BOLALAR JISMONIY TARBIYASI
RIVOJLANISH TIZIMI
Dars maqsadi:
Talabalar
jismoniy tarbiya nazariyasining
ma'nbalari va rivojlanish davrlarini o’rgatish.
Tayanch so’zlar va iboralar:
- jismoniy tarbiya jamiyat
maxsuli ekanligi, ijtimoiy xodisa sifatida tarbiyaning boshqa
shakllari bilan bog’likligi ; jismoniy tarbiyaning maqsadi,
uning umumiy vazifalari va tamoyillari; jismoniy tarbiyaning
vositalari, metodik prinsiplari; harakatgao'rgatish,o'qitishning
usullari; jismoniy sifatlarni rivojlantirish.
Asosiy savollar
1.Jismoniy tarbiya nazariyasining manbalari.
2.Jismoniy tarbiya nazariyasining rivojlanish davrlari.
Jismoniy
tarbiya
nazariyasi
va
metodikasi
fani
mutaxasislikka yo'naltirilgan o'quv predmeti sifatida jismoniy
tarbiya mutaxasislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson
jismoniy barkamolligi va unga erishish va boshqarishning
umumiy qonuniyatlarini o'rgatadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy fan sifatida jismoniy
tarbiyaga
oid
mavjud
faktlarni
izoxlab
beradi
va
umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida insonning jismoniy
barkamolligining vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari va
uning uslubiyoti xaqidagi amaliy nazariy bilimlarni beradi,
xayotiy zaruriy harakat malakalari va ko'nikmalari zaxirasini
oshiradi.
O'quv fani sifatida jismoniy madaniyat nazariyasi fani
jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislar tayyorlashda
kasbiy ma'lumot berishning asosiy predmeti bo'lishini taqazo
etadi.
Jismoniy madaniyat nazariyasio'quv fani sifatida 4
qisimdan iborat;
1. Jismoniy madaniyat nazariyasiga kirish.
2. Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy asoslari.
3. Jismoniy madaniyatni tipik yo'nalishga xarakteristika
shakllaridan
foydalanishi.
4. Inson hayotining turli davrlarida jismoniy madaniyatning
ilmiy-amaliy asoslaridan foydalanish.
O'quv fani sifatida shakllanishiga va rivojlanishiga jamiyat
a'zolarining jismoniy tayyorgarligini oshirish mumkinligi
haqida nazariy fikrlarni vujudga kelishi va unga intilish sabab
bo'ldi. Bu bilan insoning jismoniy rivojlanishi boshqarish
mumkinligi xaqidagi qoida va qonunlar ijtimoiy mexnat va
xarbiy amaliyotda yuqori samara berishi isbotlandi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining mazmuni
quyidagilarnio'z ichiga oladi;
- jismoniy tarbiya jamiyat maxsuli ekanligi, ijtimoiy xodisa
sifatida tarbiyaning boshqa shakllari bilan bog’liqligi ;
-jismoniy tarbiyaning maqsadi, uning umumiy vazifalari va
tamoyillari;
-jismoniy tarbiyaning vositalari, metodik prinsiplari;
harakatgao'rgatish,o'qitishning usullari;
-jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
-jismoniy mashqlar va uni o'qitish jarayonini tuzilishi;
-jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarini
tashkilashning shakllari :
- jismoniy tarbiya jarayonining rejalashtirish va uning
hisoboti;
- jismoniy tarbiya usullarini xususiyatlari;
- maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar
jismoniy tarbiyasi;
- sport trenirovkasi jarayoni xarakteristikasi.
Pedagogik jarayon tarzida jismoniy tarbiyani umumiy
qonuniyatlari jismoniy tarbiya nazariyasining o'rganish
predmeti
xisoblanadi.
Umumiy
qonuniyatlar
deganda
axolining xar qanday tabaqasini: bolalar,o'smirlar, yoshlar,o'rta
yoshdagilar, katta va qariyalar xamda jismoniy mashqlar bilan
shug’ullanishni endigina boshlaganlari va malakali
sportchilarning jismoniy tarbiyasini xususiy tomonlarini
tushuniladi.
Sport pedagogikasining ayrim fanlari uslubiyoti (sport
uyinlari, gimnastika, va x.k.larning o'qitish metodikasi )
aloxida mustaqil ajratilgan ilmiy vao'quv fanlari tarzida
shakllangan. Jismoniy tarbiya nazariyasi fani esa ularni yagona
nazariy va uslubiy asoslar bilan qurollantiradi, o'rganish
predmeti xarakteriga ko'ra pedagogika fanlari tizimidagi fan
sifatidao'z qoidalarini ijtimoiy, psixologik va biologik faktorlar
xisobiga to'ldiradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining rivojlanishi
uchun quydagilar asosiy manbalar hisoblanadi.
- mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportni
yuksaltirishning yo'llari va xozirgi paytdagi axvoli, shu
haqidagi hukumat qarorlari, qonunlari;
-jamiyatning rivojlanishi davomida insonni xar tomonlama
kamol toptirish xaqidagi ilg’or ta'limotlar. Bu ta'limotlar
insonni xar tomonlama rivojlanishi huquqinigina ovoza qilish
bilan kifoyalanmaydi, uning mazmunini ochishga o'rganish
hamda shu g'oyalarni amalga oshirish yo'llarini nazariy, amaliy
jihatdan asoslashdan iboratdir;
-jimoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati soxasi bo'yicha
olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va boshqa aralash fanlarning
jismoniy tarbiyaga oid to'plagan nazariy, amaliy bilimlar
tizimi;
- jismoniy turmush tarzining xayotiy amaliyoti tajribasi,
jamiyatning yuqori jismoniy tayergarlikka ega bo'lgan
kishilarga talabi;
- jamiyat a'zolarinnign jismoniy tarbiya qonuniyatlarini
bilishi va shu asosda inson jismoniy kamoloti tizimini tuzish
va uni boshqarishga intilishini vujudga kelishi;
- jismoniy tarbiya tizimi mavjud jamiyat ma'naviyatining
bir bo'lagi xisoblangan jismoniy madaniyat konsepsiyalari;
- jismoniy tarbiya amaliyoti manba sifatida nazariy
qoidalarning xayotiyligini tekshiradi, amaliyotdagi tug’ilgan
original g'oyalardan foydalanadi va ular esa tarbiya nazariyasi
va metodikasini boyitadi.
- arxiv materiallari, shaxsiy kuzatish natijalari (kundaliklar,
sportchilar va ularning murabbiylarining rejalari va x.k.lar)
jismoniy tarbiya nazariyasining boyitadi va unga manbaa bo'lib
xizmat qiladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining rivojlanishi
bir necha davrlarni uz ichiga oladi.
Birinchi davr - insono'zining ijtimoiy faoliyati davomida
harakat-faoliyatini organizmga ta'siri xaqidagi eng dastlabki
(emperik) bilimlari (Ponamarev. N.I. 1975 ). Eng dastlabki
emperik-bilimlarning
to'planishi
"mashqlanganlik"ning
foydasini sezib, ma'nosiga yetish va tajribasini uzatish
usullarini
anglashga
imkon
yaratadi.
Bu
"jismoniy
mashqlar"ning va "jismoniy tarbiya"ning paydo bo'lishi uchun
sharoit yaratilishida omil bo'lib xizmat kiladi.
Ikinchi davr - jismoniy tarbiya jarayonida qo'llanila
boshlagan birinchi uslubiyotlarning yaratilishi - qadimgi
Yunonistonda quldorlik davlati davrini va o'rta asrni o'z ichiga
oladi.
Jismoniy tarbiyadagi bu uslublar tajribilar orqali vujudga
keltirilgan bo'lib filosoflar, pedagoglar, vrachlar, odam
organizmini faoliyati qonuniyatlarini xali bilmasligi sababli
jismoniy mashqlar ta'siri mexanizmini tushuntira olmas,
shunga ko'ra jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishning
foydasini tashqi ko'rinishlariga qarab baholardilar.
Yunonistonning jismoniy tarbiya uslubiyati aytarli darajada
keng tarqalgan bo'lib, u mavjud vositalar va usulubiyotlarni
kuch, chidamlilik va boshqa harakat sifatlarini rivojlantirish
uchun ularni yagona tizimiga birlashtira olgan edi. O'rta
asrlarning o'rtalarida uslubiyotlarning xillari ortdi. Gimnastika,
suzish,o'yinlar, kamon otish, otda chopish, qilichbozlik
bo'yicha dastlabki qo'llanmalar paydo bo'ldi.
Uchinchi davr - jismoniy tarbiya xaqidagi nazariy bilimlarni
intensiv to'planishi. Uyg’onish davridan XIX asrning
oxirigacha bo'lgan davrnio'z ichiga oladi. Inson tarbiyasi
unio'qitish
davolash
xaqidagi
fanning
rivojlanishning
filosoflar, pedagogik va tibbiy ma'lumotlarning, bilimlarning
vujudga kela boshlagan davri.
Bu ma'lumotlar xali turlicha edi. Chunki ular ko'pinchao'sha
davrda mustaqilroq sanalgan filosofiya, pedagogika, meditsina
fanlari tarkibida voyaga yetar edi. Yo'l-yo'lakay ammo, zarur
bo'lgan darajada bunday ilmiy fanlarning vakllari ko'pinchao'z
muammolarini jismoniy tarbiyaning rolini hisobga olmay hal
qilish mumkin emasligini tushuna boshladilar.
To'rtinchi davr - XIX asrning oxiri. Jismoniy tarbiyaning
nazariyasi va metodikasi ilmiy va o'quv fani sifatida shakllanib
bordi. Bu davrning xarakterli tomoni shundaki, fan sifatida
jismoniy tarbiya jamiyat hayotining boshqa jabhalariga xam
ta'sir ko'rsata boshladi. Jismoniy tarbiya nazariyasi
olimlaridan biri Petr Fransevich Lesgaft o'zining tarix,
anatomiya, pedagogika, antropologiya, jismoniy tarbiya
metodikasiga oid asarlar bilan hozirgi zamon jismoniy tarbiya
nazariyasi va metodikasini mustaqil ilmiy - nazariy va o'quv
fani ekanligini ilmiy, amaliy isbotladi.
Beshinchi davr - rivojlangan mamlakatlar va sobiq sho'ro
davlati olimlarining izlanishlari davri bo'lib, fanning intensiv
rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan xoldao'sha
davrda ilg’or hisoblangan metodlarga tayanib amalga oshirildi.
Jismoniy tarbiya nazariyasini boshqa fanlar bilan
bog’liqligi. Jismoniy tarbiya muammolarini kompleksli xal
etishda butun bir olimlar jamoalari,
mutaxassislashtirilgan ilmiy vao'quv muassasalari samarali
mexnat qildilar. Amaliy materiallarning mo'lligi, yangi
qonuniyatlarni ochilishi, dastlabki yagona jismoniy tarbiya
nazariyasi va metodikasining differensiallanishiga olib keldi.
Yangi maxsus fanlar "Jismoniy madaniyatni tashkillash va
boshqarish", "Jismoniy mashqlar biomexanikasi", "Sport
psixologiyasi ", "Sport metrologiyasi ", "Sport fiziologiyasi",
"Davolash fizkulpturasi", "Jismoniy mashqlar gigienasi "
vaboshqalar ajralib chiqdi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va
metodikasi kursida pedagogik jarayon muammolarini umumiy
psixologiya, pedagogika, fiziologiya, va boshqa fanlarning
dalillarsiz to'la izoxlab, isbotlab bo'lmaydi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi qator ilmiy fanlar
bilan chanbarchas bogliq. Har qanday fan faqatgina o'zining
ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa to'laqonli samara
bera olmaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bir
necha fanlar qo'shilishi orqali maxsus pedagogik muammolarni
hal qiladigan predmetga aylangan.
Jismoniy tarbiyaning butun bir pedagogik muxitini o'z
ichiga olgan boshlang’ich, keng ilmiy izlanish va o'qitish
predmetidan asta - sekinlik bilan maxsus sport sohasi fanlari
ajralib chiqa boshlagan (gimnastika, yengil atletika,
sporto'yinlari fanlari va boshqalar). Ammo jismoniy
mashqlarning aloxida turlari uchun kerakli bo'lgan, nisbatan
umumiy qonuniyatlar, qaysiki, hamma turlar uchun ta'sir
ko'rsata olganlari alohida fan bo'lib ajralmadi va ajralib
chiqishi ham mumkin emasdi.
Biologiya fani bilan bog’liqligi - jismoniy tarbiya
vositalarini
shug’ullanuvchilar
organizmiga
ta'sir
reaksiyasinio'rganish kerakligiga aloqadordir. Jismoniy tarbiya
jarayonini samarali boshqarish anatomiya, fiziologiya,
bioximiya, sport tibbiyoti fanlarining qonuniyatlarini hisobga
olish bilangina amalga oshirilishi mumkin.
Shuni esda saqlash lozimki, jismoniy tarbiya nazariyasi va
metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi bir tomonlama
bo'lmay, ikki tomonlamadir. Jismoniy tarbiya xaqidagi fanning
rivojlanishi aralash fanlarga ta'sir etmay qolishi mumkin emas.
Jismoniy madaniyatni va u bilan boliq bo'lgan xodisalarni
o'rganuvchi ilmiy fanlarni shakllanishi, ya'ni differensiyalash
yo'li bilan bog’liq shuning uchun alohida va xususiy
obyektlarga va yo'llanmalarga qo'llash mumkin bo'lgan
jismoniy tarbiyaning ayrim tomonlarini ifodalaydigan xususiy
parometrli ko'pchilik fanlar vujudga keldi. Masalan: ularning
bir qismi gimnastika o'yinlar, yakka kurash, yengil atletika,
suzish va boshqa bir qator xususiy hayotiy amaliy bilimlarni
o'z ichiga oladigan jismoniy tarbiya-sport amaliyotidano'sib
chiqdi.
Boshqa bir qatorlari oldindan shakllangan tabiiy yoki
ilmiy-amaliy fanlar; anotomiya, fiziologiya, psixologiya,
gigiena, bioximiya va boshqa fanlar tarzida tavsiya qilingan.
Jismoniy madaniyat nazariyasini shakllanishida sotsiologiya,
antropologiya, ijtimoiy psixologiya va boshqalar axamiyatli
darajada ta'sir ko'rsatib kelmoqda. Demak, jismoniy madaniyat
nazariyasi kursi o'z ichiga keng kompleksli bilimlarni
mujassamlashtiradi. Bu nazariy bilimlar jismoniy tarbiya va
sport bo'yicha mutaxasisning kasbiy tayyorgarligiga oid
fundamental bilimlar deb tan olinadi. U bo'lajak mutaxassisga
kasbiy faoliyatining mazmunini to'laqonli tushunishiga,o'z
kasbi bo'yicha saviyasi, intelektini kengaytirishga imkoniyat
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |