Bolalar kasalliklari propedevtikasi



Download 5,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/343
Sana31.12.2021
Hajmi5,81 Mb.
#258509
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   343
Bog'liq
bolalar kasalliklari propedevtikasi 2

Kasallik tashhisi. Oilaviy anamnez, 
kasallikning 
klinik 
kechishi, 
elektromiografiya,  modda  almashinuvidagi  bioximik  o‗zgarishlarga  asoslanib 
ko‗yiladi. 
B. SUYaK TIZIMI. 
Ma‘lumki  suyak  tizimi  organizmni  muayyan  holatda  saqlab 
muhofaza  etuvchi,  harakatga  keltiruvchi  tayanch  bo‗lish  bilan  bir  qatorda 
hayotiy  zarur  bo‗lgan  qon  ishlab  chiqarishda,  modda  almashinuvida  ishtiroq 
etadi.  Yosh  bolalarda  suyak  to‗qimasining  anatomo-fiziologik  xususiyatlari 
o‗ziga xosligi bilan ajralib turadi. Homilada suyak to‗kimasining birinchi bosh 
murtagi boshqa tizimlardan biroz kechroq  (5 haftada) paydo  bo‗lib,  mezenximal 
xujayralardan  tashkil  topgan  bo‗ladi.  Ontogenezda  suyak  to‗kimasi  ikki  xil: 
dermal  (ko‗shuvchi  to‗kimalardan)  va  xondral  (tog‗aydan)  yo‗llari  bilan 
paydo  bo‗ladi.  Birinchi  yo‗l  bilan  bevosita  mezenximadan   oldidan 
tog‗ayga  aylanmagan  holda  bosh,  yuz,  pastki  jag‗  suyaklari,  hamda 
umrov suyagining diafizi paydo bo‗ladi. Tana skeletini qolgan qismlari ikkinchi 
yo‗ldan, ya‘ni mezenxima yig‗indisidan tog‗ayga o‗tish yo‗li bilan paydo bo‗ladi. 
Homilada suyaklanishning boshlanish davrlarida tog‗ay tana vaznini 45% ini 
tashkil  qiladi.  Bola  tug‗ilganda  trubkasimon  suyaklariing  diafizlarigina 
suyakka  aylangan  bo‗lib,  qolgan  aksariyat  epifizlarda  qo‗l  ianjasining 
barcha  va  qisman  oyoq  panjasi  g‗ovaksimon  suyaklari  hali  tog‗ay  holida 
bo‗ladi. 
Suyakning  asosiy  xujayra  elementlari  osteoblast,  osteotsich  va 
osteoqlastlardan  iborat.  Osteoblastlar  o‗suvchi  suyak  sirtki  qismida 
joylashgan  bo‗lib,  suyak  matriksini  hosil  qilish  uchun  o‗zida  ko‗p  ishqoriy 
fosfataza  tutadi  va  kollagen,  glikozo-aminoglikan,  glikoproteidlarni  ishlab 
chiqaradi.  Osteoblastlar  hayotiy  davri  qisqa,  bir  necha  ko‗pdan  bir  necha 
haftagacha  davom  etadi.  Osteotsitlar  -  osteoblastlar  qoldig‗i  formasida 
bo‗lib,  minerallashgan  matriksga  cho‗kkan  holda,  qisqa  vaqtga  kalsiy 
gomeostazini  boshqaradi.  Osteoqlastlar  hajmi  katta,  ko‗p  yadrolik 


 
128 
bo‗lib,  suyak  sirtki  qismiga  joylashgan  bo‗ladi.  Suyakning  so‗rilishi  va 
qayta  qurilishida  kalsiy  gomeostazini  ta‘minlaydi.  O‗zidan  suyak 
tuzilishini buzuvchi lizotsim gidrolaza va kollogenazalarni ishlab chiqaradi. 
Suyak 
paydo 
bo‗lishi 
jarayoni 
uch 
bosqichdan 
iborat. 
Osteogenezning  birinchi  bosqichi  jo‗shqin  anabolik  jarayon  bo‗lib,  bunda 
suyak  to‗qimasining  oqsil  asosi  matriks  tashkil  topadi.  Bu  jarayonni 
normal  kechishi  uchun  organizm  yetarlik  mikdorda  oqsil,  A,  S  va  V 
gurux  vitaminlari  bilan  ta‘minlanishi  kerak.  Matriks  tashkil  topishini 
boshqaruvchi 
garmonlar 
tiroqsin, 
samatomedinlar, 
gipofizning 
samatotrop garmoni, insulin, paratgarmon hisoblanadi. 
Ikkinchi  bosqichda  osteoidda  kristallashgan  markazni  tashkil 
topishi  va  keyinchalik  uning  minerallashishi  jarayoni  kechadi.  Bu 
bosqichda  organizmni  kalsiy,  fosfor,  mikroelementlar  (ftor,  marganets, 
magniy,  rux,  mis),  vitamin  D  yetarli  ta‘minlanishi  hal  qiluvchi  rol 
o‗ynaydi.  Ikkinchi  bosqich  qon  RN  nordon  tomonga  surilsa  ham  buziladi. 
Erta  yoshli  bolalarda,  osteogenez  ovqatlanishni  o‗zgarishida,  har  xil 
o‗tkir  yoki  surunkali  kasalliklarda  oson  buziladi.  Osteogenezni  har  ikki 
bosqichi  mushak  tonusi,  harakat  bilan  ham  boshqariladi.  Shu  sababli 
massaj, harakat osteogenez faolligini oshiradi. 
Uchinchi  bosqich  -  doimiy  o‗zini  yangilash  va  tuzilishini 
o‗zgartirish  jarayoni  bo‗lib,  bu  qalqonsimon  oldi  bezi  tomonidan 
boshqariladi  va  organizmni  vitamin  D  bilan  ta‘minlanishiga  bog‗liq 
bo‗ladi.  Osteogenez  jarayoni  kalsiy  mikdorini  normada  bo‗lishi  bilan 
ta‘minlanadi.  Kalsiyning  qon  zardobidagi  mikdori  juda  ham  typg‗un  bo‗lib, 
2,44±0,37 
MMOJI
/
JI 
yoki  0,98±  0,015  %  g/l  ni  tashkil  qiladi. 
Suyaklanishning  jadal  davrlarida  (2  yoshgacha  hamda  balog‗atga  yetish 
davrida)  suyakda  yig‗iladigan  kalsiy  mikdori  oshiq  bo‗l a di .   Bi r   k echa  
ku nduz da   su ya kd a   yi g‗il adig an   k als i y  mi qdo ri   homilalikning  35 
haftasida  380  mg,  2  yoshda  o‗g‗il  bolalarda  89  mg,  qiz  bolalarda 93 mg, 
10  yoshda  muvofiq.  ravishda  125  mg  va  147  mg,  14  yoshda  269  mg  va  390 
mg, 16 yoshda 394 mg va 240 mg, 20 yoshda 60 va 40 mgni tashkil etadi. 
Kishi organizmida 200 ga yaqin suyak mavjud bo‗lib, tashqi satxi kompakt 
zich  modda  bilan  o‗ralgan  bo‗ladi.  Ichkaridan  har  xil  yo‗nalishdagi  gubkasimon 
g‗ovak  moddadan  tuzilgan.Suyakning  pishiqligi,chidamliligi,  tarangligi 
tarkibidagi  organiq  va  noorganiq  moddalarning  o‗zaro  nisbatiga  bog‗liq 
bo‗ladi.  Bolalarda  suyak  to‗qimasi  o‗zining  ximiyaviy  tarkibiga  ko‗ra 
suvning  ko‗pligi  va  qattiq  moddalarning  kamligi  bilan  farq  qiladi. 
Kattalarga  nisbatan suyakning yumshoqligi, egiluvchanligi va kam sinuvchanligi shu 
bilan  tushuntiriladi.  Hatto  sog‗lom  bolalarda  ham  paypaslanganda  ko‗krak 
qafasining  yengilgina  egilib,  siqilishini  kuzatish  mumkin.  Yosh  bolalarda 
suyakning  o‗sishi  va  qayta  tiklanishi  jarayoni  kattalarga  nisbatan  tez  kechadi. 
Buni  quyidagi holatdan  bilish  mumkin,  ya‘ni  singan  suyakning  bitishi  uchun 
bolalarda  kattalarga  nisbatan  kamroq  vaqt  kifoya  qiladi,  ayniqsa 
qariyalarga  nisbatan  bolalarda  suyak  to‗qimasining  jarohatlanishiga 
nisbatan chidamliroq, egiluvchanligi ko‗proq bo‗ladi. 


 
129 
Bolalarda  suyak  to‗qimasining  gistologik  tuzilishi  kattalarga  nisbatan 
o‗ziga  xos  xususiyatga  ega  ekanligi  bilan  farqlanadi.  Yangi  tug‗ilgan  bola 
suyagining  mikroskopda  tekshirganda  dag‗al  tolali,  to‗rsimon  tuzilishga  ega 
bo‗ladi,  kattalarda  bo‗lsa  plastinkalik  tuzilishga  egadir.  Bolalarda  suyak 
to‗qimasining  ko‗p  bo‗lmagan  plastinkalari  noto‗g‗ri  joylashgan  bo‗lib,  gavers 
kanallari  keng  va  noto‗g‗ri  joylashgan  bo‗shliq  ko‗rinishga  ega  bo‗ladi.  Bola 
tug‗ilgandan  keyingi  hayotida  suyak  qayta  tuzila  boshlaydi:  osteoqlastlar  eski 
plastinkalarni parchalab, ularning o‗rniga osteoblastlar ishtiroqida suyakning yangi, 
to‗g‗ri joylashgan gshastinkalari paydo bo‗la boshlaydi. Suyak to‗qimasining so‗rilishi 
va yangi paydo bo‗lishi sezilarli darajada faol jarayonda ro‗y beradi. Bolalar suyagi 
qon  tomirga  boy  bo‗ladi.  Bu  jarayonni  jadal  kechishida  muhim  o‗rin  tutadi. 
Ammo ba‘zan suyakda gematogen osteomielitni nisbatan oson boshlanishiga ham 
olib  kelishi  mumkin.  Suyak  ustki  pardasi  qalin,  ayniqsa  ichki  qavati  yaxshi 
rivojlanmagan  bo‗ladi.  Bola  ko‗p  yura  boshlagach  suyak  to‗qimasining  qayta 
ko‗rilishi yaqkol aniqlana boshlanadi (funksional moslanish). 2-3 yoshli bolalarda 
to‗rsimon,  dag‗al  tolalik  tuzilishdagi  suyakning  to‗g‗ri  tuzilishga  ega  bo‗lgan 
plastinka shaklidagi suyak to‗qimasiga almashinganligi yaqqol kuzatiladi. 
A m a l i y o t d a   h a r   b i r   s u y a k l a n i s h   n u q t a l a r n i   p a y d o   b o ‗ l i s h ,  
liqildoqlarni  berkilishi,  choqlarni  bitishi  va  tishlarni  chiqish  vaqtini  aniqlash 
muhim ahamiyatga egadir. Yangi tug‗ilgan bolada bilak oldi suyaklari bo‗lmaydi. 
Suyaklanish  yadrolari  bunda  quyidagi  tartibda  paydo  bo‗ladi:  birinchisi  6  oyda, 
ikkinchisi  1  yoshda,  keyin  har  yiliga  o‗rtacha  1  tadan  yadro  paydo  bo‗lib 
boradi.Paydo  bo‗lgan  suyak  nuqtalari  majmui  bolaning  biologik  o‗sishini 
ifodalaydi va suyak yoshi deb ataladi. 
Shu bobda tish to‗g‗risida ham to‗xtab o‗tish zarurdir, chunki tish chiqish vaqti 
bilan  suyaklanish  nuqtalarining  paydo  bo‗lishida  va ularning  buzilishida  ma‘lum  bir 
xildagi bog‗lanishlar mavjud. 
Tishlarning  tashkil  topishi  homilalik  davrining  2  oy  oxirlarida 
boshlanib,  2  xil  murtak:  epiteliy  va  mezenxima  murtaklaridan  rivojlana 
boshlaydi.  Eliteliy  mo‗rt  aqlardan  emal,  mezepxemadai  dentin  tashkil  topadm. 
Odatda  bola  tishsiz  tug‗iladi.  Birinchi  tish  bolaning  6-8  oyligidan  chiqa 
boshlaydi: avval pastki o‗rta, so‗ngra yuqori o‗rta va yon tomonidan keskich 
tishlar  chiqa  boshlaydi.  Bir  yoshning  ohirida  pastki  yon  keskich  tishlari  chiqadi. 
Shunday  qilib,  bolaning  ikki  yoshi  boshlarida  8  ta  tishi  bo‗lishi  kerak. 
Ikkipchi ymlpmng boshlarida oldingi jag, o‗rtasida qozik. va oqirida keyingi j a 
k  sug  gishlari  chiqib,  hamma  20  ta  sut  tishlarp  chpqqap  bo‗lishi  kerak.  Sug 
tishining  sonini  hisoblash  uchun  bolaning  6-24  oylik  davrida,  uning  necha 
oylik  bo‗lganligi  sonidan  4  raqami  ayriladi.  Masalap:  bola  10  oyligida  10-
4=6 ta tishi bo‗lishi kerak. 20 oyligida 20-4=16 tishi va qakazo. 
Bola  5-6  yoshga  to‗lganda  birinchi  doimiy  katta  jag  tishi 
(molyarlar)  chiqib,  keyinchalik  SUT  tishlar  qanday  oldinma  kyog‗inlik 
muddati bilam chiqqan bo‗lsa, tahmiian shu yo‗sinda sut tishlari o‗rniga 
donmny  tpshlar  chiqa boshlaydi. 11 yoshda ikkinchi doimiy katta jar tishlari 
chiqa boshlaydi. Uchinchi malyar tishlar (akd tishi) 17-25 yoshda chiqadi. Qiz 
bolalarda  tishpmng  chiqishi  o‗g‗il  bolalarga  nisbatan  biroz  oldinda  boradi. 


 
130 
Doimiy  tishlar  chiqishini  tahminan  baholashda  quyidagi  formuladan 
foydalanish  mumkim.X  (doimiy  tishlar  soni)  =  4p-20.  Bunda  p-bolaning 
necha yoshdaligi. 
Tish  chiqishning  birlamchi  davrlarida  (3-3,5  yoshgacha)  tishlash 
(ikki  qator tishlarni bir biriga tegib turishi holati) ortognotik holatda bo‗lib, tepa 
qator tishlar pastki qator tishlarni 1/3 qismini berkitib turadi. Keyinchalik (3-6 
yoshlarda)  tishlash  to‗g‗rilanadi.  Normada  doimiy  tishlash  to‗g‗ri  yoki 
biroz ortognotik holatda bo‗ladi.   
Tishning  chiqishi  fiziologik  holat  bo‗lib,  hech  qanday  kasallik 
belgilari  kuzatilmasligi  kerak.  Kasalmaid  bolalarda,  ayniqsa  asab  sistemasi 
ojizlarda  tish  chiqish  qiyinroq  kechishi  mumkin.  Bunda  holsizlanish,  bezovta 
bo‗lish,  uyqusizlik,  qisqa  muddatga  haroratni  ko‗tarilishp,  yengil  ich  buzilishi 
belgilari,  o‗sishdan  to‗xtash,  terida  toshmalar  paydo  bo‗lishi  mumkin.  Tish 
chiqish  davrida  bolada  yuqumli  kasalliklarga  va  boshqa  tashqm  muhit 
ta‘siriga umumiy chidamlilikni kamayishi kuzatilishi mumkin. 
Sut  va  doimiy  tishlarning  rivojlanib  tashkil  topishi,  bolaning 
biologik  yetilishini  baholashda  ko‗rsatkich  hisoblanadi.  Shuning  uchun 


 
131 
qam  bolani 
biologik 
yetilganligaga 
baho 
berishda 
tish 
yoshi 
tushunchasidan foydalanadi. 
Bolada  miya  qo‗tisi  kattalardan  farqdanib  yuz  suyagiga  nisbatan 
yaxshiroq  rivojlangan   bo‗ladi.  Bu  kichik  yoshdagi   bolalarda  jag 
oralig‗ini  ochib  turuvchi   tishlarning   yo‗q ligi ,  burun   va  qo‗shimcha 
bo‗shliqlarning  rivojlanmaganligi  bilan  bog‗liqdir.  Yosh  bolaning  bosh 
suyagi 
quyidagi 
xususiyatlari 
bilan 
farqlanadi: 

bo‗lak-bo‗lak 
suyaklaridan  tashkil  topgan  bo‗lib,  bir  nechta  suyaklar  birlashgan  joyda 
bo‗tunlay  suyagi  bo‗lmagan  oraliklar  (liqildoqlar)  bo‗ladi.  Miya  qutisining 
har  bir  tomonida  2  tadan  yonbosh  likildoqlar  joylashgan:  1.  Ensa,  chakka, 
tepa  suyaklari  orasida.  2.  Pyoshona,  tepa,  chakka  suyaklari  orasida.  Bu 
likildoqlar normal holda bola tug‗ilishidan avval yoki bola hayotining birinchi 
kunlarida  berkiladi.  Bu  liqildoqlarning  muayyan  vaqtdan  kechroq  mavjudligi 
odatda  bola  chala  tug‗ilganda  yoki  miya  bo‗shliqlarida  suv  yig‗ilganligida 
kuzatiladi. 
Kichik liqildoq ensa suyagi bilan tepa suyaklari orasida joylashgan bo‗lib, 
yangi  tug‗ilgan  bolalarning  tahminan  25  %  tida  ochiq,  uch  burchak 
ko‗rinishda  bo‗ladi va bola hayotining birinchi 3-oyligida berkiladi. Katta 
liqildoq  pyoshona  va  tepa  suyaklari   oralig‗idagi  joylashgan   bo‗lib, 
uning  o‗rta  nuqtasidan  qarama-qarshi  tomondagi  chegaragacha  bo‗lgan 
oraliq,  3x3  smdan,  1,5x2  sm  gacha  bo‗ladi.  Liqildoq  rombsimon  ko‗rinishda 
bo‗lib,  bola  bir  yoshga  to‗lganda,  kechi  bilan  1,5  yoshda  berkilgan  bo‗ladi. 
Nayzasimon, tojsimon va ensa choqlari bola tug‗ilganda ochiq bo‗lib, 3-4 oylik 
davrdan 
keyingina 
berkila 
boshlaydi, 
ammo 
ularning 
muloyimligi 
(yumshoqligi)  birmuncha  vaqt  saqlanib  qolishi  mumkin.  Umurtqa  pog‗onasi 
yangi  tug‗ilgai  bolalarda  kattalarniki  singari  egrilik  ko‗rinishga  ega  bo‗lmay, 
deyarli  to‗g‗ri  ko‗rinishda  bo‗ladi.  Bola  boshini  ushlay  boshlaganda  umurtqa 
pog‗onasining  bo‗yin  qismida  oldinga  chiqqan  egilishi  (bo‗yin  lordozi)  hosil 
bo‗ladi,  keyinroq  (6  oylikda)  bola  o‗tirishga  boshlaganda  umurtqa 
pog‗onasining  ko‗krak  qismida  do‗nggi  orqaga  chiqqan  egilishi  (ko‗krak  kifozi), 
yurishga o‗rgana boshlaganda (9-12 oyda) umurtqaniig bel qismida do‗nggi  oldinga 
chiqqan egalishi (bel lordozi) paydo bo‗la boshlab, maktab yoshida bu egilishlar 
tamomila  muayyan  shaklga  kirgan  bo‗ladi.  Boshlanishda  bu  egilishlar 
doimiy bo‗lmay bola gorizontal holatda yotganda, ular tekislanadi. 
Ko‗krak qafasi bola yangi tug‗ilganda keng va kalta bo‗lib, ko‗ndalang 
diametri  orqa-old  diametriga  nisbatan  25%  gacha  ko‗p  bo‗ladi.  Qovurg‗alar 
umurtqa  pog‗onasidan  tahminan  to‗g‗ri  burchak  hosil  qilib  tarqalgan  bo‗lib, 
gorizontal  yo‗nalishiga  ega  bo‗ladi.  Ko‗krak  qafasining  bunday  tuzilishi  sababli 
bola  nafas  olganda  o‗pka  kengayishi  faqat  diafragmaning  pastga  tushishi 
hisobiga  bo‗ladi,  qovurg‗alar  esa  doim  chuqur  nafas  olingandek  holatda  turadi. 
Keyinchalik  ko‗krak  qafasi  bo‗yiga  o‗sib,  ko‗ndalang  diametri  ortib  boradi, 
qovurg‗aning  old  qismi  pastga  yo‗nalib  maktabgacha  yoshda,  ayniqsa  maktab 
yoshida  qovurg‗a  kattalarnikiga  o‗xshash  old  qismi  pastga  yo‗nalgan 
ko‗rinishga  ega  bo‗ladi.  Bolaning  12  yoshida  ko‗krak  qafasi  nafasni  chuqur 
chiqargan holatga o‗tadi. 


 
132 
Chanoq  suyagining  kichik  yoshdagi  va  maktab  yoshigacha  bo‗lgan  bolalarda 
jinsiy  farqi  bo‗lmaydi,  faqat  6-7  yoshdan,  ba‘zan  undan  ham  kechroq  qizlarda 
chanoq  suyagining  tez  taraqqiy  etib  o‗sishi  kuzatiladi.  Katta  yoshdagi 
ayollarning toz suyagi erkaklarnikiga qaraganda keng bo‗ladi. 
Bir  oygacha  bo‗lgan  bolalarni  oyoqlari  qiyshiqqa  o‗xshab 
ko‗rinadi,  lekin  bu  fiziologik  holat  bo‗lib,  yumshoq  to‗qimaning  o‗ziga  xos 
taraqqiyoti  bilan  bog‗likdir.  Bir  yoshgacha  bo‗lgan  bolalarda  bir  necha  oy 
davomida  oyoq,  kaftining  yassiligi  normal  holat  hisoblanadi.  Oyoq  kaftlari 
bir-biriga biroz qaragan bo‗ladi. 
Tog‗ay  to‗qimasi  suyaklanish  jarayonida  asosan  suyakka  aylanib,  uning 
vazni katta kishilarda tana vaznining 2 % tini tashkil qiladi holos. Tog‗ay to‗qimasi 
tuzilish  jihatidan  gialin,  tolalik  va  elastik  tolalardan  tuzilgan.  Bulardan  gialin 
tolasi  tuzilish  jihatdan  zich  tarang  bo‗lib,  suyak  bo‗g‗imlari  tashqi  sathini 
hamda  qovurg‗a,  burun,  xiqildoq,  traxeya  tog‗aylarini  tashkil  qiladi.  Tolalik 
tog‗aylar  umurtqa  pog‗onasi  oralig‗i  gardishini,  pay  va  bog‗lamlarni  suyakka 
birikish  yerlarini  tashkil  qiladi.  Elastik  tolalik  tog‗ay  asosan  quloq  suprasi, 
xiqildoq usti,hiqildoq tog‗ayini tashkil qiladi Tog‗ay to‗qimasida qon tomir va 
asab tolalari bo‗lmaydi. Tog‗ay to‗qimasida modda almashinuv xondrotsitlarda 
glikoliz yo‗lida asosan anaerob usulda kechadi. 
Bog‗lamlar  qo‗shuvchi  to‗qimalardan  tuzilgan  bo‗lib,  asosan  suyaklarning 
bo‗g‗imlarga  biriktirish  va  bo‗g‗imlarni  mustahkamlash  vazifasiii  o‗taydi.  Yangi 
tug‗ilgan  bolalarda  bo‗g‗imlar  anatomik  jihatdan  shakllangan,  ammo  pishiqligi 
kam, cho‗ziluvchan bo‗ladi. 
Bo‗g‗imlar  -  skelet  suyaklarida  harakatni  saqlagan  holda,  ularni  bir-biriga 
bog‗lab  turuvchi  vosita  bo‗lib,  bo‗g‗im  sathi,  bo‗g‗im  bo‗shlig‗i  va 
bo‗g‗im sumkasidan tuzilgan. Bo‗g‗imlarni rivojlanishi xomilalikning erta davrlarida 
mezenximadan boshlanib, homilani harakati, bo‗g‗im sathini  
shakllanishiga  bo‗g‗im  tyoshikchalaridan  bo‗g‗im  bo‗shliqlarini  hosil 
bo‗lishiga  olib  keladi.Bo‗g‗im  tyoshikchalarini  yelka  va  chanoq  -  son 
bo‗g‗imlarida  paydo  bo‗lishi  homilalikning  6-haftasiga,  tirsak  va  tizza 
bo‗g‗imlarida  8-haftalariga  to‗g‗ri  keladi.  Yangi  tug‗ilgan  bolalarda 
bo‗g‗imlar  anatomik  shakllangan  bo‗lib,  keyinchalik  minerallanish, 
innervatsiyalanish jarayonlari takomillashib boradi. 

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish