O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA
O`RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
“MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI” KAFEDRASI
“BOLALAR NUTQINI O’STIRISH”
fanidan
Himoyaga tavsiya etaman
Fakultet dekani
________________________
“____” ________
KURS ISHI
Mavzu:“Bolalarni savod o‘rganishga tayyorlash”
Talaba: 3-kurs “310” guruh talabasi
Jo’rayeva Shohida
Ilmiy rahbar:
Raimov Begali Uralovich
Himoyaga tavsiya etildi
“Maktabgacha ta’lim metodikasi ” kafedrasi
mudiri ________________________
“______” ____________
TERMIZ 2022
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………..………3
I. BOB. BOLALARNI SAVOD O‘RGANISHGA TAYYORLASH………………………………………………………...8
1.1. Bolalarda o‘qish va yozishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish….……..8
1.2. Bolalarni yozish, o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish……..………11
II. ALIFBEGACHA TAYYORLOV DAVRI……………………….16
2.1. Alifbe haqida dastlabki tushunchalar berish………………………16
2.2. Mashhulotlar jarayonida bolalarni savodga o‘rgatish……………..17
2.3. Savodga o‘rgatish davrida interfaol usullardan foydalanish (didaktik o‘yinlar misolida)……………………………………………………….19
XULOSA………………………………………………………..……...24
TAVSIYALAR…………………………………………………………26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………..…….27
KIRISH:
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan barkamol, intellektual salohiyatli avlod va unga ta’lim-tarbiya berish sifatiga bog‘liq. Shu bois Vatani, halqini sevadigan, istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni etishtirish davlatning ta’lim sohasidagi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir shuning bilan birga ta’lim tizimidagi tub islohotlar orqali shaxs ma’naviy kamolotini ta’minlash mazkur yo‘nalishning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, bu haqda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalaridan biri ekanligi ko‘rsatilgan. Maktabgacha ta’lim umuman olganda, uzliksiz ta’limning birinchi bosqichi hisoblanib, u maktabda o‘qish uchun tayyor bo‘lgan sog‘lom va to‘laqonli shaxs sifatida shakllangan bolani tarbiyalashni ko‘zda tutadi.
Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish zarur. Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga. Ahloqiy sifatlariga o‘quv dasturini o‘zlattirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashshiga, qo‘llanmalarning monandligiga bog‘likdir. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z echimi ifodasini topishi va o‘z ona tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Bolalarning aqliy jarayonini rivojlantirish uchun ularning nutqini o‘stirish zarur: Bola har bir so‘z manosini tushuna olishi uni o‘z nutqida erkin ifodalashga muvofiq bo‘lishi kerak. Tushunchalar tizimiga moslashgan bola o‘z fikrini jamlab gapirishga va ifodalab berishga o‘rganadi. Og‘zaki nutqini o‘stirish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda asosan, bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, nutqni grammatik tomondan to‘g‘ri shakllantirishga: nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo‘shma gaplar tuzish, bunda barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga o‘rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to‘g‘ri ishlatish malakalarini takomillashtirish, tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og‘zaki nutqini o‘stirishda mustaqil hikoya qilishga o‘rgatish katta o‘rin egallaydi: bolalalarni o‘z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o‘rgatiladi. Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog‘langan, ma’lum izchillikda, grammatik tomondan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak.
Savodga tayyorlash bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda savodga o‘rgatish ikki davrga ajratiladi.
Tayyorgarlik davri
Asosiy davr (Savodga tayyorlash)
Savodga o‘rgatishning tayyorgarlik davri vazifalari sentyabr, oktyabr oylarida rejalashtiriladi. Bu davrda quyidagi ishlar olib boriladi:
Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish va so‘zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarini aniqlash va shakllantirish
Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish.
Jarangli va jarangsiz tovushlarni ajratishga o‘rgatish asosida fonematik idrokni va tasavvurni rivojlantirish
Oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish:
Gapni so‘zlarga bo‘lish, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish;
Ma’lum tovushlarni o‘rnini aniqlash (so‘zning boshida, o‘rtasida va oxirida);
So‘zda tovushlar ketma-ketligini va sonini aniqlash;
Tovushlardan bo‘g‘inlar, so‘zlar tuzishga o‘rgatish;
Tovushlarni eshitishda farqlashga o‘rgatish;
Tayyorlov guruhida nutq, o‘qish va savodga tayyorlash yo‘nalishining savodga o‘rgatish bo‘limining 2- bosqichi - asosiy davrida (oktyabr- may) quyidagi ishlar olib boriladi:
1. Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirish
2.Kesma harflar yordamida tovush-harf tahlil va sintezi
bo‘yicha mashqlarni bajarishga o‘rgatib borish;
4. Bo‘g‘in o‘qish;
5. Kesma harflar yordamida bo‘g‘in va so‘zlarni tuzish va ularni bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish.
Tayyorlovguruhlaridayildavomidao‘tkaziladiganmashg‘ulotlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi va ketma-ketlikda olib borilishi kerak.
Mashg‘ulotlar ishlanmasida mavzuning maqsad-vazifalari, kutilayotgan natijalar, kerakli jihozlar, mashg‘ulotning borishi to‘liq yoritiladi. Mashg‘ulot mavzulari bolalar uchun tushunarli, amaliy ishlar va turli interfaol o‘yinlar bolalar yoshiga mos, qiziqarli va turli bo‘lishi lozim. Mashg‘ulotlar davomida bolalar barmoq mashqlarini tetiklashtiruvchi daqiqalarda bajaradilar, harflar bilan maxsus o‘yinlar, (yig‘ish, terish), amaliy ishlarni bajarib, alifbeni bilib, bo‘g‘inlarni o‘qiy olish ko‘nikmalari mustahkamlanib boradi. Har bir mashg‘ulotning oxirida bolalarning bilimlarini aniqlash va mustahkamlash uchun savollar berilgan.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardanoq yangi, rivojlangan jamiyat qurish yo‘liga kirdi. Zahmatkash halqimiz o‘zining fidoiy mehnati va tinch hayoti bilan dunyodagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoridan mustahkam o‘rin egallash maqsadida barcha sohalarda chuqur islohotlarni amalga oshira boshladi. Kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o‘zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimiz qalbi, ongiga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda.
XXI asrga qadam qo‘ygan o‘zbek halqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasi – bu ozod va obod Vatan, erkinvafarovon hayot barpo etishdir. Albatta ushbu g‘oyani amalga oshirishda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy yo‘nalishlar bilan bir qatorda barkamol avlodni voyaga etkazish, ular nutqini o‘stirish muhim o‘rin tutadi. Har bir inson rivjlanishida, boshqa kishilar bilan muloqot qila olishid anutq asosiy omil hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida o‘z fikrini ta’sirchan etkazish datushunarli, mantiqiy, aniq, ravonnutqqa ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash kabi masalalar dolzarb bo‘lib kelmoqda. Ushbu dasturda maktabgacha ta’lim tizimida, tadqiqot ishining samarali yakunlanishida tajriba-sinov ishlarining ilmiy-pedagogik va tashkiliy-metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |