Tadqiqotning amaliy ahamiyati:
O’rganilgan adabiyotlar va o’tkazilgan tadqiqot natijalari asosida to’plangan ma`lumotlar tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda guruh rahbarining o‘quvchilar bilan olib boradigan ish shakllari va uning faoliyati mazmunini o’rganishi va tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish usullarining ahamiyatini o`rganishda yordam beradi.
- guruh rahbarining o‘quvchilar bilan olib boradigan ish shakllari va uning faoliyati mazmunining ahamiyati o`rganildi hamda uni amalga oshirish vositalari belgilandi;
- guruh rahbarining o‘quvchilar bilan olib boradigan ish shakllari va uning faoliyati mazmunining ahamiyatini aniqlash uchun muassasa, pedagog-o`qituvchilar faoliyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlash imkonini beradi;
Shu bilan birga tadqiqot natijalaridan olingan ma`lumotlarni ta`lim muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish guruh rahbarining o‘quvchilar bilan olib boradigan ish shakllari va uning faoliyati mazmunini rivojlantirish mexanizmlaridan samarali foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, to’plangan ma`lumotlardan pedagog-o`qituvchilar, guruh rahbarlari va ota-onalar faoliyatlarida keng doirada qo’llash imkoniyatini beradi.
I-bob. Bolalar muassasasida ijtimoiy pedagogning o`quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish usullarining muammo sifatida o’rganilishi
Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagogining o`quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etish faoliyati mazmuni;
Ta`lim muassasasida guruh rahbari nihoyatda ma’suliyatli va murakkab vazifani bajaradi. U guruhdagi tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, talabalarning murabbiysi, guruhni tashkil etadi hamda kamolot tashkilotchilari, o‘qituvchilar, oila, keng jamoatchilik ahli bilan birga ish olib boradi.
So‘nggi yillarda guruh rahbarining faoliyati turli shakl va metodlar bilan boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‘tkazishda o‘quv yurti jamoat tashkilotlarining roli tobora oshirildi. Ideologik muassasalar sifatida o‘quv yurti oldida muhim tarbiyaviy vazifalar qo‘yilgan, bu esa ayni vaqtda har bir guruh rahbarining asosiy vazifalari hisoblanadi, shunday qilib, alohida guruh birlashib o‘quv yurtini tashkil etadilar. Alohida guruh jamoalari qo‘lga kiritgan ta’lim va tarbiya borasidagi muvaffaqiyatlar butun o‘quv yurti jamoasining muvaffaqiyatini minlaydi. SHu nuqtai nazardan guruh rahbarining ma’suliyati jamiyat oldida rahbarlik ma’suliyatidan kam emas. SHunnig uchun o‘quv yurti direktorlari guruh rahbari vazifasiga tajribali, tashkilotchi, mehnatsevar, mahoratli, yosh avlodni sevadigan o‘qituvchilarni tayinlab, ular bilan muntazam ish olib boradilar.
Guruh rahbarining muhim vazifalaridan biri – bu talabaning o‘qishga bo‘lgan havasi, e’tiqodi va bilim, qobiliyatini rivojlantirish, kab-hunarga bo‘lgan layoqatini, yosh va ruhiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o‘quvchining bo‘lg‘usi hayoti rejalarini amalga oshirish, talabalarning salomatligini muhofaza qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning guruh jamoasi orasida obro‘sini ko‘tarish, z vaqtida ularga tegishli yordam ko‘rsatish guruh rahbarining bevosita asosiy vazifasidir.
Guruh jamoasini tashkil etish va tarbiyalash jarayonida guruh rahbarining tashkilotchilik funksiyasi juda katta ahamiyatga egadir. “Tashkilotchilik” tushunchasining o‘zi keng ma’noga ega. Maxsus bir maqsadni ko‘zlab u yoki bu ishni, tadbiriy choralarni tashkil etish guruh rahbaridan katta malaka va maxsus mahoratni talab qiladi. Tashkilotchilik funksiyasi bir nechta elementlarga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |