1-rasm. Shim pochasi qirqimini maxsus lеnta yoki tasma qo`yib tikish
un gazlamadan manjetsiz shim tikiladigan bo’lsa shimning o’ngiga gir aylantirib tasma bostirib tikiladi, - tasmaning burtma ziyi pochaning bukish chizig’idan yuqoriroq chiqib turishi kerak. (bukish haqqi ichkariga bukilganidan keyin tasma pocha ziyidan sal chiqib turadigan bo’ladi).
Bunda baxyaqator tasmaning bo’rtma ziyidan 0,1-0,3 sm masofada yuritiladi. Tasma uchlari bir-birining ustiga 1 sm chiqarilib, to’g’ri to’rt burchak shaklida bostirib tikiladi. Shim tez titiladigan gazlamadan tikilsa, pochasining qirqimi oldin yo’rmab olinadi yoki maxsus lenta yohud tasma qo’yib tikiladi, 1-rasm.
Bu lenta yoki tasma universal mashinada 0,6-0,7 sm bilan bostirib tikiladi. Lenta yoki tasmaning pocha qirqimiga ulanmagan ziyi pochaga yashirin baxyali maxsus mashinada tikib qo’yiladi.
Ip gazlamadan tikilgan shimlarning pochasiga tasma qo’yilmaydi, balki uni universal mashinada bukib tikiladi. Shim yarim qaytarilgan manjetli bo’lsa, (2-rasm, a) uning o’ngiga pochasiga qirqimidan 0,2 sm chiqarib tasma qo’yiladi va shim pochasi qirqiladi, 0,5-0,7 masofada baxyaqator yuritib tikiladi. Shim pochasi teskarisi tomonga belgi chiziq bo’ylab bukiladi va yashirin baxyali maxsus mashinada tasma ziyidan 0,1-0,2 sm masofa baxyaqator yuritib tikiladi. Manjet tasmaning burtma ziyi bir tekis kant shaklida chiqib turadigan qilib shim o’ngiga qaytariladi va maxsus mashinada ko’klanadi.
2-rasm. Manjetli shim pochasini tikish.
Shim to’la qaytarilgan manjetli bo’lsa (2-rasm b), tasma qo’sh ignali mashinada bostirib tikilishi tavsiya etiladi. Bunda shim pochasi belgi chiziq bo’ylab bukiladi. Pocha qirqimi ustiga undan 0,2 sm chiqarib tasma qo’yib tikiladi. Qo’sh ignali mashina bo’lmasa, tasmani universal mashinada pocha qirqimidan 0,7-0,8 sm masofada ulab olinadi.
Keyin tasmaning ikkinchi cheti bostirib tikiladi. Manjetli shimni o’ngi tomoniga qaytarib, maxsus moslamada dazmollanadi.
Manjetning yon va odim choklari ustiga to’g’ri kelgan joylari manjet bilan shim pochasini qarama-qarshi tomonga qaytarib, maxsus mashinada shu choklarga puxtalab tikib qo’yilishi ham mumkin. Manjet maxsus moslamada tekislanadi va pressda dazmollanadi.
To’la qaytarilgan manjetli shim ip gazlamadan tikiladigan bo’lsa uning pochasi teskarisi tomonga belgi chiziq bo’ylab bukiladi, qirqimidan 1 sm masofada ichkari tomonga yana bukiladi va keyingi bukilgan ziyidan 0,1 sm masofada universal mashinada bostirib tikiladi. Manjet shimning o’ng tomoniga qaytarilib, uni yon va odim choklariga universal mashinada ikkita qayta baxyaqator yuritib puxtalab qo’yiladi.
Shimni uzil kesil pardozlash
Shimni uzil-kesil pardozlash belbog’ yo’rmashdan boshlanadi. Bunda ipak bilan yo’rmab, izma uchun maxsus mashinada puxtalanadi. Keyin ip uchlari, talonlar olib tashlanadi, shim ishlab chiqarish gordidan va bo’r izlaridan tozalanadi. Bu operatsiyalar oldin teskari tomondan keyin esa o’ngi tomondan bajariladi.
Uzil-kesil namlab – isitib ishlov berish press yoki dazmolda shimning yuqori qismidan, uni o’ngini yuqoriga qaratib qo’yib boshlanadi. namlangan dazmol mato bilan dazmolda ishlov berishda cho’ntaklarning belbog’ chizig’ini, taqilmalarni va h.k. ni to’g’rilab turib bajariladi. Keyin shimning pastki qismi, uni stol ustiga qo’yib va tizza darajasidan boshlab pochagacha yon va odim choklarini to’g’ri keltirib dazmollanadi. Bukilgan joylarning odim choklari tomonidan har qaysi bo’lakda alohida, yon choklar tomondan esa ikkala bo’lak birga bukib dazmollanadi va bug’lanadi. Presslarda dazmollash ishlari bajarilayotganda shim pochasini va bukilgan joylarini universal yassi yostiqlarda dazmollanadi. Namlab isitib ishlov berilgandan keyin shim 30-40 daqiqa davomida osilgan holatda quritiladi. Qadaladigan tugmalarni izmalari o’rniga moslab, bezak tugmalarni esa modelga binoan chatiladi.
NII berish
T ikuvchilik buyumlarigp namlab-isitib ishlov berish (NIIBB) – bo’lak yoki buyumni maxsus jihozlar yordamida namlik, issiqlik va bosim bilan maxsus ishlash tushiniladi. Kiykishda namlab-isitib ishlash jami ishning taxminan 15-20% ni tashkil qiladi.
1-rasm. Shimga umumiy NII berish
NIIBB kiyimlarni ishlash jarayonida (tikish jarayonida) va tayyor buyumni pardozlashda (uzil-kesil) bajarilishi mumkin.
Buyumlarning sifati va tashqi ko’rinishini ko’p jihatdan tikish jarayonidagi hamda uzil-kesil pardozlashdagi NIIB ga bog’liqdir. NIIB dan asosiy maqsad – buyum bo’laklariga hajmiy-fazoviy shakl berish va har xil choklarni ishlash, uzil-kesil pardozlash, bo’laklarni yelim bilan biriktirishdan iborat.
NIIB jarayonida gazlamaga namlik, issiqlik va bosim bilan ta’sir qilinadi. NIIB jarayoni uch bosqichdan iborat:
tolalarni namlik va issiqlik bilan yumshatish;
bosim bilan ma’lum bir shakl berish;
issiqlik va bosim yordamida namlikni ketkazish va shaklni mustahkamlash.
NIIB jarayonlari dazmollash, presslash va bug’lash jarayonlariga bo’linadi. Gazlama iplarining urilish zichligiga qarab NIIB jarayoni ularga har xil ta’sir qiladi.
NIIB da qo’llaniladigan jihoz, elektr bug’ va bug’ bilan qizdirilishi mumkin. Gazlama va materiallarni NIIB rejimlari qo’llaniladigan jihozlarga bog’liqdir.
Lavsanli gazlamalar uchun dazmollanadigan sirtni qizdirish harorati gazlamalarning termofikasatsiyasining hisobiga olib berilgan. Agar dazmol mato ishlatiladigan bo’lsa dazmollanadigan sirtni qizdirish temperaturasi 5-10 S oshirilishi mumkin. Dazmollash operatsiyalarida 2,4-6 kg massali dazmollash ishlatiladi.
Kiyim tikishdagi asosiy namlab-isitib ishlov berish jihozlari va moslamalariga dazmol, dazmollash stoli, presslar, havo bug’ manikenlari, dazmollar va har xil qoliplar kiradi.
NIIB da foydalaniladigan dazmollash stollari, presslar, dazmollar va boshqa jihozlar elektr-bug’, bug’ bilan qizdirilishi mumkin. NIIB uchun maxsus jihozlangan stoldan foydalaniladi.
Ishlanayotgan buyumlarni osib qo’yish uchun dazmollash stoli yonida kronshteynlar ham bo’lishi mumkin.
Dazmollar tayyorlash jarayonida ham, uzil-kesil pardoz berish jarayonida ham buyumni namlab-isitib ishlash uchun qo’llaniladi.
Bug’ havo manikeni kiyimlarni uzil-kesil namlab-isitib ishlov berish uchun mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |