Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagogining guruh jamoasini tashkil etishi va tarbiyalashga qo‘yilgan talablar.
Jamoa nazariyasi koidalariga muvofik, uni yaratish metodikasi ishlab chikilgan. Uning umumiy asoslari kuyidagilardan iborat: talablar kuyish, faollarni tarbiyalash, ukuv, mexnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi istikbollarni tashkil etish, soglom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarni yaratish va kupaytirish.
Ta’riflangan bu koidalar har kanday jamoa (ta’lim muassasasi, guruh jamoasi, ta’lim muassasasidan tashkari talabalar birlashmasi va xokazolar)ni shakllantirish va rivojlantarish uchun kullanma xisoblanadi. Mazkur bobda gap guruh jamoasini barpo etish va rivojlantirish, guruh rahbarining shu yunalishdagi ishi xakida boradi.
Tarbiya metodlarini tanlashda ularning jamoaning rivojlanish darajasiga mosligi muvaffakiyatning muhim sharti xisoblanadi. SHuning uchun har bir pedagog tarbiyaviy ishni guruhdagi jamoa munosabatlarining rivojlanishi darajasi (boskichi, davri)ni aniklashdan boshlaydi. Pedagogning esa yangi guruh bilan kup marta ish boshlashiga tug‘ri keladi: o‘z mexnat faoliyatining dastlabki yilida, guruhni navbatdagi bitirib chikish mavsumidan keyin, ba’zan esa ta’lim muassasasida vujudga kelgan vaziyat taqozosi bilan. Guruh rahbari uzining metodlari jamoaning rivojlanishiga tuskinlik kilmasligi uchun shunday keyingi ishlari davomida vakti vakti bilan jamoaning rivojlanish darajasini anglab turadi.
Nazariyada jamoa rivojlanishining uch yoki turtta darajasi ajratib kursatiladi («Pedagogika» darsligining tegishli bobiga karang). Boshlangich daraja pedagogning kuch-gayrati natijasida guruhda o‘rnatilgan muayyan darajadagi tartib, intizom bilan, tarbiyalanuvchilarning uncha katta bo‘lmagan qismi guruh rahbarining harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi bilan izoxlanadi. Tarbiya jarayoni o‘z – o‘zini tarbiyalash jarayoniga o‘tganda yuksak darajaga erishiladi. Ayrim talabalar va umuman jamoa uz faoliyatini mustakil rejalashtiradi va tashkil etadi, o‘ziga va bir-biriga talablar kuyadi va o‘z-o‘zini nazorat kiladi. Guruh rahbari va talabalar jamoasi o‘y-niyatlari va ishlarida birgadirlar.
Past darajadan yuqori darajagacha boradigan yul uzoq bo‘lib, muayyan qiyiichiliklarni bartaraf etish bilan kechadi. Ayni paytda jamoani shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishlar juda qiziqarlidir. Bu guruh rahbarining asosiy ishidir. Umuman ta’lim muassasasi tarbiyachisining asosiy natijalari bu ish qanchalik muvaffaqiyatli o‘tishiga borlik bo‘ladi. Agar talabalar jamoasi barpo etilmagan bo‘lsa, talaba ta’lim muassasasini hech afsuslanmay tark etadi, hatto keyinchalik o‘qigan yillarini eslamaydi xam. Talabalar jamoasini inoq jamoaga birlashtnrgan moxir guruh rahbari qo‘lida tarbiyalangan odam baxtlidir. Ulg‘ayayotgan kishi, fukaroning xayotdagi mavqeini shakllantirishda, uning xayot yulini belgilashda o‘z vazifasini anglash guruh rahbarining tarbiyalanuvchilar jamoasini barpo etish yuzasidan olib boradigan faol va qat’iy faoliyatining zarur sharti xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |