Sеzgi a’zolarining rivojlanishi.
Ko‘rish. Ko‗z homilalikning 3- haftasida bosh miya naychasining
ohirgi qismidan ko‗z tur nardasi xujayralarini ajralishi bilan paydo bo‗ladi.
Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda ko‗z olmasi va ko‗ruv analizatorlarini
rivojlanishi juda ham past darajada bo‗ladi. Ko‗z olmasi chaqaloqlarda va 12
yoshgacha bo‗lgan bolalarda kattalarga qaraganda nisbatan kattaligi bilan
farq qiladi. Chaqaloqlarda ko‗z olmasi og‗irligi 2.29 g. bo‗lib, bolani
bo‗tun o‗sish davrida uni og‗irligi 2 marotaba ortadi. Ko‗z olmasini hajmi va
vaznini ortishi 3-5 yosh.gacha jadal suratda kechib, keyin sekinlashadi va
pubertat yoshiga kelib to‗xtaydi. Ko‗zning oq pardasi bola tug‗ilganda tiniq
bo‗lmay, xira bo‗ladi, emadigan bolalarda esa xavo rangda bo‗ladi. Muguz
parda chaqaloqdarda ancha qalin bo‗lib, oq pardadan yaqqol ajralib bir oz
oldinga chiqib turadi. Katta bo‗lgan sari muguz parda yupqalashadi va oq
parda bilan chegarasi yo‗qola boshlaydi. Chaqaloqlarning ko‗z gavhari
dumaloq shaklda bo‗lib, nisbatan katta, shuning natijasida bolalar ko‗zining
69
oldingi qismi bo‗shlig‗i juda kichik bo‗ladi. Ko‗z gavharining vazni
chaqaloqdarda 66 mg., bir yoshda 124 mg., kattalarda 170 mg. bo‗ladi.
Bolani yoshi kattalashgan sari gavhar uzuniga o‗sib, yasmiqga o‗xshab qoladi.
Chaqaloqlarning ko‗z qorachig‗i diametri juda kichik, bir yoshli bolalarda 1.5
mm. dan oshmaydi, bir yoshdan keyin 2.5 mm., 6-12 yoshda 3.2 mm.
bo‗ladi. Chaqaloqlarda shishasimon modda tiniqqa yaqin, ko‗ruv nervi va to‗r
parda yaxshi rivojlanmagan bo‗ladi. ko‗rish nervining aylanasi - 0.8 mm.,
20 yoshga borganda bu o‗lcham 2 barovarga ortadi. ko‗rish nervining tolalari
bola tug‗ilganda mielin bilan yaxshi qoplanmagan, mielin bilan qoplanish
jarayoni 3-4 oylik davrigacha davom etadi. Chaqaloqlarda ko‗z kosasi
nisbatan keng, gorizontal o‗lchami tik o‗lchamidan ko‗p, ko‗rinishi 3 qirrali
piramidaga o‗xshash bo‗ladi. Chaqaloqlarda va ko‗krak yoshidagi bolalarda
ko‗z kosasining bunday tuzilishi bosh suyagining yaxshi rivojlanmaganligi
hisobiga bo‗ladi.Chaqaloqlarda ko‗z yoshi kanali nisbatan keng va kalta,
tashqi teshigi qovoq burchagida joylashgan bo‗lib, koptokchalari yaxshi
rivojlanmagan bo‗ladi. Bu holat mikroblarni, changlarni burun kanallari
orqali tez- tez qovoq oralariga o‗tib, uni yallig‗lanishiga, qon‘yuktivit
xastaligiga olib kelishi mumkip.
Ko‗z olmasi chaqaloqlarda va 10-12 yoshgacha bo‗lgan bolalarda kattalarga
nisbatan kattaligi bilan farq qiladi va bolani bo‗tun o‗sish davrida uni og‗irligi 2
marotaba oshadi. ko‗rish asabini ko‗z sezuvchi xujayralarini bo‗tunlay shakllanishi
bir yoshda tugaydi.
Chaqaloqlarda yosh bezlari nisbatan kichik, bez pufakchalari yaxshi
rivojlanmagan, chiqaruvchi naylari tor. Yosh ajralishi (yig‗laganda ajraladigan
yosh) bolalarda 2 oyligida ba‘zan esa 4-5 oyligida paydo bo‗ladi. Yosh
ajralmasligi, yosh ajratuvchi markazga bog‗liq bo‗lib, yosh ishlovchi bezlar esa
normal holda ishlashi mumkin.
Bola birinchi kundan boshlab ko‗radi, lekin markaziy chuqurchani
gistologik tuzilishining o‗ziga xosligidan aniq ko‗rish qobiliyatini yo‗qotadi.
Chaqaloq bolalarda ko‗z harakati takomillashmagan, shuning uchun 6-10 hafta
ichida fiziologik g‗ilaylik kuzatilishi mumkin. Ko‗z olmasini qimirlab turishi
(nistagm) ham kuzatiladi.
Chaqaloq, bolalarda ko‗z harakati takomillashmagan, shuning uchun
6-10 hafta ichida fiziologik g‗ilaylik, hamda ko‗z olmasini qimirlab turishi
(nistagm) kuzatilishi mumkin. Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda yillarida
meyorida fotofobiya kuzatilib, ko‗zi deyarli doimo yumuq bo‗ladi,
ko‗rish o‗tkirligi 20/300 atrofida bo‗ladi. 2 haftalik davrida ranglik
buyumga o‗tkinchi, 3 haftadan barqaror nigoh tashlay oladi. 6 oylik davrda
ko‗rish o‗tkirligi 20/200 atrofida bo‗ladi. Yorug‗ qizil va sariq, rangdagi
buyumlarga tez nigoh tashlaydi, ko‗z harakati muvofiqlashgan bo‗ladi. Bola 1-
2 yoshida ko‗rish o‗tkirligi maksimal darajaga yetadi. Chaqaloq, bolada ko‗rish
qobiliyatini ko‗ziga yorug‗lik manbaini yaqinlashtirib tekshirish mumkin.
Bunda bola o‗ygoq bo‗lsa ko‗zini qisib, yuzini yorug‗lik tomonga
burishga harakat qiladi. Agar bola uxlayotgan bo‗lsa, ko‗z qovoqlarini
yanada ko‗proq qisib oladi. Kagga yoshdagi bolalar ko‗rish qobiliyati maxsus
70
tablitsalar vositasida tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |