29-Mavzu:Kiyim tikishda uchraydigan nuqsonlar va ularni bartaraf etish yo’llari.
Reja:
Kiyim tikishda uchraydigan nuqsonlar.
Kiyim tikishda uchraydigan nuqsonlarni yo'qotish yo'llari.
Tayanch iboralar: manjetli, manjetsiz, bukish haqqi, chok haqqi.
Ort bo'lakning yeng o'mizi gavdaga yopishmay, qochib turadigan bo'lsa(77-1 rasm), , konstruksiyada gavdaning quyidagi xususiyatlari hisobga olinmagan:
a) kuraklarning turtib chiqishi: b) yelka pastligi. Bu kamchilikni yo'qotish uchun: b) vitochka kengligini ko'paytirish yoki yeng o'mizidagi gazlamada moslash qo'yimidan foydalanib, ort bo'lak yelka qirqimi qo'shimcha solqi qilib tikiladi; b) ort bo'lak yelka qirqimi uchidagi ortiqcha gazlamani qo'shib tikib, yoqa o'mizi tomonda yo'q qilib yuboriladi. Zarur bo'lsa, yeng o'mizi chuqurroq o'yiladi.
Old bo'lakning yeng o'mizi gavdaga yopishmay, qochib turadigan bo'lsa(77- b rasm): ,ko'krak vitochkaning kengiligi yetarli emas; b) old bo'lak yeng o'mizining uchi ko'tarilib ketgan. Bu kamchilikni yo'qotish uchun, a) moslash qo'yimidan foydalanib, ko'krak vitochkasining eni kengaytiriladi; b) yeng o'mizining balandligi old bo'lak yeng o'mizi uchidagi ortiqcha gazlamani chokka kiritib, kamaytiriladi.
Yelka chokidan ort bo'lak yoqa o'mizi tomon yo'nalgan xaltimlar bo'lsa, (77- d rasm) ort bo'lak yoqa o'mizi torroq bo'ladi. Bu kamchilikni yo'qotish uchun, ort bo'lak yelka qirqimini old bo'lakka nisbatan ort bo'lak o'rtasiga tomon suriladi, yoqa o'mizi bo'ylab ortiqcha gazlama qirqib tashlanadi; yeng o'mizidagi moslash qo'yimini chiqarib tashlash kerak bo'ladi.
Old bo'lakda yelka chokining va yoqa o'mizining uchidan boshlangan qiya xaltimlari bo'lsa (77- e rasm):, yoqa o'mizining kengligi bo'yin aylanasiga mos emas; b) yoqaning tik yoqa qirqimi bo'ylab uzunligi kamroq; d) yoqa o'mizining uchi pasaygan. Bu kamchiliklarni yo'qotish uchun: a) yoqa o'mizi kengaytiriladi; b) yoqa kattalashtiriladi; d) yoqa o'mizi uchidagi moslash qo'yimi chiqarib yuboriladi va yoqa o'mizi balandligi uzaytiriladi; e) old bo'lak yeng o'mizi ichiga, ort bo'lakni esa yoqa o'mizi ichiga o'tkazib, old bo'lak yelka qirqimlari ort bo'lakka nisbatan suriladi.
Oldingi vitochkadan yuqoriga tomon qiya xaltimlar bo'lsa vitochka kengayib ketgan bo'ladi. Buni yo'qotish uchun, ortiqcha gazlamani yon chokka qo'shib yuborib, vitochkaning kengligi toraytiriladi yoki qo'shimcha vitochka qilinadi.
Bel atrofida yon chokdan yuqoriga tomon qiya xaltimlari bo'lsa (77- g rasm) yon chokdagi vitochkalar kengayib ketgan. Buni yo'qotish uchun, bel atrofidagi yon chokning moslash qo'yimini chiqarib yuborib, zarur bo'lsa, old bo'lak vitochkasining kengligi xuddi shuncha ko'paytiriladi yoki qo'shimcha vitochka qilinadi.
Ko'ylakning ko'krak qismida osilib qolgan gorizontal xaltimlar bo'lsa , ko'krak qismining oldi uzun -yoqa o'mizining va yeng o'mizining balandligi ortiqcha. Buni yo'qotish uchun, yelka qirqimining butun uzunligi bo'ylab ortiqcha gazlamani chokka qo'shib yuborib, ko'krak qismi oldi tomoni qisqartiriladi. Ayni paytda yeng o'mizi chuqurlashtirila zarur bo'lsa, ko'krak vitochkasining kengligi kamaytirilib, old tomon chizig'i bo'ylab qirqiladi.
Yelka choklari old bo'lak tomonga surilib, ort bo'lak yuqoriga ko'tarilgan bo'lsa , bunda old bo'lak yoqa o'mizining uchi pastga » ketgan, yeng o'mizining uchi pastga tushib ketgan va yeng o'mizining balandligi kam bo'lib qolgan. Buni yo'qotish uchun, butun yelka qirqimi va butun yoqa o'miz bo'ylab moslash qo'yimi chiqarib yuboriladi. Agar bu chok haqi kamlik qilsa, unda old bo'lakka nisbatan suriladi; old bo'lak yuqori ko'tariladi, yeng o'mizi xuddi shuncha chuqurlashtiriladi va old bo'lak uzaytiriladi.
Gavdaga yopishib turadigan kiyimlarda vitochkalardan va yon choklaridan boshlanadigan xaltimlar bo'lib, ort bo'lak belga yopishib turmaydi
Bunda bel chizig'i yuqori ko'tarilib ketgan. Bunday kamchilikni yo'qotish uchun, yangi bel chizig'i bo'ylab vitochkalar va yon qirqimlari gavdaga moslab, boshqatdan bo'rlab chiqiladi; kiyim etagi uzaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |