II.BOB Ingliz tilini maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'qitishni didaktik loyihalashtirish
2.1.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ingliz tilini o'yinlar orqali o'qitishning didaktik asoslari
Hozirgi kunda ingliz tilini maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga o'yin orqali o'rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, xalqimizda «Til bilgan – el biladi», deb bejiz aytilmagan. Prezidentimizning 2012yil 10dekabrdagi "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-1875-sonli qarori bu maqsadni ro'yobga chiqarish va shu doirada maktabgacha ta'lim muassasalaridanoq bolalarga xorijiy tillarni o'rgatish va maktab ta'limiga tayyorlab borish masalasi muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham maktabgacha ta'lim tashkilotlarrida bolalarga ingliz tilini o'rgatishda dars jarayonini didaktik loyihalashtirish dolzarb masala bo'lib, unda ilg'or va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurdir.
―Didaktika kechiktirmay o'rganishi zarur bo'lgan muammolardan biri, –deb qayd etgan edi A. A. Chentsov, – ta'limni samarador loyihalash masalasi. Loyihalash o'quv materialini o'rganish va mustahkamlash, takrorlash va amaliyotda tatbiq qilish, umumlashtirish va nazorat qilish jaraѐnlari bilan qanchalik uzviy bog'liq bo'lsa, ta'lim jarayonining samaradorligi shuncha oshadi‖ [Chentsov, 1972, b. 231]. Shuning uchun ham, ta'lim jaraѐnining barcha yo'nalishlarini emas, balki uning ma'lum qirrasini samarador loyihalash yo'lidan borish kerak. Bunday samarador loyihalashga ehtiyojmand yo'nalishlardan biri samarali didaktik o'yinlar to'plamini tayyorlashdir. Mazkur murakkab vazifani bajarishda, ingliz tili darsini bolalarga didaktik o'yinlar vositasida tashkillashtirish asosiy omil hisoblanadi.
Bolalarda o'yin orqali diqqat, xotira va idrokni qiyinchiliklarsiz shakllantirish mumkin. Chunki bola o'yin jarayonida o'zini erkin his etadi. O'yin o'ynalayotgan paytdagi ma'lumotlarni ham bajonidil qabul qiladi. Ya'ni o'yin faoliyati orqali beriladigan ma'lumotlar bolalar xotirasidan muammolarsiz o'rin oladi. Bu o'rinda pedagogik, psixologik va fiziologik omillarga tayangan holda ingliz tilini o'rgatish samaralar garovidir.Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari o'yinlar jarayonida ingliz tilini o'rganar ekan, albatta, ma'lumotlarning ko'rgazmalilik tamoyillariga amal qilishi maqsadga muvofiqdir.
Ingliz tili fanini o’qitishda turli xil o’yinlar orqali o’rgatishning o’rni beqiyosdir. Dars davomida har xil o’yinlar o’ynatib turish sinfda fanni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni yanada oshiradi, passive o’quvchilarni ham darslarda yaxshiroq qatnashishga undaydi, sinfda o’quvchilar o’rtasida raqobat, ayni paytda jamoadoshlik muhitini hosil qiladi. Shuningdek, o’quvchilarning ustozlariga bo’lgan hurmatini oshiradi. Quyida Sizga ingliz tili darslari davomida o’qitish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiluvchi o’yinlarni taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |