2. Fe'llarni takrorlash. O'qituvchi har xil xatti-harakatlarni amalga oshiradi, bolalar u nima qilayotganini ingliz tilida aytishlari kerak - uchish, jilmayish, yig'lash, ichish, sakrash, qo'llaringni qarsak chalish, qo'llaringni silkit, oyoqlaringni bosib, orqaga o'gir, o'tir, o'rnidan tur, cho'z baland, sakrash, yurish, chopish, suzish, oyoq uchi, uxlash.
Two little eyes to look around (bolalar o'zlarini atrofga qarashadi).
Two little ears to hear each sound(biron narsani tinglaganday, qo'llarini quloqlariga qo'ying).
One little nose to smell what is sweet(burun bilan mos keladigan harakatni bajaring)
3.Yangi mavzu: Osmon jismlari nomi bor kartochkalar yordamida bolalarga osmon jismlarini o'rgatish: star, sun, moon, Mercury, Venus, Earth, Mars, Jupiter, Saturn, Uranus, Neptune, black hole.
4.Taqdimot qo'yish: O'qituvchi taqdimotni yoqadi, har bir bosilganda, klaviaturada bir osmon jismi paydo bo'ladi bolalar imkon qadar tezroq har bir osmon jismini ingliz tilida nomlashlari kerak, kim ko'proq aytsa dars oxirida qo'shimcha stiker beriladi.
5. Multifilm qo'yish: https://youtu.be/xRDb0QMebYc
Dars oxirida o'qituvchi natijalarni sarhisob qiladi, og'zaki so'rov o'tkazadi.
Xulosa
O'zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasalarida ingliz tilini o'qitish va o'rganish tizimi takomillashib borayotgan bugungi kunda ta'lim jarayonida ingliz tilini zamonaviy texnologiyalar asosida, interfaol uslublar ishtirokida o'qitishni samarali tashkil etish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.Amalga oshirilgan mazkur ilmiy Kurs ishining ta'lim tizimini takomillashtirish, didaktik o'yinlar vositasida, ilg'or pedagogik texnologiyalar orqali ingliz tilini o'rgatish samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bu jarayonlarni ta'minlash maqsadida olib borilgan nazariy va eksperimental Kurs ishining natijalari quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi:
– ta'lim to'g'risidagi qator xujjatlar, qarorlar bilan birga bir qancha sohaga tegishli adabiyotlar ko'rib chiqildi. Shu bilan birga, chet tillarni kichik yoshdagi bolalarga samarali o'qitishning dolzarb masalalariga yo'naltirilgan o'zbekistonlik olimlar va xorijlik pedagoglarning asarlari va ilmiy maqolalari tahlilga etilib, ijobiy fikrlaridan foydalanildi;
– maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ingliz tili darsini didaktik loyihalashtirish maqsadida, ingliz tilini didaktik o'yinlar, zamonaviy interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar hamda AKT vositalariyordamida o'rgatishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslari o'rganildi va tahlil qilindi;
– maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ingliz tili mashg'ulotlari kuzatildi, metodik tavsiyalar ishlab chiqildi, mavzularga oid namunaviy dars rejalari tuzildi, tajriba-sinovdan o'tkazildi va o'quv jarayoniga tatbiq etildi;
– Kurs ishining maqsadiga mos texnologiya vositalari tanlandi va ingliz tilini o'rgatish jarayoniga tatbiq etildi.
Shunday qilib, ingliz tili mashg'ulotlari mavzusiga mos didaktik va kompyuter o'yin turlarining tanlanishi, o'yin texnologiyasida o'rganiladigan material mazmunining o'ziga xosligi va o'quv topshiriqlarining hisobga olinishi, tarbiyalanuvchilarning o'yin faoliyatini tashkil qilishda o'yin tuzilishining e'tiborga olinishi dars samaradorligini ta'minlash vositasiga aylandi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ingliz tilini o'rgatishda quyidagi tavsiyalar asosida ish ko'rilishi maqsadga muvofiq:
– ingliz tili mashg'ulotlari maqsadi, mazmuni va uslubi jihatidan tarbiyalanuvchilar guruhining bilim va talablariga yo'naltirilishi lozim;
– mashg'ulot rejasi har bir bolaning talablari, imkoniyatlari va ehtiyojlariga to'g'ri kelishi shart;
– ingliz tili mashg'ulotlari bolalarning dunyo to'g'risidagi tasavvurlari bilan bog'lanishi, ular uchun muhim hisoblangan o'yin elementlari orqali boshqa sohalarda ham ularning qobiliyatlarini rivojlantirish lozim.
Maktabgacha ta'lim sohasi mutaxassislari bolani yoshligidan chet tilini o'rgatishga shoshmaslikni tavsiya qiladilar. Taxminan, 7 yoshgacha bo'lgan bolalarda boshning o'ng yarim miya shari ishlaydi. Shuning uchun mantiqiy fikrlash hali yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Bularning barchasi bola bilan axborotlarni tahlil qilish, mantiqiy fikrlash bilan bog'liq qandaydir mashg'ulot o'tkazishga xalaqit beradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarga klassik ko'rinishdagi ingliz tilini o'rgatish uslubi to'g'ri kelmaydi. Ya'ni, ingliz tilini kattalarga o'rgatadigan ko'rinish (grammatik tuzilishlar va hokazo) nazarda tutilmoqda. Demak, bolalarga o'yinlar vositasida ingliz tilini o'rgatish, ya'ni ―o'ynab o'rganish usuli yaxshi samara beradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, ingliz tili darslarida didaktik o'yinlardan foydalanishda bolalarning yoshi, ularning ma'lum tayyorgarligi va mavzuga mos mazmundagi didaktik o'yinlar tizimi bo'lishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |