyati bilan muvaffaqlashtirish maqsadga erishishning eng to’g’ri, samarali yo’li
ekanligini kafolatlaydi. 
Jamoaviy ijrochilik ya’ni xor bo’lib qo’shiq kuylash o’z o’rnida bir qator vocal-
xor malakalarini talab qiladiki, bu malakalarsiz xor bo’lib kuylashni tasavvur etish
qiyin. O’quvchilarni xor bo’lib kuylashga o’rgatish uchun vokal-xor malakalarini
qunt bilan, sabr-bardosh bilan egallab borishni va zarur ko’nikmalarga ega bo’lishini
taqazo etadi. Jamoa bo’lib – xor bo’lib kuylash o’quvchilarda bir qator jihatlarni
jumladan, ularda ko’pchilik bo’lib kuylash davomida o’zgalarni kuylashini eshitib,
yagona organizmga birlashib, ansambllikni his etib kuylashga o’rgatadi, o’z
navbatida bu ularni axloqiy va ma’naviy jihatdan shakllanishiga katta ta’sir
ko’rsatadi.
Hozirgi kunga kelib bolalar xor ijrochiligining yangi-yangi shakllari yuzaga
kelmoqdaki, bulardan eng asosiylari quyidagilaridir:
1. Musiqa darslaridagi sinf-xor jamoasi. (Bular o’z o’rnida maktab madaniy
tadbirlarida, sinf-konsert chiqishlarida o’zlarini namoyish qilishadi).
2. Maktabda tashkil qilinadigan bolalar xor to’garaklari.
3. Bolalar ijodiyot markazlarida tashkil etiladigan xorlar.
4. Bolalar xor studiyalari.
5. Bolalar musiqa va san’at maktablarida tashkil etiladigan xor jamoalari.
6. Madaniyat muassasalari qoshiqa tashkil etiladigan badiiy havaskorlik xor
jamoalari. 
Bularning barchasi Respublikamiz maktablarida tahsil olayotgan maktab
o’quvchilarini bo’sh vaqtlarini ko’ngilli o’tkazish va ularni musiqiy qiziqish va
qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va estetik tarbiyalash vazifalarini ko’zda tutadi.
Qolaversa bu davlatimiz tomonidan musiqa san’atiga, musiqaning yoshlar tarbiyasida
tutadigan o’rni va ahamiyatiga yuqori bahosining natijasidir.
Umumta’lim maktablarida va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida tashkil
etiladigan xor jamoalari ishini yaxshi yo’lga qo’yish va ijodiy muvaffaqiyatlarga
tayyorlash ancha mas’uliyatni va murakkab pedagogik jarayonni talab qiladigan
ishdir.
Xor to’garagi havaskor o’quvchilarni yangicha musiqiy olamga olib kiruvchi
havaskorlikning ommaviy turi bo’lib, bu o’quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini va
istedodlarini yuzaga chiqarishda muhim o’rin tutadi.
Musiqa va qo’shiq aytishga ishtiyoqmand o’quvchilarni bunday to’garaklarga
jalb qilish, faqat musiqa o’qituvchisining ishi bo’lmay, balki butun jamoatchilikning,
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
57
http://oac.dsmi-qf.uz


qolaversa maktab va maktabdan tashqari muassasa rahbariyatining davlatimiz
tomonidan bolalar ta’limi va tarbiyasiga berilayotgan katta g’amxo’rlikni, e’tiborni
his etishlari va mas’uliyatli vazifani bajarish yo’lidagi intilishlari natijasidir.
Xor jamoasi ishini avval boshdan to’g’ri yo’lga qo’yish va uning muvaffaqiyatli
ishlashida rahbarning tashkilotchilik faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki xor bo’lib kuylash vokal kuylashga asoslanadi. Xor jamoasi qanday
tur va tipda bo’lishidan qat’iy nazar, xonandalarda vokal kuylash ko’nikmalarini hosil
qilish eng muhim ish hisoblanadi. Xor jamoasida olib boriladigan vokal ishlarining
maqsadi ijrochilarda to’g’ri, jarangdor ovoz, interval-akkordlarni sof intonatsiya
qilish malakalarini hosil qilishdir. Bunda quyidagi jihatlarga asosiy e’tibor qaratiladi:
-vokal xor ijrochligining muhim elementlari ustida ishlash, yaxshi soz
ansambllik, so’z talaffuzi, badiiy ifoda vositalarini egallash;
-to’g’ri nafas olish, vokal tovushni barpo qilish va shakllantirish;
-jamoa a’zolarini yagona organizmga birlashgan kuylash makalariga ega qilish,
ijroni boshlash, tugallash, dirijorlik ishoralariga amal qilib kuylash omillariga
erishish;
Xor bo’lib kuylashning muhim elementlarini barpo qilish vokal-xor texnikasini
egallashni taqazo etadi. Vokal-xor texnikasi nafas olish, uni bir tekis, tejamli sarflash,
tovush hosil qilish, uni ushlab turish, dinamika, intonatsiya, diksiya malakalari kiradi.
Har qanday jamoaviy ijrochilikda repertuar tanlash masalasi hal qiluvchi
omillardan bo’lib, u jamoani ijodiy komolotining asosini tashkil etadi. Tanlangan
qo’shiqlar bolalarning ovoz va ijrochilik imkoniyatlari mos bo’lishi va albatta
tarbiyaviy xarakterga ega bo’lishi lozim. Bolalar xor jamoalarida birinchi galda
bolalarga atab yozilgan qo’shiqlarni tanlash kerak. Chunki, bunday qo’shiqlar
bolalarni yosh, psixologik-fiziolagik va ovoz imkoniyatlariga moslab yozilgan
bo’ladi. Shuningdek, bolalar xalq qo’shiqlarining xor ijrosiga moslashtirilgan
namunalaridan foydalanish, jamoa ma’lum darajada vokal-xor kuylash malakalariga
ega bo’lgach, qardosh xalqlar va chet el kompozitorlari asarlarini ham repertuarga
kiritish mumkin.
Xor jamoasi uchun asarlar tanlashda quyidagi shatlarga amal qilish foydali
bo’ladi:
- asar matnining badiiy mazmuni va tarbiyaviy ta’sirchanlikka ega bo’lishi;
- qo’shiqni bolalar tabiati, ruhiyatiga, ijro imkoniyatlariga mos kelishi, yengil,
oson o’zlashtiriladigan , xalqchil bo’lishi;
- asarning umumjamoa kuchiga to’g’ri kelishi;
- asar diapazonining xor turi va umuman diapazonga muvofiq kelishi;
- yengil va kichik asarlardan kattaroq, ijrosi nisbatan qiyiqroq asarlarga o’ta
borish jamoani o’sishiga olib keladi.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
58
http://oac.dsmi-qf.uz


- shakllangan qo’shiqlarning turli tadbir va konsertlarda foydalanish
mumkinligini hisobga olish.
Repertuar jamoaning har bir a’zosini to’laqonli musiqiy rivojlanishiga hamda
ularni axloqiy-estetik tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi. Repertuarga kiritiladigan
asarlardan mavzu va janr jihatdan rang-barang bo’lmog’i, unda vatanparvarlik, ona
vatan, ona tabiat, bolalar dunyosiga mos o’yin-qo’shiqlar hayvonlar, o’simliklar,
folklor asarlari, qardosh va chet el kompozitorlari asarlari bo’lishi har jihatdan
ma’qul bo’ladi. Bularning barchasi bolalar ko’z o’ngida hayotning yangi-yangi
qirralarini nomoyon qiladi. Ularning ruhiy, ma’nabiy dunyosini, musiqiy did va
tafakkurini o’stiradi.
Bolalar xor jamoalaridagi o’quv-tarbiyaviy ishlar mazmunida eng avvalo,
davlatimiz tomonidan yosh avlodni tarbiyalash ishiga qo’yilayotgan barcha talablar
o’z aksini topmog’i muhimdir. “Yoshlarimizni ma’naviy ruhda tarbiyalashda musiqa
san’ati boshqa san’at turlariga qaraganda ko’proq va kuchliroq ta’sir ko’rsatayotgan”
ekan, bu o’rinda uni tizimli ravishda oilada, maktabgacha ta’lim muassasasi, umumiy
o’rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, o’rta maxsus ta’lim va oliy ta’lim tizimida
yaxshi yo’lga qo’yish va ular faoliyatini uzluksiz takomillashtirib borish bugungi
kunda eng dolzarb vazifalardan bo’lib qolishi lozim. Umumta’lim maktablarida
tashkil etiladigan bolalar xor jamoalari nafaqat bolalarni musiqiy qobiliyatini va
qiziqishlarini, musiqiy-nazariy bilimlarini chuqurlashtirish shu bilan birga ularda
nafosat olamini badiiy idrok qilish, estetik didni, musiqiy tafakkur va dunyoqarashni
tarkib toptirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. 
Bolalar xor jamoalarida olib boriladigan o’quv-tarbiyaviy ishlarni to’g’ri yo’lga
qo’yishi, uning ijodiy muvafaqqiyatini konsertlar, ko’rik-tanlovlardagi
muvafaqqiyatini belgilaydi. 
Jamoa yo’liga qo’yilgan qatiiy intizom mashg’ulotlarning izchilligi, maktab
ma’muriyati, ota-onalarning yaxshi munosabati, shuningdek jamoani ta’lim-tarbiya
ishalariga foydali va ahamiyatli ekanligi aytib, qo’llab-quvvatlashlari uning ijodiy
o’sishi va mustahkamlashib borishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamoaning muvaffaqiyatli ishlashida xor rahbari bo’lmish o’qituvchining
tashkilotchilik qobiliyati, bolalar bilan ishlash tajribasi, musiqa pedagogikasi bilan
ishlash metodikasidan yaxshi bilim va malakaga egaligi katta rol o’ynaydi. Uning o’z
ishini rejali, tizimli asosda ish olib borishi jamoada ijodiy va qulay muhitni barpo
qilishi qo’yilgan maqsadga erishishda muhim rol o’ynaydi.

Download 224,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish