Bolalar nutqini o’stirish”


Mashhulotlar jarayonida bolalarni savodga o‘rgatish



Download 145 Kb.
bet7/9
Sana05.04.2022
Hajmi145 Kb.
#528898
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bolalarni savod o‘rganishga tayyorlash

2.2. Mashhulotlar jarayonida bolalarni savodga o‘rgatish
Savod o’rgatishni to’g’ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligi maxsus o’rganish talab etiladi. Maxsus o’rganish avgustda, hatto undan oldin – bahordan boshlanadi. 1-sinfga keladigan o’quvchining oilasiga yoki bolalar bog’chasiga boriladi, suhbat o’tkaziladi, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlanadi.
1.O’qish ko’nikmasini aniqlash:
a) so’zni sidirg’a o’qiydi;
b) bo’g’inlab o’qiydi;
v) harflab o’qiydi (noto’g’ri o’qish);
g) anchagina harflarni biladi, lekin o’qishni bilmaydi;
d) ayrim harflarni biladi.
2. Yozuv ko’nikmasi:
a) hamma harfni yozishni biladi, so’z yozadi (bosma yoki yozma):
b) ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma);
v) yozishni umuman bilmaydi.
3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi:
a) so’zni bo’g’inlarga bo’ladi;
b) so’z yoki bo’g’indagi tovushni ajratadi;
v) hamma tovushni to’g’ri talaffuz qiladi;
g) ayrim tovushlarni noto’g’ri talaffuz qiladi (qaysi tovushlar ekanini xisobga olinadi);
d) nutqning baland yoki pastligi.
4. Og’zaki bog’lanishli nutq. She’rni yoddan o’qish:
a) 3 ta she’rni biladi, uni zavqlanib aytadi;
b) 1-2 ta she’rni biladi, aytishga uyaladi;
v) birorta she’rni yoddan o’qishni bilmaydi.
5. Og’zaki bog’lanishli nutq. Ertak aytish:
a) bir yoki bir nechta ertakni aytishni biladi;
b) ertak aytishga harakat qiladi, lekin ayta olmaydi;
v) ertak aytishni bilmaydi, o’rganishga ham harakat qilmaydi.
6. Og’zaki bog’lanishli nutq. Fikr bayon qilish. (“Rasmda nimalar ko’rayotganingni aytib ber”):
a) 20 so’zdan ortiq bog’lanishli hikoya, bir necha gap;
b) 10 tadan 20 tagacha so’z, bir necha gap;
v) 10 tagacha so’zli bog’lanishli javob;
g) 3-4 so’zli qisqa javob.
Shuningdek, bola nutqining sintaktik qurilishi ham foydalanadigan so’zlar doirasi ham o’rganiladi, to’plangan materiallar 2 variantda yoziladi.
a) har bir o’quvchi haqida alohida ma’lumot, bu bolaga yakka yoki differensial yondashish uchun kerak bo’ladi;
b) sinf o’quvchilari uchun umumiy ma’lumot, bu ma’lumotdan darsda sinf o’quvchilari uchun umumiy ishlar metodikasini tanlashda foydalaniladi.
v) ma’lumotning bittasi maktab ma’lumotida, ikkinchi nushasi sinf o’qituvchisida qoladi.
1-bosqichning asosiy vazifasi o’quvchilarni maktab, sinf bilan tartib-intizom qoidalari bilan tanishtirish. Ularga nutq, og’zaki va yozma nutq haqida gap, nutqning gaplardan tuzilishi, so’z, gaplarning so’zlardan tuzilishi; bo’g’in, so’zlarning bo’g’inlardan tuzilishi, so’zlarning bo’g’inlarga bo’linishi; tovush, bo’g’inlarning tovushlardan tuzilishini; tovushlarning unli tovush va undosh tovushlarga ajratilishini o’rgatish, ulardan amaliy foydalana bilish ko’nikmalari hosil qilishdan iborat. Bu davrda maxsus nusxalar asosida o’quvchilarning bog’lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga “Alifbe”da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o’zlari bilan she’r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo’shiqlar, latifalardan ayttirish lozim.
Tayanch so’zlar asosida gap tuzdirish, “Alifbe” sahifalaridagi so’zlar, ularning ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi. (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bog’liq ravishda izchil davom ettirib boriladi)
Bu bosqichdagi yozuv darslarida o’quvchilarga daftar bilan, yozuv chiziqlari bilan tanishtirish, harf elementlarini yozishga o’rgatish, namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash – o’z-o’zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish kabi ko’nikmalar hosil qilinadi.
2-bosqichda harf elementlarini yozishga o’rgatiladi.
Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o’rgatish ko’zda tutiladi. Bu bosqichdayoq tovush va harf o’rtasidagi chegaraga qat’iy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqida ma’lumot kitob ochirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi harf ko’rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz, harflarni yozamiz, ko’ramiz, o’qiymiz) ham izchil ravishda o’quvchilarni o’zlashtirishlarini hisobga olgan holda ochila boriladi.



Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish