«bolalar pedagogikasi» fanidan «pedagogik jarayonni tashkil etish» mavzusidagi


II BOB MTMda bolalar hayotini tashkil etish



Download 244,32 Kb.
bet6/18
Sana05.07.2022
Hajmi244,32 Kb.
#741817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Omonova Kurs ishi

II BOB MTMda bolalar hayotini tashkil etish Fiziologiya, gigiyena, psixologiya, pedagogika sohasida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida MTMda kichkintoylar hayotini tashkil etishning quyidagi prinsiplari yuzaga keldi:
Har bir yosh guruhda bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydigan
shart-sharoitlar yaratish.
Bolalarni yosh guruhlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab ta'limtarbiya jarayonini tashkil etish. Bolalarning har xil faoliyat bilan shug'ullanishlari va birbirlari ilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani
gigiyenik, pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbobanjomlar
bilan ta'minlash.
Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini ta'minlash. Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini (o'yin, mehnat, ta'lim] tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan ma'lum vaqt ajratish. Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan prinsiplar asosida almashtirib borish MTMning har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini to'g'ri tashkil etish. Fundamental va qo‘shimcha olinayotgan bilitn, o‘quv mashqlari samaradorli bo‘lishi uchun ikkala bilimni rivojiantirish zarur, bilim va o‘quv mashqlari konseptual tushunchani ishlatishga ko‘maklashadi. Maktabgacha ta’limda juda e'tibor bilan yondashish zarur. Misol uchun, matematikada nafaqat hisob-kitobni orgatish, balki sonlarni taniy olish xususiyatini ham rivojiantirish zarur. Ular miqdorini ham
tushunishlari shart. Huddi shunday yozishda ham bolalar nafaqat harflarni taniy olishlik, balki so‘zlar nima ma’noni anglatishini, xatda nima yozilganligi haqida ham bilishlari zarur. Maktabgacha bo‘lgan yoshda bolalar bilim darajasi tez rivojlana boshlaydi va yangi narsalarni tez o‘zlashtira boshlaydi. Ayni bu paytda e'tiborsizlikka yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ma’lumotlarni qay tarzda tez va oson o‘ziga
singib olayotganliklarini biografik jihatdan bilib olish mumkin. Pedagogy in early childhood education and care (ECEC): an international comparative study of approaches and policies Research brief July 2015. Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir. Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishiningtashkiliyshakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg'ulotlarda ta'lim berish orqali, ijodiy va qoidali o'yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o'z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, o'z-o'ziga xizmat qilish, sayrlar o'tkazish, gigiyenik tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish MTMsidagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to'g'ri tashkil etishga bog'liq.
MTMsining pedagogik jarayonida ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi va u kundalik hayotda, o'yinda, mehnatda, mashg'ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg'ulotda ta’lim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi
hayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o'stirish va savod o'rganish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo'yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va ko'nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalar MTM dasturida belgilab berilgan bo'lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni maktab ta'limiga tayyorlashda
muhim ahamiyatga ega. Mashg'ulotlarda ta'lim berish didaktika prinsiplari asosida bolalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib ma'lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo'ladi. Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida o'tkaziladigan mashg'ulotlar soni va har bir mashg'ulot qancha davom etishi belgilab qo'yilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, o'zining haftalik mashg'ulotlar jadvalini tuzib oladi, bu ta'limning hamma bo'limlari bo'yicha belgilangan ta'lim-tarbiya ishlarini to'g'ri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Mashg'ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak. Dasturning hamma bo'limlari bo'yicha mashg'ulotlarni haftaga teng taqsimlash. Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg'ulotlar qo'yiladi. Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi. Kun davomida birinchi bo'lib bolalardan aqliy zo'r berishni ko'proq talab etadigan, kam harakatli mashg'ulotlar
rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan
tanishtirish, ona tili, matematika], Ikkinchi mashg'ulotga
yengilroqlari: tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa
mashg'uloti va shunga o'xshashlar rejalashtiriladi,
Kun davomida mashg'ulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va hokazo. Mashg'ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini yengilroq o'zlashtirib olishiga imkon yaratadi. O'yin bolalarning muhim faoliyati hisoblanadi. U bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida, shaxs sifatida shakllanishida va bolalar jamoasining tashkil topishida muhim ahamiyat kasb etadi. O'yin bolaga quvonch bag'ishlaydi, ijobiy his va kechinmalarini, hayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi. O'yin mazmuni bola shaxsining shakllanishiga muhim ta'sir ko'rsatadi, shuning uchun kattalar bolalar o'yiniga rahbarlik qilayotib, ularda tevarak-atrofdan olayotgan taassurotlari
ijobiy tomonini aks ettirish xohishini uyg'otishlari kerak. Tarbiyachi bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, ularning tevarak-atrofdagi hayot to'g'risidagi bilimlarini boyitadi (bu orqali o'yin mavzusi, mazmuni, syujeti boyiydi), bolalarning axloqiy hislarini, o'zaro ijobiy munosabati va odatlarini tarbiyalaydi. O'yindan bolalardagi o'zaro o'rtoqlik, do'stlik, birbiriga yordam ko'rsatish xislatlarini tarbiyalashda va bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida foydalanadi. Bolalarning o'yin bilan shug'ullanishi va mehnat qilishlari uchun kerakli materiallar bilan ta'minlanadi, shu orqali bolalar o'yinining mehnat bilan uyg'unlashib ketishiga erishiladi. Tarbiyachi bolalarning syujetli-rasmli o'yinlarining hamma xilini syujetli-rolli, qurilish drammalashtirilgan tabiiy materiallar bilan o'ynaydigan qilib tashkil etadi. Bolalarga o'yin harakatlarini o'rgatadi, tengdoshiari bilan bo'Iadigan munosabatlarda haqqoniylik prinsipiga rioya qilishni uqtiradi. Shu bilan birga u bolalardagi ijodkorlik, tashabbuskorlik, faollik va boshqa xislatlarni qo'llab-quvvatlaydi. Ijodiy o'yinlar ertalabki qabul paytida, kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi sayrda, ya’ni mashg'ulotdan tashqari hamma vaqtda tashkil etilaveradi.

Download 244,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish