Болалар ва ўсмирлар спортидаги долзарб масалалар 5



Download 0,6 Mb.
bet21/31
Sana18.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#819790
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Bog'liq
3.1.Jismoniy-tarbiya-nazariyasi-va-uslubiyati-2021

Nazorat savollari



  1. Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tasnifi aytib bering?

  2. Raks mashqlari deb nimaga aytiladi?

  3. Jismoniy mashqlarga qanday mashqlar kiradi?





1. Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining vazifalari.


2. YUrish mashqlarining turlari va ularni o‘tkazish metodlari.

Tayanch iboralar: sog‘lomlashtirish, ta’limiy, tarbiyaviy, qobiliyat, apparat, termoregulyasiya, analizator, yurish mashqlari.


1. Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining vazifalari


Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida jismoniy tarbiyaning kuyidagi vazifalari mavjud:

  • sog‘lomlashtirish vazifalari;

  • ta’limiy vazifalar;

  • tarbiyaviy vazifalar.

Sog‘lomlashtirish vazifalari xayotni saqlash va sog‘liqni mustaxkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm funksiyalarini takomillashtirish, chiniqish yo‘li bilan uning turli kasalliklarga nisbatan ximoyalanish xususiyatlarini va chidamliligini, tashqi muhitning nokulay sharoitlariga (suv va xavoning past va yuqori temperaturasi, quyosh nurining ta’siri) bo‘lgan qarshiligini oshirish. Bundan tashqari bolalarning umumiy ish qobiliyatini oshirish ham muhimdir.
Bola organizmi rivojlanishi xususiyatlarini xisobga olgan holda sog‘lomlashtirish vazifalari kuyidagilardir:

  • suyaklarning to‘g‘ri va uz vaktida kotishiga, umurtka egiklarining shakllanishi, tovon ravoqlarining rivojlanishi, bo‘g‘im-bog‘lam apparatining mustaxkamlanishiga yordam berish;

  • tana qismlarining (proporsiyalar) to‘g‘ri nisbatda rivojlanishiga, suyaklarning o‘sishi va massasini bir tartibga solishga yordam berish;

  • barcha mushaklar guruhini rivojlantirish (tana, oyoq, qo‘l va elka kamari, panja, barmoqlar, tovon, bo‘yin, ko‘z, ichki organlar, yurak-qon tomirlar, nafas olish va boshqa mushaklar);

  • ko‘proq zaif rivojlangan bukuvchi mushaklar guruhining rivojlanishiga e’tibor qaratish lozim;

  • yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirishga yordam berish, yurakka kon okishini kuchaytirish, uning qisqarish ritmini yaxshilash va tusatdan o‘zgaradigan yuklamaga moslashish qobiliyatini rivojlantirish;

  • ko‘krak qafasi harakatchanligini ustirish, chuqur nafas olish, uning ritm barqarorligiga, upka sig‘imini oshirishga yordam berish, burundan nafas olishni yaxshilash;

  • ichki organlarning (ovqat xazm qilish, modda ajralish va boshqalar) to‘g‘ri ishlashiga yordamlashish;

  • termoregulyasiya funksiyasining to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘maklashish;

  • markaziy nerv sistemasining faoliyatini takomillashtirish, qo‘zgalish va tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining muqobilligiga, shuningdek, harakat analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga yordam berish.

Ta’limiy vazifalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida kuyidagi ta’limiy vazifalar xal etiladi:

  • harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;

  • jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko‘z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilikni ustirish;

  • to‘g‘ri qaddi-qomat, gigiena ko‘nikmalarini tarbiyalash;

  • jismoniy tarbiya xaqidagi bilimlarni o‘zlashtirish.

Bolalar nerv tizimining plastikligi tufayli ularda harakat ko‘nikmalari nisbatan engil shakllanadi. Ularning ko‘pchiligidan (emaklash, yurish, yugurish, changida yurish, velosipedda sayr qilish va x k.) kundalik harakat vositasi sifatida foydalanadilar.
Harakat ko‘nikmalari tashki muxit bilan aloqani osonlashtiradi va uni bilishga yordam beradi; bola emaklab uzini kiziktirgan narsalarga yakinlashadi va ular bilan tanishadi; changida yura oladigan; velosipedda sayr qila oladigan bolalar qor, shamol xossalarini oson idrok etadilar; suzish chog‘ida esa bolalar suvning xossalari bilan tanishadilar.
Jismoniy mashqlarni to‘g‘ri bajarish mushaklar, paylar, bug‘inlar, suyak tizimini rivojlantirishga samarali ta’sir kiladi.
YOsh guruhlariga oid harakat ko‘nikmalarining xajmi «Ilk qadam» tayanch dasturida berilgan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda saflanish, umumrivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, sport mashqlarini bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim.
Bundan tashkari, bolalarni sport o‘yinlariga (badminton, stol tennisi) va sport o‘yinlari elementlari (basketbol, xokkey, futbol, voleybol)ni bajarishga o‘rgatish zarur.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni utirgan, turgan xolatda va yurganda qaddi-qomatni to‘g‘ri tutish ko‘nikmalariga o‘rgatish muhim.
Bu yoshda shaxsiy va ijtimoiy gigienaning boshlangich ko‘nikmalari (qo‘l yuvish, kiyim-kechak, poyabzalni yaxshi tutish, o‘yinchoklar, xonalarni va x. k.) ozoda tutish ko‘nikmalarini singdirish muhimdir.
Bu yoshdagi bolalarga mashg‘ulotlarning foydasi xaqidagi jismoniy mashqlarning axamiyati va texnikasi, ularni o‘tkazish metodikasi xaqidagi, harakatli o‘yinlar xaqidagi jismoniy tarbiyaga oid bilimlarni berish muhimdir.
Bolalar gavda kismlarining nomini, harakat yunalishi (yuqoriga, pastga, oldinga, orkaga, ungga, chapga, tula aylanish va x.k.), jismoniy jixozlarning nomi va kay maqsadda ishlatilishi, ularni sakdash va tutish, kiyim-kechak va poyabzalga qarash qoidasini bilishlari lozim.
Olingan bilimlar bolalarga jismoniy mashqlar bilan juda to‘g‘ri shug‘ullanish va jismoniy tarbiya vositalaridan mustakil foydalanish imkonini beradi.
Tarbiyaviy vazifalar jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda kun tartibiga rioya kilish, jismoniy mashqlar bilan xar kuni shug‘ullanish extiyojini hosil kilish bu mashqlar bilan maktabgacha tarbiya tashkilotlarida va oilada mustaqil shug‘ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o‘z tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o‘tkazish.
Jismoniy tarbiya jarayonida ahloqiy, akliy, estetik va mexnat tarbiyasini amalga oshirishning katta imkoniyatlari mavjud.
Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, kungilchanlik va x.k.) va ahloqiy (xalollik, urtoqlik xissi, o‘zaro yordam, topshiriqni ma’suliyat bilan bajarish) fazilatlarni tarbiyalash, irodaviy fazilatlar (botirlik, kat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, chidamlilik)ni namoyon qilish uchun sharoit yaratadi.
Jismoniy tarbiya bolalarning aqliy o‘sishiga yordam beradi, bunda nerv tizimi va boshqa organ hamda tizimlarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi, bu esa yaxshirok idrok etish va eslab qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha psixik jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, xayol x.k.) shuningdek, tafakkur operatsiyalari (kuzatish, taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish x.k.) rivojlanadi.
Bolalarda ijobiy emotsiyalar, tetik, xushchaqchaq kayfiyatni tarbiyalash juda muhimdir, chunki ijobiy emotsiyalar barcha organlar va organizm tizimlarining ishiga yaxshi ta’sir kiladi.
Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirish uchun kulaylik yaratadi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavkni xis kilish va idrok etish, guzallikni, xaraklarning ifodaliligini, qaddi-qomatning nafisligini, kiyim-bosh, sport jihozlari, tevarak-atrofning guzalligini tushunish va to‘g‘ri baholay olish qobiliyatini rivojlantirish; estetik jihatdan ma’qul xulqga intilishni, faoliyat, so‘z va xatti-harakatda qo‘pollikka murosasiz bo‘lishni tarbiyalash lozim.
Jismoniy tarbiya jarayonida mexnat tarbiyasi ham amalga oshiriladi. Bolalar sog‘ligi mustaxkamlanadi, harakat ko‘nikmalari shakllanadi, mexnat kilish uchun zarur bulgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalar binoni, uchastkani jihozlash (sakrash uchun qum to‘ldirilgan o‘ralar, qor uyumlari, sirganish uchun muz yo‘lkalar x.k.) kurish, jismoniy tarbiya jixozlarini yasash va ularni tuzatish (uloqtirish uchun qopchalar yasash, nishonlarni buyash x.k.), sport kiyimlari, poyabzalni saqlash, ularga qarash, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida jismoniy jihozlarni, atributlarni, o‘yinchoklarni joy-joyiga qo‘yish va yig‘ib olish bilan bog‘liq mexnat ko‘nikmalarini egallaydilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayoni sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalardan birgalikda, mujassam holda foydalanishni talab etadi.



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish