SUYaK TIZIMINI TEKShIRISh. Shikoyatni aniqlaganda suyak va
bo‗g‗imlardagp o‗zgarishlarni, harakatni chegaralanishi va og‗riqni harakteriga
paydo bo‗lish vaqtiga, ob-havo sharoitiga bog‗liq-bog‗liqmasligiga alohida e‘tibor
berish kerak. So‗rab surishtirilganda e‘tiborni kasallikning kelib chiqish
sabablarga, jarohatlanishga yaqinda yoki avvalroq o‗tkazilgan yuqumli
kasalliklar (angina, skarlatina) bilan bog‗liq-bog‗liqmasligiga, yuqumli
kasallik tarqatuvchi infeksiya o‗chog‗i, bor-yo‗qligiga qaratish kerak.
Kasallikning kechishi, ko‗rilgan choralar va davolashning natijalarini aniqlash lozim.
Jismoniy, asab va ruhiy taraqqiyotining xususiyatlarini aniqlash lozim, chunki bola
skeletining, qaddi-qomatining tuzilishi shularga bog‗liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |