4-5 yoshida uzun so‗zlardan iborat bo‗lgan so‗zlarni va she‘rlarni aytadi,
so‗zlashdagi oxirgi rivojlanish fazasini o‗tish ro‗y beradi. Bog‗cha yoshida bola
ruhan rivojlanadi. O‗ziga xos harakterga ega bo‗la boshlaydi. Bola boshqa bolalar
bilan muloqatga qiziqadi, ko‗pchilik bo‗lib o‗ynaydi.
7-8 yoshda bolani ruxiy yana ham o‗sadi, o‗ziga xos harakteri oxirigacha
takomillashadi.
Tekshirish natijalarini shartsiz reflekslarni bor-yo‗kligi, paydo bo‗lish yoki
so‗nish vaqti, simmetrikligi, chaqirilish kuchini bolaning yoshiga mosligiga qarab
baholanadi. Bu muvofiqlikni bo‗lmasligi patologik holat hisoblanadi. Bemorni
birinchi ko‗rishdayoq kuzatilgan ayrim belgilar bolada o‗tkazilgan yoki
kechayotgan asab kasalligi mavjudligidan dalolat berishi mumkin. Chunonchi,
bosh
suyagining
gidrotsefaliya
oqibatida
odatdagidan
katta
bo‗lishi
(makrotsefaliya) yoki tug‗ma kichik bo‗lishi (mikrotsefaliya) kuzatiladi. Daun
kasalligiga boshni kichik, keng, ensa qismini yassiligi, ko‗z yorig‗i tor, pastki va
ichki tomonga qiyshayganligi, burun oldin i bosiq, burunni kaliin ammo keng,
og‗zini ochiq, tilni katta o‗yiqchalar bilan qoplanganligi, oyoq-qo‗lni kalta bo‗lishi
xosdir. Yuz nervining falajida yuz muskullarining bir tomonga qiyshayib tortilgan
bo‗lishi kasallikni darhol aniqlash imqonini beradi.Sog‗lom chaqaloq bolani ko‗rib
tekshirish ko‗pincha unda his- tuyg‗usi qiykiriqni bo‗lishi bilan davom etishi
mumkin. Odatda bunday qiyqiriq ko‗pincha och qolishlik yoki tagi xo‗l bo‗lishi va
boshqalar sababchi qitiqlanishlar natijasida paydo bo‗lib, ular bartaraf etguncha
davom etadi va keyin o‗z-o‗zidan to‗xtaydi. Bemor bolada qattiq, kuchlik, zarbalik
«miyaga oich chinqiriqni paydo bo‗lishi subaraxnoidal qon qo‗shilishi va bosh
81
miya bosimini ko‗tarilganida kuzatiladi.
Chaqaloq bolada yoki tug‗ilishning birinchi oylarida kuzatilgan markaziy
asab sistemasining patologik holati ensefalopatiya deyilib, bu tug‗ilgan bola bosh
miyasini ona qornida yoki tug‗ilish davrida jarohatlanishidan paydo bo‗ladi.
Nevrologik kasalliklar harakat faolligini o‗zgarishi bilan kechishi mumkin. Buni
aniqlash uchun bemorda mushak tonusi va kuchini, faol va passiv harakatlar
holatini tekshirish lozim (mushak sistemasiga qarang). Yangi tug‗ilgan bolada 1-2-
3- kunlari qiyqirganda, bezovtalikda qo‗li va pastki jag‗ni titrashi, markaziy asab
sistemasini jarohatlanish belgisi hisoblanmaydi. Ammo qo‗l-oyoqning doimiy yoki
uzoq vaqt titrashi patologik holat hisoblanadi. Mushak tonusini juda past yoki yo‗q
bo‗lishi xatto tug‗ilishining birinchi minutlarida bo‗lsa ham homilani asab
sistemasini jarohatlanganidan dalolat beradi. Mushak tonusini ortib ketishi
tug‗ilishda bosh miya jarohatlanishida (ko‗pincha subaraxnoidal qon quyilishda),
yiringli meningitda, giperbilirubin ensefalopatiyasida, ona qornida o‗tkazilgan
infeksion kasalliklarda markaziy asab sistemasining jarohatlanishidan paydo
bo‗lishi mumkin. Mushak tonusini o‗zgarishi, bolada tanani to‗tib turish holati va
harakatni buzilishiga olib keladi.
Bemorni ko‗zdan kechirganda ba‘zan unda tirishishlik holati kuzatiladi.
Tirishishlik sindromi markaziy asab sistemasi kasalliklarida, shuningdek har
turdagi toksikoz holatlarida, jarohatlanishda, ruxiy qattiq hayajonlanganda
kuzatilib turadi. Erta yoshlik bolalarda tirishishlik nisbatan ko‗p uchrab, bu ularda
bosh miyaning morfologik va funksional jihatdan notakomilligi sababli markaziy
asab sistemasini qo‗zg‗aluvchanlik chegarasini pastligi va tarkoq reaksiyaga
moyilligi bilan tushuntiriladi. Odatda tipik formadagi tirishishlik to‗satdan
boshlanadi. Ko‗pincha tirishishlik bemor es xushini o‗zgarishi bilan kechadi.
Ammo ba‘zi metabolik o‗zgarishlarda, jumladan spazmofiliya va gipoqalsemiyani
boshqa formalarida tirishishlik bemor es xushini o‗zgarmagan holida ham kechishi
mumkin.Tirishishlik harakteriga ko‗ra klonik, tonik va kloniko-tonik ko‗rinishida
kechadi. Tonik tirishishlik ko‗z olmasini intensiv harakati bilan boshlanib, keyin
bu harakat to‗xtaydi va so‗ngra ko‗zi botib kirtayib qoladi. Boshi orqaga keskin
tashlangan bo‗lib, qo‗llari tirsak va bilak bo‗g‗imlarida egilib, mahkam o‗rnashgan
oyoqlari esa zo‗rayib to‗g‗rilab tortilgan holda bo‗ladi. Jag‗lari bir-biriga qattiq
jipslashgan - bo‗lib, ba‘zan bemor tilini tishlab olgan bo‗lishi mumkin. Ba‘zan
nafas olishni to‗xtashi mumkin. Tirishishlik xurujini tonik fazasi bir necha
soniyadan bir daqiqagacha davom etadi. Tonik tirishishlikni kuzatilishi bosh miya
qobig‗ osti tuzilmalar qo‗zg‗aluvchanligini oshganidan darak beradi.
Shundan so‗ng bemor sershovqin nafas oladi va tirishishlikning klonik
fazasi boshlanadi. Bu yuz muskullarining juda tez-tez, juda qisqa, ammo bir
biridan bir xil oraliqda bo‗lmagan oraliqda qisqarishidan, boshqacha qilib aytganda
yuz muskullarining uchib turishidan boshlanib, tezda bu oyoq-qo‗llariga va tanaga
tarqaladi. Bola terisi oqargan, baland tovushli, xurrak otganga o‗xshab nafas oladi,
lablarida ko‗pik paydo bo‗ladi. Tirishishlikning davomiyligi har xil bo‗lishi
mumkin. Tirishishlik to‗xtagach, bola ko‗pincha gangigan holatda bo‗lib, keyin
uxlab qoladi. Agarda bemor tirishishlik xurujidan keyin birdan, tetiklik holatda
bo‗lsa, epilepsiya xuruji to‗g‗risida o‗ylash mumkin.
82
Kloniko-tonik tirishishlikda har ikkala klonik va tonik tirishishlik belgilari
kuzatiladi. Bunday tirishilik chaqaloqlar asfiksiyasi yoki MNS jarohatlanishida,
meningit - meningoensefalitda, og‗ir toksikoz holatlarida, spazmofiliyada
kuzatiladi.Odatda spazmofiliya tonik tirishishlikdan boshlanib, keyin klonik
holatiga o‗tadi. Spazmofiliyada kalsiy-fosfor modda almashinuvining
buzilishidan, asab sistemasi ko‗zg‗aluvchanligi ortgan bo‗ladi. Ba‘zan
bemorda qo‗l va oyoq kafti muskullarining tonik tirishishidan, qo‗l panjasi
«akusher qo‗li» ga o‗xshash holatga kelib, oyoq kafti to‗piqdan buqilgan
holatga kelib qolishi kuzatiladi. Ba‘zan kasallikda bemorda laringospazm
kuzatilib, bunda tovush chiqarish teshigi muskullari spazm holatida bo‗lib,
kasallik
nafas
olishning
qiyinlashishidan
toqi
badanda
intensiv
ko‗karishlik, sovuk ter paydo bo‗lib, nafas to‗xtaguncha bo‗lgan og‗irlikda
kechishi mumkin.Bemorni ko‗zdan kechirganda ba‘zan unda falajlik, ya‘ni
ihtiyoriy harakat faoliyatini yo‗qolishi holati kuzatiladi. Agarda bu holat
markaziy harakatlantiruvchi neyronning jarohatlanishi natijasida paydo bo‗lgan
bo‗lsa, b o‗nga markaziy falajlik deyilib, bunda pay reflekslarini ortgan,
muskullar tonusi oshgan (spastik falajlik) bo‗ladi. Agarda falajlik
periferik neyronning jarohatlanish natijasida paydo bo‗lgan bo‗lsa, b o‗nga
periferik falajlik deyilib, bunda muskul tonuslari pasaygan, pay reflekslari
susaygan yoki yo‗qolgan bo‗ladi. Agarda bemorni har ikki qo‗l va oyoqlarida
spastik falajlik kuzatilsa, b o‗nga spastik tetraplegiya deyiladi. Bunda
bemorni qo‗li tirsak va bilak bo‗g‗imlarida bukilgan bo‗lib, tanaga qisilgan
oyoqlari cho‗zilib tortilgan. oyoq kaftlari bukilgan holda bo‗ladi.Falajliklar
ayrim holatlarda oyoq, ko‗l, yuz muskullarini qisqarishi, epilepsiya xurujiga
o‗xshash harakatlar, bemor xushini yo‗qotishi holatlari bilan kechishi
mumkin. Miyacha ataksiyasida bemorda turish va yurishda ishonchsizlik
paydo bo‗lib, harakati mast odam harakatiga o‗xshab tana miyachani
jarohatlangan tomonga og‗adi. Vestibulyar analizatorni jarohatlanishida tana
muvozanati tik tutgan holati buzilib, bemorda omonat qadam tashlash,
bosh aylanish, qusish holatlari kuzatiladi.Ekstrapiramida sistemasini
jarohatlanishida majburiy avtomatik harakatlar (giperkinezlar) paydo
bo‗lib, bu xayajonlanishda kuchayib, uxlaganda yo‗qoladi. Xoreya kasalligi
giperkinezida tartibsiz, ixtiyorsiz majburiy harakat tanani har xil
qismlarida paydo bo‗ladi. Bemor gohida ko‗zlarini qisadi, gox yuzlarini
burishtirib, tilini chiqaradi, gox ko‗llarini yuqoriga irg‗itib, beo‗xshov qadam
tashlab yura boshlaydi. Xoreya giperkinezida mushak tonusi pasaygan
bo‗ladi.
Markaziy asab sistemasi kasalliklarida, har xil turdagi neyrotoksikoz
holatlarida bemor axvoli ba‘zan og‗irlashib, uning esa xushi har xil darajada
o‗zgargan bo‗lishi mumkin. Normada bolaning esa xushi, axloqi, atrofdagilar
bilan munosabati, faolligi, ishtaxasi, uyqusi o‗zgarmagan bo‗ladi. Ba‘zan
bemorda qo‗zg‗aluvchanlik holati kuzatilib, bu harakat faolligini va o‗tishga
qiziqishlikni ortishi, kun gapirishga moyilllik, atrofdagilar bilan aloqani
yomonlashishligi (xuddi murojatni eshitmagandek) bilan kechsa, b o‗nga eyforiyalik
qo‗zg‗aluvchanlik deyiladi. Agarda bemorda qo‗zg‗aluvchanlik injiqlik,
83
yig‗lash, ovqat yemaslik, uxlamaslik, teri va pay reflekslarini ortishi bilan
kechsa, bunga negativ qo‗zg‗aluvchanlik deyiladi.Somnolent xolatida
bemorda bo‗shashishlik , uyqu bosish, sekin tovushga ingrashlik, ko‗rish
va parvarishga reaksiyasi pasayishi kuzatiladi. Bunda teri va pay reflekslari
pasaygan bo‗ladi.Stupor holatida bemorda karaxtlik kuzatilib, uni bu
holatdai qiyinchilik bilai chiqarish mumkin. Vaqti-vaqti bilan unda
qo‗zg‗aluvchanlik harakatlari paydo bo‗ladi. Teri va pay reflekslari kamaygan
bo‗lib, og‗riqli qitiqlashga reaksiya bo‗lib, qisqa vaqt davom etadi.Sopor
holatida bemor chuqur uyquda, gangigan ahvolda bo‗ladi. Teri reflekslar
yo‗qolib, pay reflekslari qiyinchilik bilan doimiy bo‗lmagan holda
chaqirish mumkin bo‗ladi. Og‗riqlik qitiqlashga javob yaqqol bo‗lmaydi.
Ko‗z muguz pardasi qorachig‗ va yutish refleklari saqlangan bo‗ladi. Bemor
xushini, atrof muhit va o‗zini idroq etish qobiliyatini yo‗qotib, og‗riqli
qitiqlashga bo‗lgan reaksiyaning yo‗qolib borishiga - koma holati deyiladi.
Bolalarda va kattalarda koma holati bosh miya qobig‗i va qobiq osti tuzilmalarining
hamda markaziy asab sistemasining pastki qismlarini kuchli tormozlanishi natijasida
rivojlanib, uning bolalarda kechishi o‗ziga xos xususiyatlariga ega bo‗ladi. Komada
klinik simptomlarni rivojlanib borish i Z darajaga bo‗linadi.Birinchi darajali komada
bemor xushsiz holatda bo‗lib, unda mustaqil harakat, pay reflekslari
yo‗qolgan bo‗ladi, suyuqlik ichirilganda tiqilib qolib yo‗taladi. Ko‗pincha
toz organlari funksiyasi buzilgan bo‗ladi, ammo ko‗z qorachig‗ining
yorug‗likka bo‗lgan reaksiyasi saqlangan bo‗ladi.Ikkinchi darajali komada
ko‗z qorachig‗i kengaygan bo‗lib, yorug‗ga bo‗lgan reaksiyasi ham
yo‗qoladi. Yutish refleksi, toz organlarining funksiyasi bo‗tunlay buzilgan
bo‗ladi. Bemorda nafas olish va yurak qon tomir sistemasi faoliyatini spontan
(o‗z-o‗zidan) buzilishi kuzatiladi.Uchinchi darajali komada nafas olishning
patologik turi (Cheyn-Stoqs, Kussmaul), qon aylanishnning og‗ir darajadagi
buzilishi, arterial gipotoniya ( qon
bosimi 60 mm. simob ustunidan past), ko‗z olmasini harakatsiz qotib
qolishi kuzatiladi. Bolani ko‗rish va u bilan suhbatlashish orqali uning
ruxiy rivojlanishi, aql idrogini yoshiga monandligi yoki bunda ozgina bo‗lsa
ham normadan chetga siljishlar mavjudligi tekshirib aniqlanadi. Bolaning aqliy
jihatdan yuksaklanishini orqada qolishi - oligofreniyada (kam aqllilik)
kuzatiladi.
84
Do'stlaringiz bilan baham: |