Bolalar san’ati fanidan 1-kurs Maktabgacha ta`lim (sirtqi) talabalari uchun
4-mustaqil topshiriq
Mavzu: Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ertaklarni sahnalashtirish metodikasi
Reja:
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ertaklarni sahnalashtirish.
Stol teatrini sahnalashtirish.
Ertak qahramonlarini, stol qo`g`irchoq teatrini sahnalashtirish jihozlari.
Barmoq teatrlarini sahnalashtirish.
Mustaqil topshiriq yo`riqnomasi:
Topshiriq mavzusini diqqat bilan o`qib chiqing.
I-muammoli topshiriq. Savollarga javob bering
1. Ertaklarni sahnalashtirishda kichik guruhlarda nimalarga e`tibor qaratiladi?
2. Ertaklarni sahnalashtirishda tayyorlov guruhlarining tarbiyachi qanday vazifani bajarishi zarur?
3. Pahmoq qo`g`irchoqlar yordamida ertaklarni sahnalashtirish qanday bosqichlardan iborat?
4. Pahmoq qo`g`irchoqlar yordamida ertaklarni sahnalashtirish uchun sahna qanday tayyorlanadi?
5. Pahmoq qo`g`irchoqlar yordamida ertaklarni sahnalashtirishda qo`g`irchoqlar qanday usullarda yasaladi?
6. Sakrovchi o`yinchoqlarni yasashda asosiy xomashyo nima?
7. Stol teatri qanday teatr?
8. Stol teatrining nechta turi mavjud?
9. Stol teatri tomoshasida tomoshabin-bolalar uchun stullar qanday joylashtiriladi?
10. stol qo`g`irchoq teatrining o`ziga xos xususiyati nimadan iborat?
11 stol qo`g`irchoq teatrida dekoratsiya shirmadan qancha masofada o`rnatiladi?
12. Barmoq teatri bolalar uchun qanday ahamiyatga ega?
II. topshiriq. Amaliy topshiriqlar:
1-topshiriq. Kichik guruhda stol teatri uchun sahna (shirma)ni tayyorlang.
2-topshiriq. Bolalarning sevimli ertagi asosida stol qo`g`irchoq teatri uchun qahramonlar obrazini (siz istagan ertak asosida)yasang va taqdim eting.
III. topshiriq. Ma`lumotlarga oid (taqdimotdagi) ko`rgazmali rasmlar o`zingiz ishlayotgan MTT dan olinsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. Mustaqil topshiriqni taqdimot (10 slayd) yoki word ko`rinishida bajaring.
Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal 10 ball
Talaba yuqorida keltirilgan mavzularni to`liq qamrab olgan ma`lumotlar asosida tayyorlagan taqdimoti uchun 9-10 ball.
Taqdimot mazmunan boy biroq ko`rgazmali rasm kabi materiallarga kam e`tibor qaratilgan ish uchun 7-8 ball.
Taqdimotni talab darajasida bajarishga harakat qilsa, biroq imloviy xatolarga yo`l qo`yilgan ishga 5- 6 ball.
Asossiz ma`lumotlardan iborat taqdimot uchun 3-4 ball
Taqdimot talablariga rioya qilinmagan ish uchun 1-2 ball qo’yiladi.
Mavzu ochib berilmasa, ko`chirilsa yoki umuman bajarmasa 0 ball qo’yiladi.
2. Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo’natishingizni so’rayman.
3. Topshirish muddati: 27.05.2022. 23:59 ga qadar
Fan o’qituvchisi: O.Maxmudova
A.Olimov
Do'stlaringiz bilan baham: |