O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O'ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
“BOLALAR PEDOGOGIKASI” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: 7 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR MEHNATIDA DO’STONA MUNOSABATLARNI TARBIYALASH
Bajardi: Ingliz tili 2-fakulteti
MT 2005 guruh talabasi Baybulatova Diyora
Ilmiy rahbar: Isakulova Nilufar Janikulovna
TOSHKENT-2022
MUNDARIJA
KIRISH...................................................................................................3
I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TARBIYALASH USULLARI
1.1. Maktabgacha yoshda bo’lgan bolalarning psixologik xususiyatlari……6
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash.......................................14
1.3. Ilk yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash……………………………20
II BOB. MAKTAB YOSHIGACHA BO’LGAN BOLALARNING MEHNAT FAOLIYATIDA DO’STONA MUNOSABATLARNI SHAKKLANTIRISH
2.1. 7yoshgacha bo’lgan bolalar mehnat faoliyatida aqliy tarbiyaning ahamiyati………………………………………………………………………....25
2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning o’ziga xos xususiyatlari………………..30
2.3. Kichik yoshdagi bolalar mehnati turlari hamda ularda do’stona munosabat tushunchasi………………………………36
XULOSA.................................................................................................46
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR...............................................49
KIRISH
“Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!”
Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.”-SH.M.Mirziyoyev1
“Yangi O’zbekiston” sharoitida oliy ta’limni rivojlantirish mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish va yangi sifat bosqichiga ko‘tarish respublikamiz hukumatining diqqat markazida turgan dolzarb masalalardan biridir. Zero, aynan maktabgacha va kichik maktab yoshidan boshlab bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantirish sifatini tubdan oshirish vazifasi qo‘yilgan. Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning 2030 yilgacha mo‘ljallangan konsepsiyasida, – “Maktabgacha ta’limni insonning butun hayoti davomidagi uzluksiz ta’limning birinchi bosqichi sifatida belgilash, bolani shaxs sifatida jismoniy, intellektual va axloqiy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashda uning roli oshirilishi...”, – alohida uqtirilgan1 . Bu esa birinchi navbatda maktabgacha ta’lim uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni taqozo etadi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida “Kichik yoshdan o‘quvchilarda o‘qishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish” zarurligi uqtirilgan.2
Do'stlaringiz bilan baham: |