3 yoshidan harakatlari mazmunli, o‗yinlari qiyinlashgan va ma‘lum
maqsadga ega bo‗ladi. 20-30 sm balandlikda bog‗langan arqondan sakrab o‗tadi.
O‗zi kiyina oladi, tartibli ovqatlanadi. Kerak bo‗lsa, sochiqni ishlatadi. 4 xilli
narsalarni rangiga qarab tanlaydi va narsalarni nomini aytadi. Kani? Kaerga? Nima
uchun? dyog‗an savollarni beradi. Bir necha so‗zlardan tuzilgan gaplarni (3 ta
so‗zdan) gapiradi. Qiyin jumlalarni ishlatadi. 3 yoshining oxirida gapga ot va sifat
belgilarni qo‗shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |