5141700-Мактабгача таълим йыналиши 1-курс талабалари учун «Коррекцион педагогика ва логопедия» фанидан Ызбекистон Республикаси Олий ва Ырта махсус таълим вазирлигининг 2005 йил 30- сентябрдаги № 217-сонли буйру\и билан тасди=ланган олий таълим муассасаларида талабалар билимини бащолашнинг рейтинг тизими ты\рисидаги мува==ат НИЗОМ аксосида баощолаш мезони талабга тыла жавоб беради ва ундан талабалар билимини бащолашда фойдаланса былади.
Та=ризчилар: доц. Жыра=улов С.+.
п.ф.н. Щайдаров Т.Х.
Termiz-2013
Maktabgacha ta’lim kafedrasining “28” avgust 2013- yil № 1 - sonli yig’ilishida muxokama qilindi va foydalanish uchun tavsiya etildi.
Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri dots.M.O Norbosheva.
Tuzuvchi: katta o’qituvchi Z.Xasanova
Taqrizchilar: dots. M.O. Norbosheva
p.f.n: A. Raxmatullayev
ANNOTATSIYA
«Korreksion pedagogika va logopediya » bakalavriat yo‘nalishi: 5111800 – Maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalari uchun ma’ruza matni sifatida yaratilgan. Ushbu yo‘nalishning o‘quv rejasida xuddi shu nomli kurs mavjud.
Mazkur ma’ruza matnda jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixofiziologik rivojlanish xususiyatlari, ulardagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari, turlari ko‘rib chiqilgan. Maktabgacha yoshdagi rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga differensial va integratsiyalashgan, inklyuziv ta’limni tashkil etish yo‘l, usul hamda tashkiliy formalari bayon etilgan.
Ushbu ma’ruza matni Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Undan kasb-xunarga yo‘naltiruvchi tashxis markazi xodimlari, pedagogik kasb-hunar kolleji talabalari, maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlari va defektologlar xam foydalana olishlari mumkin.
Tuzuvchi: k.o’q. Xasanova Z.T.
Taqrizchilar: dots. M.Norbosheva M.O.
p.f.n. A.Rahmatullayev
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartida «Maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar ta’limiga qo‘llanadigan davlat talablari» mavjud.
Shu talablar asosida "Uchinchi ming yillikni bolasi" nomidagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturi tuzilgan. Ushbu hujjat "Ta’lim to’g’risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda "Sog’lom avlod" Davlat dasturini hayotga tatbiq etishga yo’naltirilgan.
Mustaqillikka erishgan hozirgi davrning muhim hususiyatlaridan biri, bozor munosabatlari shakllanayotgan mazkur jarayonga mos keladigan, yangicha fikrlovchi yoshlarni tarbiyalashdan iborat. I.A.Karimov ta’kidlaganidek, "fikrlash, ishlash va yashash madaniyatiga ega bo’lgan mustaqil shaxsni voyaga yetkazishimiz zarur".
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol g‘oyalari asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir.
Biroq, maktabgacha yoshdagi bolalar orasida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ham uchrab turadi. Turli sabablarga ko‘ra ko‘zi ojiz, kar yoki zaif eshituvchi bo‘lib qolgan va boshqa toifadagi alohida yordamga muxtoj bolalar maktabgacha tarbiya muassasalariga hamma qatori qatnab, ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb etilishlari kerak.
Maktabgacha tarbiya muassasalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirib, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan olda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim olishga (maktabga) tayyorlashi lozim. Buning uchun har bir tarbiyachi bolaning rivojlanishida qanday nuqsonlar bo‘lishi mumkin, ularning turlari, kelib chiqish sabablari kabi va boshqa ma’lumotlarga ega bo‘lishlari kerak. Shuni hisobga olib, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi bakalavriat o‘quv rejasiga «Korreksion pedagogika va logopediya fani kiritilgan».
Mazkur ma’ruzalar matnining maqsadi pedagogika oliy o‘quv yurtlarida «Korreksion pedagogika va logopediya» kursini talabalarga chuqur o‘rganishga yordam berish, ma’ruzalar matni ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida korreksion pedagogika fanining maqsad va vazifalari, alohida yordamga muxtoj bolalar ta’rifi berilgan bo‘lsa, ikkinchi qismda logopediya fanidan maktabgacha yoshdagi bolalarda ko‘plab uchraydigan nutqiy nuqsonlar va ularni bartaraf etish yo‘llari yoritilgan.
UMUMIY O’QUV MAQSADLARI
Ta'limiy: Talabalarda korreksion pedagogika fani, uning predmeti, maksadi, vazifalari, metodlari va usullari xakida nazariy bilimlarni berish byicha ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Tarbiyaviy: Talabalarning jamoada, kichik guruqlarda va individual ishlash qobiliyatlarini shakllantirish, kasbga bo’lgan qiziqishlarini ortirish
Rivojlantiruvchi: Talabalarda erkin fikrlash va mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |