6-mavzu: Bolani shaxs bo’lib shakllanishida jismoniy tarbiyaning o’rni.
Reja.
1. Bolalar jismoniy tarbiyasida shaxsga orientirlangan yondashuv.
2. SHaxsga-orientirlangan yondashuvning xaraketrli qirralari.
3. “Pedagogik o’zaro ta’sir modeli” tushunchasi.
Mamlakatimiz va xorij fanida, maktabgacha bo’lgan bolalik davri shaxasni
shakllanishi bosqichi hisoblanadi. Bola, aynan shu yoshda, psixikasi va xulq-
atvorining individual xususiyatlariga ega bo’ladi, ular uni, shaxsiy qiziqishlarga,
intilishlarga, qobiliyatlarga ega bo’lgan betakror shaxs qiladi. Lekin, bola shaxs
bo’lib yetilishi uchun, unda, shaxs bo’lishga ehtiyojni shakllantirish kerak. Bola,
shaxs darajasiga faqatgina ijtimoiy muhit sharoitlarida, ushbu muhit bilan o’zaro
harakatda bo’lishi va insoniyat tomonidan to’plangan ma’naviy tajribani
o’zlashtirishi orqali ko’tarilishi mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini shakllanishiga ta’sir qiladigan
ko’pchilik omillar ichida (ijtimoiy, madaniy, gigienik va b.), jismoniy madaniyat
eng muhim o’rinlardan birini egallaydi. U, bir butun shaxsning barcha jihatlarini
(psixik, jismoniy, intellektual, estetik, ahloqiy) majmuaviy rivojlanishida, bolani
borgan sari murakkablashadigan ijtimoiy munosabatlarga kirishishi uchun sekin-
asta tayyorlashi orqali noyob rol o’ynaydi.
Jismoniy tarbiyaning natijaviyligi vositalarning barcha tizimlarini (jismoniy
mashqlar, tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari, gigienik omillar va h.k.) qo’llash
orqali erishiladi, lekin eng katta solishtirma og’irlik jismoniy mashqlarga to’g’ri
keladi. Harakatlar, odamning biologik ehtiyoji hisoblanib, organizmning barcha
tizimlari va funktsiyalarini shakllantirishning majburiy sharti bo’lib xizmat qiladi.
Aynan shu tufayli, ular hayotning asosiy belgisi, odamning barcha hayot faoliyatini
va xulq-atvorini o’zagi sifatida va shu bilan birga, uning rivojlanishini boshlanishini
shakllantiruvchisi sifatida ham ko’rib chiqiladi.
Harakatlanish madaniyati o’z-o’zidan ma’naviy salomatlikni kafolatlamasa
hamki, shaxs qanchalik barkamol va ozod bo’lsa, uning harakatlari shunchalik erkin
bo’ladi. SHuning uchun, zamonaviy tadqiqotlarda jismoniy mashqlarning mohiyati
motor va ma’naviy tarkiblari bo’lgan harakat amali sifatida belgilanishi bejiz emas.
Bolani shaxs sifatidagi rivojlanishi shaxsga-orientirlangan ta’lim nazariyasida
eng to’liq amalga oshiriladi, u, bolani shaxsiy hayotining sub’ekti bo’lish huquqini
tan oladi.
SHaxsga-orientirlangan yondashuv deganda, o’zaro bog’liq g’oyalar va
harakat amallari usullari tizimiga tayanish vositachiligida shaxsni o’zini o’zi bilish,
o’zini o’zi rivojlantirish va
o’zini o’zi ro’yobga chiqarish
jarayonlarini ta’minlash
va qo’llab-quvvatlash imkonini beradigan pedagogik faoliyatdagi metodologik
orientatsiya tushuniladi. Ushbu yondashuvni qo’llanilishi ta’lim va tarbiya
jarayonini bola shaxsini shakllantirish mexanizmlarini: motivatsiyani, qadriyatlarni,
“Men-kontseptsiyasini”, sub’ektiv tajribani maksimal dolzarblashtirish bilan
tuzishni nazarda tutadi. Ortiqcha didaktizmdan, pand-nasihatdan voz kechish sodir
bo’ladi; birinchi o’ringa dialog, haqiqatni birgalikda izlash, bolani tarbiyalovchi
holatlarni yuzaga keltirish orqali rivojlantirish ilgari suriladi. Bilim, malaka va
ko’nikmalar maqsad sifatida emas, balki shaxsni to’laqonli rivojlantirish vositasi
sifatida ko’rib chiqiladi.
Sub’ektivlik tushunchasini ilk bora Aristotelь ajratgan bo’lib, u, uni odam
xulq-atvorining “sababiyat qonuni” deb atagan. Zamonaviy olimlar sub’ektivlikka
doimo murojat qilishadi. Bu borada V.V.Davыdov, V.A.Petrovskiy,
Ye.V.Bondarevskaya, V.V.Serikov, I.S.Yakimanskayaning ishlari eng ahamiyatli
hisoblanadi. Olimlar, bolaning sub’ektivligi, uni tashqi dunyo bilan
munosabatlarida, predmetli faoliyatida, muloqotida va o’zini o’zi anglashida amalga
oshirilishini aniqlashgan. Ular, ta’limda shaxsga-orientirlangan yondashuvni ham
sub’ektlikning paradigmasida asoslashadi.
SHaxsga-orientirlangan
yondashuvni
tashkil
qiluvchilar
quyidagilar
hisoblanadi:
- asosiy tushunchalar – individuallik, shaxs, o’zini o’zi dolzarblashtirgan
shaxs, o’z fikrini ifodalash, sub’ekt, sub’ektivlik, “Men-kontseptsiya”, pedagogik
qo’llab-quvvatlash;
- shaxsga-orientirlangan yondashuv tamoyillari – pedagogik o’zaro
harakatlarni dialoglashtirish (katta odamlar va bolalarning pozitsiyalari teng huquqli
bo’lishi kerak); muammolashtirish (katta odam tarbiya qilmaydi, balki
dolzarblashtiradi, bolani shaxs sifatida o’sishini rag’batlantiradi, tadqiq qilish
faolligi uchun sharoitlar yaratadi); individuallashtirish (umumiy va maxsus
qobiliyatlarni aniqlash va rivojlantirish, individual imkoniyatlarga adekvat bo’lgan
ta’lim mazmunini, shakllarini va usullarini tanlash); ishonch va qo’llab-quvvatlash
(bolaga ishonish, uni o’zini ro’yobga chiqarishga va o’zini fikrini ifodalashga
intilishini qo’llab-quvvatlash);
- pedagogik faoliyatni mazkur orientirlanishga eng adekvat bo’lgan
vositalarini o’z ichiga olgan texnologik tarkib (dialogga moyillik, faoliyatli-
ijodkorlik xarakteri, bolaning individual rivojlanishini qo’llab-quvvatlashga
yo’nalganlik, unga, mustaqil qarorlar qabul qilishi uchun mustaqillik berish va h.k.).
SHaxsga-orientirlangan yondashuvning xaraketrli qirralari:
- bolaning, avvalam bor, individualligini va sub’ektivliligini rivojlanishi bilan
bog’liq bo’lgan maqsadli ko’rsatmalar;
- shaxsni o’zini ro’yobga chiqarishiga va o’zini fikrini ifodalashiga
ko’maklashadigan, bola shaxsi uchun ahamiyatli bo’lgan o’quv materialini
mazmuni;
- bolaning hayotiy tajribasini dolzarblashtirish, tanlash va muvaffaqiyat
holatlarini yaratish;
- sub’ekt-sub’ektli
munosabatlarni,
muloqotning
dialogli
shakllarini
ustivorligi;
- bolalarning individualligini va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish.
SHaxsga-orientirlangan yondashuvni qo’llashning tayanch punkti
sifatida, ilmiy va amaliy kundalik turmushga “pedagogik o’zaro ta’sir modeli”
tushunchasini kiritishni ko’rib chiqishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |