Bolalar kasalliklari propedevtikasi



Download 5,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/343
Sana31.12.2021
Hajmi5,81 Mb.
#258509
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   343
Bog'liq
bolalar kasalliklari propedevtikasi 2

BRONXLAR  tug‗ilishda  yetarlicha  rivojlanmagan  bo‗ladi.  Bolalarda 
bronxlar kalta, tog‗aylari yumshoq, muskul va elastik tolalari kuchsiz rivojlangan, 
shilliq  qavati  qon-tomirlarga  boy.  O‗ng  bronx  traxeyani  davomi  bo‗lib,  kalta  va 
keng.  Chap  bronx  traxeyadan  o‗tkir  burchak  hosil  qilib  ajraladi.  Shu  sababli  yot 
jismlar  va  infeksiya  aksariyat  o‗ng  bronxga  to‗shadi  va  o‗ng  o‗pka  zotiljami 
ko‗proq  uchraydi.  Bronxlarning  ichki  devori  3  xil  (bazal,  qadaqsimon, 
kipriksimon)  xujayralardan  iborat  bo‗lib,  ko‗p  qavatli  epiteliya  bilan  qoplangan. 
Shu  epiteliya  xujayralari  ishlab  chiqargan  shilliq  quyidan  yuqoriga  tomon 


 
146 
harakatlanib,  yot  jismlar  mikroblarini  o‗rab  oladi  va  bakteriotsid  xususiyatlarga 
ega. Har qaysi bronx o‗z navbatida kichikroq bronxlarga va bronxiolalarga ajralib, 
ular  o‗pka  pufakchalari  alveolalar  bilan  tugallanadi.  O‗ng  bronx  kekirdakning 
xuddi  davomidek  hisoblanadi,  chap  bronxga  nisbatan  kalta  va  keng  bo‗ladi. 
Shuning  uchun  har  yod  jismlar  bolaning  halqumidan  o‗ng  bronxga  to‗shadi. 
Har  bir  bronx  mayda  bronxlarga,  ular  esa  juda  mayda  bronxiolalarga 
bo‗linadi,  ular  esa  alveolalar  bilan  tamom  bo‗ladi.  Bolalarda  bronxlar  kalta, 
togaylari  yumshoq,  muskul  va  elastik  tolalari  rivojlanmagan.  Mayda  bronx  va 
bronxiolalar  shilliq  qavatlari  juda  nozik,  qon  tomirlarga  boy  bo‗lib,  yupqa 
shilliq  qavat  bilan  o‗ralgan  bo‗ladi.  Erta  yoshli  bolalarda  mushak  va  elastik 
tolalar  yetarlicha  rivojlanmagan,  bronx  yo‗llari  ingichka  bo‗ladi.  Shular  sabab 
bir  yoshgacha  bo‗lgan  bolalarda  obstruksiya  sindromlari  bilan  kechuvchi 
bronxiolitlar ko‗p uchraydi. Bronxlar bir yoshgacha yaxshi o‗sib, keyin o‗sish 
surati  sekinlashib,  balog‗at  yoshida  yana  tezlashadi.  12-  13  yoshda  bosh 
bronxlar  uzunligi  ikki  barobar  oshadi,  yoshiga  kattalashgan  sari  o‗sadi  va 
bronxlarni obstruksiya sindromlari kamayadi.  
 O‘pkalar.O‗pka  yangi  tug‗ilgan  chaqaloqlarda  50-60  gr  bo‗lib,  u  tana 
massasining 1/50 qismini tashkil qiladi. O‗pkaning og‗irligi 6 oylikda 2 martaga, 1 
yoshda  3  martaga,  4-5  yoshadi  5  martaga,  12  yoshda  10  martaga,  20  yoshda  20 
martagacha  ortadi.  O‗pkaning  hajmining  ortishi  alveolalar  hajmining  ortishi  bilan 
kechadi. Chaqaloqlarda o‗pka to‗qimasi kam havoli va qon-tomirlarga boy, atsinus 
to‗siqlarda  qo‗shuvchi  to‗qimasi  nozik,  elastik  tolalari  kam  rivojlangan.  Shuning 
uchun  ham  o‗pka  xastaligida  yosh  bolalarda  tez  emfizema  rivojlanishi  shu  bilan 
tushuntiriladi. Chaqaloq o‗pkasining umumiy sigimi 65-67 ml bo‗lib, yoshi o‗tgan 
sari uning sigimi ortib boradi. Demak u o‗smirlarda 600-700 gr, 30 yoshli kishida 
esa 1600 gr bo‗ladi. O‗pkalar tinimsiz o‗sadi, ayniksa bu jarayon birinchi 3 oylikda 
va  balogat  yoshida  jadal  kechadi.  O‗pka  xajmining  ortishi  alveolalar  o‗lchamlari 
hisobiga bo‗ladi. Bola tug‗ilishi bilan o‗pkaning xususiy nafas qismi-atsinus ( qon 
bilan  gaz  almashinuvi  bo‗ladigan  qismi)  to‗liq  rivojlanmagan.  Tug‗ilgadan  so‗ng 
xayotining  4-6  haftasiga  kelib  ularning  soni  1  yoshda  ortadi  va  uning  ortishi  8 
yoshgacha  davom  etadi.  Bola  tug‗ilganda  terminal  bronxiola  diametri  0,1  mm 
bo‗lib  2  yoshda  2  martaga,  4  yoshda  3  martaga,  18  yoshda  5  martaga  ortadi. 
Bronxiolalarning  torligi  erta  yoshli  bolalarda  o‗pka  atelektazi  ko‗proq  uchrashga 
sabab bo‗ladi.  
 Bolalalarda A.I.Strukov o‗pka rivojlanishini 4 bosqichga ajratadi: 1-bosqich 
(tug‗ilgandan  to  2  yoshgacha  alveolalarni  sonini  jadal  ortishi  va  intensiv 
rivojlanishi kechadi.  
2-bosqich  (2  yoshdan  to  5  yoshgacha)  elastik  to‗qimalar,  mushaklari 
tolalarini jadal o‗sishi va limfatik to‗qimalarini qo‗shilishi intensiv rivojlanadi. Shu 
davrda  zotiljamning  ko‗p  uchrashishi  va  kasallikning  cho‗zilishi,  surunkali 
formaga aylanishi maktab oldi yoshida kuzatilishi mana shu bilan tushuntiriladi. 3-
bosqich  (5-7  yosh)  atsinus  strukturasining  rivojlanishi  yakunlanishi  kuzatilib, 
maktab  oldi  va  maktab  yoshidagi  bolalarda  zotiljamning  kechishi  yengil  kechadi. 
4-  bosqich  (7-12  yosh)  yetilgan  o‗pkada  to‗qimalar  vaznini  ortib  boradi.  o‗ng 
o‗pkada 10 ta segment bo‗lib, yuqori bo‗lakda 3 ta, o‗rta bo‗lakda 2-ta va pastki 


 
147 
bo‗lakda  5  ta  segment  joylashadi.  Chap  o‗pkada  esa  9  ta  segment  bor.  Chap  va 
o‗ng o‗pkani yuqori bo‗lagida 3 ta segment bor: yuqori cho‗qqi – 1, yuqori orqa-2, 
va  yuqori  oldingi  –3.  O‗ng  o‗pkani  o‗rta  bo‗lagi  2  ta  segmentga  bo‗linadi:  o‗rta 
yonbosh  (4),  orqada  joylashadi  va  o‗rta  oldingi  (5),  medial  joylashgan.  Chap 
o‗pkani  o‗rta  bo‗lagi  tilsimonga  to‗g‗ri  keladi  va  2  ta  segmentdan  iborat-yuqori 
tilsimon  (4  va  pastki  tilsimon  (5).  O‗ng  o‗pkani  pastki  bo‗lagi  5  ta  segmentda 
iborat: bazal cho‗qqi (6), bazal medial (7), bazal oldingi (8), bazal yonbosh (9), va 
bazal  orqa  (10).  Bolalarda  segmentlarning  joylashishi,  xavo  o‗tish  va  sekret 
chiqarish faoliyatining o‗zgarishiga qarab, pnevmoniya ko‗pincha 6 segmentda va 
yana  10  va  2  segmentlarda  kuzatiladi.  O‗rta  yonbosh  (4)  va  o‗rta  oldingi 
(5)  segmentlar  bronxlari  uzun,  yorig‗i  tor  bo‗lganligi,  bronxpulmonal  limfa 
tugunlariga  yaqii  bo‗lganligi  va  bezlar  kattalashganda  bronxlar  ezilishi  va 
nafas  oladigan  sath  kamayishidan  pnevmoniya  og‗ir  nafas  yetshimasligi 
bilan  kechishi  mumkin.  Bolalarda  zotiljam  uchog‗lari  aniq  segmentlarda 
joylashadi. Buning asosiy sababi mana shu segmentlarning aeratsiya xususiyatiga, 
bronxlarning  drenaj  funksiyasiga  bog‗liq.  Ko‗pincha  zotiljam  o‗pkaning  pastki 
bo‗lagida  joylashadi,  asosan  bazal  uchki  segmentida  (6).  Ushbu  segment  boshqa 
segmentar bronxlardan yuqorida joylashgan va u to‗g‗ri burchak hosil qilib orqaga 
ketadi. Yosh bolalarda uzoq vaqt yotgan holatda bo‗lganligi sababli,bu segmentda 
yuqorida  joylashgan  pastdagi  segmentni  ezishi  ushbu  segment  bronxlarning 
drenajini  yomonlashtiradi.  Bundan  tashqari  patologik  zararlanish  yuqori 
bo‗lakning  yuqori  orqa  (2)  segmenti  va  pastki  bo‗lakning  bazal  orqa  (10) 
segmentida  joylashadi.  Bu  yerdagi  paravertebral  zotiljamining  ko‗p  uchrayishi 
shuning  bilan  tushuntiriladi.O‗rta  bo‗lakning  zararlanishi  muhim  o‗rin  tutadi. 
Kasallik o‗tkir boshlanadi va buni o‗rta bo‗lak sindromi deb yuritiladi. Bunda o‗rta 
yonbosh(4) va o‗rta oldingi(5) segmentar bronxlar bronxopulmonal limfa tugunlari 
sohasida joylashganligi, ularni bo‗shliqlari nisbatan torligi, o‗ta uzunligi va asosiy 
bronxdan  to‗g‗ri  burchak  hosil  qilib  ajraladi.  Shuning  uchun  ham  atrofidagi 
kattalashgan limfa tugunlar bronxlar oson tashqi tomondan qisishi sababli, hatdan 
tashqari  nafas  yuzasini  kamayishi  hisobiga  og‗ir  nafas  yetishmovchigi 
rivojlanishiga  sabab  bo‗ladi.  Plevra  chaqaloqlarda  va  ko‗krak  yoshidagi 
bolalarda  juda  yupqa,  chuqur  nafas  olganda  va  plevra  oralig‗ida  suyukdik 
yig‗ilganda  o‗z  o‗rnidan  oson  ko‗zg‗aladi.  Plevra  bo‗shlig‗i  hajmi  katta  kichik 
bo‗lib  o‗zgarishi  mumkin,  chunki  parietal  qavatlari  juda  bo‗sh  birikkan  bo‗ladi. 
Plevra  bo‗shlig‗ig‗a  suyuqlik  yig‗ilsa  ko‗ks  oralig‗idagi  organlarni,  ayniqsa 
yurak va pastki kavak  venani o‗rnidan  juda  oson  ko‗zg‗atadi.  Shuning  uchun 
bolalarda  plevra  bo‗shlig‗ida  suyuklik  yig‗ilganda  qon  aylanish  sistemasining 
faoliyati tez o‗zgaradi. Undan tashqari aorta, traxeya, qizilo‗ngach, diafragma ham 
o‗z o‗rnidan siljiydi, bu esa shu organlarning faoliyatini o‗zgarishiga olib keladi. 
Ko‗ks  oralig‗i  bolalarda  kattalarnikiga  nisbatan  kattaroq  bo‗lib,  uning 
yuqori  qismida  traxeya,  yo‗g‗on  bronxlar,  ayrisimon  bez,  limfa  bezlari, 
ateriyalar, nerv tolalari joylashgan, pastki qismida esa yurak tomir va nerv tolalari 
joylashgan bo‗ladi. 
O‗pkaning  limfa  tugunlariga  1)  traxeobronxeal,  2)  bifurkatsion 
kekirdakni  ikki  bronxga  bo‗lingan  joyida  joylashgan),  3)  bronxopulmonal 


 
148 
bronxlarni o‗pkaga kirish yerida joylashgan), 4) yirik tomirlar tugunlari-yuqorigi, 
o‗rtadagi va pastdagilar kiradi. O‗pka limfa tugunlari erta yoshlik bolalarda yaxshi 
rivojlangan  bo‗lib,  o‗zining  tuzilishi  jihatidan  yallig‗lanish  jarayoniga  moyil 
bo‗ladi. Bolaning 7- 9 yoshidagina limfa tugunlari orqaga qarab rivojlanadi. 
 
 

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish