PIGMENT O‘ZGARIShLARI. Ko‗pincha terida har xil kattalikdagi
qoramtir dog‗lar ba‘zi infeksion kasalliklarda, jumladan qizamikda toshmalar o‗rnida
paydo bo‗ladi. Qavarikda mexanik qitiqlanish natijasida terida oldin pushti
rangdagi qavarib, ko‗tarilish paydo bo‗lib, keyin o‗rnida jigarrang dog‗ paydo
bo‗ladi. Teri rangini ko‗pincha tanada kamroq yuz va oyoq-qo‗llarda
yo‗qolib, har xil katta-kichiklikdagi oqarib qolishi pesda (vitiligo)
kuzatiladi.
QON TOMIR O‘ZGARIShLARI. Yangi tug‗ilgan sog‗lom bolalarda
terining ustki qavatidagi vena tomirlari ko‗rinmaydi. Ammo ba‘zi
kasalliklarda (raxitda, zaxmda, miya ichida suyuklik aylanishining buzilishida,
bosh miya o‗smasida, haddan tashqari ozib ketganda) vena tomirlari boshda bo‗rtib
turadi. Ko‗krakda va kurak oralig‗ida vena kapillyarlarining yaqqol ko‗riniщi
ko‗pincha bronxial va mediostenal limfa tugunlarining kattalashganida
ko‗rinadi. Kapillyar qon tomirlarining VII bo‗yin umurtqasi sohasida kengayishi
bronxopulmonal limfa tugunlarining kattalashganini (franka belgisi) ko‗rsatadi.
Qorin devorida vena tomiri turining paydo bo‗lishi jigar V. Portae sistemasida qon
o‗tishining qiyinlashganida, qorin yonidaga venalarning kengayishi, pastki
kavak venadan qon o‗tishi qiyinlashganda bo‗ladi. Ba‘zan teri tomirlari
111
birlashib, teridan biroz ko‗tarilib turgan, qon tomir yulduzchalarini hosil qiladi.
Odatda bunday yulduzchalar surunkali jigar kasalliklarida uchrab, bunda qo‗l-
oyoq kaftlari biroz qizargan bo‗ladi. Ba‘zan bolalarda har-xil kattalikda
bo‗lgan qon tomirlar o‗smasi-angioma kuzatilishi mumkin.
Terini ko‗rish mobaynida soch va tirnoqlar holatiga ham ahamiyat
berish lozim. Odatda soch yarqiroq ko‗rinishda bo‗ladi. Sochni baholashda uiing
me‘yordagi o‗sganligiga yoki me‘yordan ko‗p (ayniqsa orqa va oyoqlarda) yoki
kamligaga ahamiyat beriladi.
Boshda sochning taroqsimon o‗sishi bolalarda ekssudativ diatezda uchraydi.
Mayin tukning pyoshonada ko‗p o‗sishi bolalarda pilorospazmda, ensa
sohasida sochni to‗kilishi- raxitda, perinatal ensefalopatiyada, qo‗l- oyoqlarda
va orqada sochni ko‗p o‗sishi tuberkulezda kuzatiladi. Sochni siyrak, qattiq,
mo‗rt bo‗lib o‗sishi gipoteriozga xosdir. Qovuq sohasida sochni bevaqt o‗sishi
ichki sekretsiya bezlarining vazifasipi buzilishi bilan bog‗liqdir. Bel umurtqasida va
dumg‗aza sohasida bir muncha sochni ko‗proq o‗sishi umurtqani tug‗ma
berkilmay qolishida (spina hifida) kuzatiladi. Boshda sochning uchoqlik bo‗lmasligi
(kallik) zamburug‗ kasalliklariga xosdir. Soch va tirnoqning tug‗ma rivojlanmagan
bo‗lishi terini irsiy distrofiya belgisi bo‗lishi mumkin.
Tirnoqlar shaklini o‗zgarishi, noto‗g‗ri o‗sishi tirnoq zamburug‗ kasalligida,
qalqonsimon bez kasalligida yoki tirnoqni tug‗ma ektodermal distoplaziyasida
kuzatiladi.
Paypaslash - avval yuzaki, muloyim o‗tkazilib, bunda bola hech qanday
og‗riq sezmasligi zarur. Shifoqorning qo‗li iliq, toza, quruq bo‗lishi
shart. Tekshirish davomida bolaning holatini, mimikasini kuzatib turish va
uning diqqatini tekshirishdan boshqa tomonga chalg‗itish kerak. Terining
paypaslash tufayli uni qalinligini, elastikligini, egiluvchanligini, namligini,
haroratini aniqlanadi. Terining elastikligini aniqlash uchun uni teri osti yog‗
qavatsiz qismidan o‗ng qo‗lning katta va ko‗rsatkich barmoqlari bilan burma
hosil qilib yig‗iladi va qo‗yib yuboriladi. Agar burma birdan tekislanib
ketsa, bunda terining elastikligi normada, agar burma sekin asta tekislansa
elastikligi pasaygan hisoblanadi. Terini burma hosil qilib ushlash qaerda teri
osti yog‗ qavati kam bo‗lgan (ko‗krak qafasi oldi qismida qovurg‗alar ustida,
ko‗l kaftining ustki qismida, tirsak bo‗g‗imida) yerlarda o‗tkazish tavsiya etiladi.
Kuchli darajada kaxeksiyaga olib keluvchi kasalliklarda, oshqozon ichak
kasalliklarida, qisqa vaqtda suyuqlik yo‗qotish natijasida teri qisqa vaqtda
112
noziklashadi va elastikligini yo‗qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |