Nazorat uchun savollar.
1.Yoqa o’miziga mag’iz qo’yib tikishda mag’iz qanday chok bilan tikiladi 2.Nima uchun yoqa o’mizidan ko’klangan iplari so’kib tashlanadi?
3.Ag’darma chok necha sm kenglikda asosiy detalga bostirib tikiladi?
12-Mavzu: Bolalar kiyimida tavsiya qilinadigan yeng turlari.
Reja:
Bolalar kiyimlarining yenglari.
Bolalar kiyimida tavsiya qilinadigan yeng turlari.
Yenglar tuzilishi.
Tayanch iboralar:
o'tqazma, reglan, kiyim old va ort bo'laklari, aralash bichilgan. chuqur o'yflgan, kvadrat.
Bolalar kiyimlarining yenglari o'tqazma, reglan, kiyim old va ort bo'laklari bilan yaxlit bichilgan yoki aralash bichilgan bo'lishi mumkin (59- a, b, v rasmlar)
Yenglar tuzilishi jihatidan bir chokli yoki ikki chokli, to'g'ri, uch tomoniga kengaygan yoki toraygan, yuqori qismida yoki uchida burma hosil qilingan, turli vitochkali, taxlamali, kesimli bo'lishi mumkin.
O'tqazma yengli kiyimlarning yeng o'mizi past tushgan, chuqur o'yilgan, kvadrat va hokazo bo'lishi mumkin.
Reglan bichimli yenglar ikki bo'lakli yoki yelkadan yengga o'tadigan joyi bir tekis bo'lishi uchun yuqori qismida vitochka bo'lib yaxlit bichiladi.
Old va ort bo'lak bilan yaxlit bichilgan yenglarning old qismi kiyimni old bo'lagi bilan, tirsak qismi ort bo'lak bilan yaxlit bichiladi. Old va ort bo'laklar bilan yaxlit bichilgan yenglar xishtakli bo'lishi ham mumkin.
Manjetsiz yenglarning uchini tikish (60- a, b, d, e, f, g, h, rasmlar).
Bunday yenglar bukma chok bilan tikiladi. Agar oddiy universal mashina ishlatiladigan bo'lsa, yengni bukish haqi belgilab olinadi. Bunda yeng qiya tomonidan 1-1,5 sm chok haqi qoldirilib, yeng uzunligi o'lchab qo'yiladi va shu belgi bo'ylab bukish chizig'i bo'rlanadi. Shu belgi chiziq bo'ylab yeng yopiq qirqimli qilib bukib tikiladi (60- a rasm).
Bukma chokni maxsus yashirin bahyali mashinada yopiq qirqimli qilib, buklab tikish ham mumkin (60- b rasm).
Yeng uchiga rezinka qo'yiladigan bo'lsa, belgi-chiziq bo'ylab yengni bukib, (yopiq qirqimli) orasiga rezinka qo'yib, universal mashinada bukib tikiladi. Baxyaqator bukilgan ziydan 0,1-0,2 sm oraliqda yuritiladi (60- d rasm).
Yeng uchida keng burma hosil qilib tikishda, belgilangan joyga qo'sh ignali mashinada, maxsus buklagich yordamida mag'izni buklab, asosiy detal bilan mag'iz orasiga rezinka qo'yib, bir yo'la ikkita baxyaqator yuritib, mag'iz yengga bostirib tikiladi (60- e rasm). Ikki qavat mag'iz qo'yib, universal mashinada tikiladigan bo'lsa (60- f rasm) mag'izning o'ngini tashqariga qaratib, ikki buklab dazmollanadi. Keyin ochiq qirqimini yengning teskarisiga 0,5-0,7 sm oraliqda ulab olinadi. Mag'izni qaytarib, orasiga rezinka qo'yib bukilgan ziydan 0,1-0,2 sm oraliqda yenga bostirib tikiladi.
Yeng uchiga bezak mag'iz qo'yib tikishda yeng uzunligi belgilanadi va qo'sh ignali maxsus mashinada buklagichlar yordamida bostirib tikiladi. Bunda yeng qirqimi yengning o'ngi tomoniga bukiladi, mag'iz qirqimi ikkinchi buklagich yordamida ikkala qirqimi bir vaqtda teskari tomonga bukiladi, yuqori ziydan 0,1 sm oraliqda, pastki ziydan 0,2 sm oraliqda bostirib tikiladi (60- g rasm).
Bukish haqi qoldirmay bichilgan yenglarni tikishda (60- h rasm) yengning o'ng tomoniga mag'iz o'ngini qaratib qo'yib, mag'iz tomonidan ag'darma chok yuritiladi. Chok kengligi 0,5-0,7 sm. chok haqini mag'iz tomoni qaratib, mag'iz o'ngi tomonidan ziyidan 0,2 sm oraliqda chok haqi mag'izga bostirib tikiladi. Yeng detalidan 0,1-0,2 sm kenglikda kant hosil qilib, yeng uchi bukib ko'klanadi. Mag'izning yuqori qirqimini bukib, maxsus yashirin bahyali mashinada tikib qo'yiladigan yoki qo'lda yashirin qaviq bilan har 3-4 sm oraliqda 5-6 qaviq tushirib, puxtalab quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |