Bill Geytsning hayoti haqida kino suratga olsa arziydi: Harvardni tashlab ketgan, eng badavlat milliarder va dunyodagi eng mashhur xayriyaparvar bo‘lgan. A’zamov Ibrohimbek u haqida ko‘pchilikka noma'lum qiziq faktlarni sizlarga taqdim etadi

Geyts maktabda yuqori sinflarda o‘qigan paytlarida ma'muriyat undan kompyuterda darslar jadvalini tuzib chiqishni so‘ragan. Geyts dasturni shunday tuzganki, o‘zini maktabdagi eng chiroyli qizlar bilan bir sinflarga taqsimlagan
.
Geyts Harvarddagi oldindan yozilgan ma'ruzalariga hech qachon kirmagan, buning o‘rniga o‘zi xohlagan joylarga borardi. Shunday bo‘lishiga qaramay, u imtihonlardan a'lo baholar olishni uddalardi
Harvardda 20 yoshli Geyts murakkab matematik vazifani yechib, algoritm o‘ylab topgan. Uni 30 yildan keyin yaxshilashga muvaffaq bo‘lingan.
Albukerkedan Sietlga, yangi uyiga Porsche 911'da ketayotgan Geyts tezlikni oshirgani uchun uch marta jarimaga tortildi. Ulardan ikkitasini bir politsiyachi yozgan.

Bill Geyts Microsoft xodimlarining avtomobil raqamlarini yodda saqlab qolgan va ularning ishda yoki ishda emasligini shu tariqa tekshirardi.

Ulardan o‘zim kabi ish bilan yonib yashashni talab qilmaslik uchun o‘zimni qo‘lga olishimga to‘g‘ri kelardi. Men o‘z xodimlarimning avtomobillari raqamlarini yodda saqlardim va ularning ishga kelish-ketish vaqtini nazorat qilish uchun avtoturargohga chiqib qarardim. Oxir-oqibat tizginni bo‘shashtirishimga to‘g‘ri keldi, zero kompaniya kengaydi", - deydi Geyts The Telegraph gazetasiga bergan intervyusida.
Bill Geyts Windows'ning "Saper" o‘yiniga shu qadar fanat bo‘lgandiki, hatto ishga diqqatini jamlash uchun uni idoradagi komyuteridan o‘chirishga to‘g‘ri keldi.

Microsoft xodimi "Saper"ni Geytsdan yaxshi o‘ynaydigan dasturni tuzganida, Bill unga elektron xat yozdi: "Agar mashinalar qo‘yilgan vazifalarni tezroq uddalasa, odamlar qanday qilib o‘z nufuzini saqlasin?".
1990 yilda Microsoft'da ishlar juda yaxshi ketayotgan edi. Biroq kompaniya siyosati shundan iborat ediki, xodimlar ishchi safarlariga "ekonom-klass"da uchishlariga to‘g‘ri kelardi. Geytsning o‘zi ham uzoq vaqt davomida "ekonom-klass"da parvoz qilgan.

Apple Macintosh'da ilk marta IBM kompyuterini ko‘rishganida DONKEY.BAS ularni shu qadar hayratga soldiki, ular Geytsning muallifligiga ishona olishmasdi.
Microsoft kompaniyasi IBM uchun birinchi litsenziyalangan operatsion tizimni ishga tushirganida IBM'dagilar Geyts va uning kompaniyasi DOS tizimida qandaydir o‘yinlar yaratishini istashgan. Natijada Geyts va Neyl Konzen tungi soat 4gacha, DONKEY.BAS o‘yinini yozishgan.
Bill Geyts idish yuvishni yaxshi ko‘radi va deyarli har kuni kechqurun shunday qiladi. "Gap bu ishni bajarishga boshqa odam yo‘qligida emas, shunchaki mening o‘zimga idish yuvish yoqadi", - deya izohlaydi u.

Intervyulardan biri olinayotgan paytda Bill Geyts hojatxonaga kirib, eshikni qulflab oldi va jurnalist kinoyali tanbehlari uchun uzr so‘ramagunga qadar u yerdan chiqmagan