Bolalar jismoniy tarbiyasi rivojlanish tizimi dars maqsadi



Download 296,83 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.04.2022
Hajmi296,83 Kb.
#600447
Bog'liq
BOLALAR JISMONIY TARBIYASI RIVOJLANISH TIZIMI



BOLALAR JISMONIY TARBIYASI 
RIVOJLANISH TIZIMI 
 
Dars maqsadi: 
Talabalar
 
jismoniy tarbiya nazariyasining 
ma'nbalari va rivojlanish davrlarini o’rgatish.
 
Tayanch so’zlar va iboralar:
- jismoniy tarbiya jamiyat 
maxsuli ekanligi, ijtimoiy xodisa sifatida tarbiyaning boshqa 
shakllari bilan bog’likligi ; jismoniy tarbiyaning maqsadi, 
uning umumiy vazifalari va tamoyillari; jismoniy tarbiyaning 
vositalari, metodik prinsiplari; harakatgao'rgatish,o'qitishning 
usullari; jismoniy sifatlarni rivojlantirish. 


Asosiy savollar 
1.Jismoniy tarbiya nazariyasining manbalari. 
2.Jismoniy tarbiya nazariyasining rivojlanish davrlari. 
Jismoniy 
tarbiya 
nazariyasi 
va 
metodikasi 
fani 
mutaxasislikka yo'naltirilgan o'quv predmeti sifatida jismoniy 
tarbiya mutaxasislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson 
jismoniy barkamolligi va unga erishish va boshqarishning 
umumiy qonuniyatlarini o'rgatadi. 
Jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy fan sifatida jismoniy 
tarbiyaga 
oid 
mavjud 
faktlarni 
izoxlab 
beradi 
va 
umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida insonning jismoniy 
barkamolligining vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari va 


uning uslubiyoti xaqidagi amaliy nazariy bilimlarni beradi, 
xayotiy zaruriy harakat malakalari va ko'nikmalari zaxirasini 
oshiradi. 
O'quv fani sifatida jismoniy madaniyat nazariyasi fani
jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislar tayyorlashda 
kasbiy ma'lumot berishning asosiy predmeti bo'lishini taqazo 
etadi. 
Jismoniy madaniyat nazariyasio'quv fani sifatida 4 
qisimdan iborat;
1. Jismoniy madaniyat nazariyasiga kirish. 
2. Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy asoslari. 
3. Jismoniy madaniyatni tipik yo'nalishga xarakteristika 
shakllaridan


foydalanishi. 
4. Inson hayotining turli davrlarida jismoniy madaniyatning 
ilmiy-amaliy asoslaridan foydalanish.
O'quv fani sifatida shakllanishiga va rivojlanishiga jamiyat 
a'zolarining jismoniy tayyorgarligini oshirish mumkinligi 
haqida nazariy fikrlarni vujudga kelishi va unga intilish sabab 
bo'ldi. Bu bilan insoning jismoniy rivojlanishi boshqarish 
mumkinligi xaqidagi qoida va qonunlar ijtimoiy mexnat va 
xarbiy amaliyotda yuqori samara berishi isbotlandi. 
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining mazmuni 
quyidagilarnio'z ichiga oladi; 
- jismoniy tarbiya jamiyat maxsuli ekanligi, ijtimoiy xodisa 
sifatida tarbiyaning boshqa shakllari bilan bog’liqligi ;


-jismoniy tarbiyaning maqsadi, uning umumiy vazifalari va 
tamoyillari; 
-jismoniy tarbiyaning vositalari, metodik prinsiplari; 
harakatgao'rgatish,o'qitishning usullari; 
-jismoniy sifatlarni rivojlantirish; 
-jismoniy mashqlar va uni o'qitish jarayonini tuzilishi; 
-jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarini 
tashkilashning shakllari : 
- jismoniy tarbiya jarayonining rejalashtirish va uning 
hisoboti; 
- jismoniy tarbiya usullarini xususiyatlari; 
- maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar 
jismoniy tarbiyasi; 


- sport trenirovkasi jarayoni xarakteristikasi. 
Pedagogik jarayon tarzida jismoniy tarbiyani umumiy 
qonuniyatlari jismoniy tarbiya nazariyasining o'rganish 
predmeti 
xisoblanadi. 
Umumiy 
qonuniyatlar 
deganda 
axolining xar qanday tabaqasini: bolalar,o'smirlar, yoshlar,o'rta 
yoshdagilar, katta va qariyalar xamda jismoniy mashqlar bilan 
shug’ullanishni endigina boshlaganlari va malakali 
sportchilarning jismoniy tarbiyasini xususiy tomonlarini 
tushuniladi. 
Sport pedagogikasining ayrim fanlari uslubiyoti (sport 
uyinlari, gimnastika, va x.k.larning o'qitish metodikasi ) 
aloxida mustaqil ajratilgan ilmiy vao'quv fanlari tarzida 
shakllangan. Jismoniy tarbiya nazariyasi fani esa ularni yagona 


nazariy va uslubiy asoslar bilan qurollantiradi, o'rganish 
predmeti xarakteriga ko'ra pedagogika fanlari tizimidagi fan 
sifatidao'z qoidalarini ijtimoiy, psixologik va biologik faktorlar 
xisobiga to'ldiradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining rivojlanishi 
uchun quydagilar asosiy manbalar hisoblanadi. 
- mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportni 
yuksaltirishning yo'llari va xozirgi paytdagi axvoli, shu 
haqidagi hukumat qarorlari, qonunlari; 
-jamiyatning rivojlanishi davomida insonni xar tomonlama 
kamol toptirish xaqidagi ilg’or ta'limotlar. Bu ta'limotlar 
insonni xar tomonlama rivojlanishi huquqinigina ovoza qilish 
bilan kifoyalanmaydi, uning mazmunini ochishga o'rganish 


hamda shu g'oyalarni amalga oshirish yo'llarini nazariy, amaliy 
jihatdan asoslashdan iboratdir; 
-jimoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati soxasi bo'yicha 
olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va boshqa aralash fanlarning 
jismoniy tarbiyaga oid to'plagan nazariy, amaliy bilimlar 
tizimi; 
- jismoniy turmush tarzining xayotiy amaliyoti tajribasi, 
jamiyatning yuqori jismoniy tayergarlikka ega bo'lgan 
kishilarga talabi; 
- jamiyat a'zolarinnign jismoniy tarbiya qonuniyatlarini 
bilishi va shu asosda inson jismoniy kamoloti tizimini tuzish 
va uni boshqarishga intilishini vujudga kelishi; 


- jismoniy tarbiya tizimi mavjud jamiyat ma'naviyatining 
bir bo'lagi xisoblangan jismoniy madaniyat konsepsiyalari; 
- jismoniy tarbiya amaliyoti manba sifatida nazariy 
qoidalarning xayotiyligini tekshiradi, amaliyotdagi tug’ilgan 
original g'oyalardan foydalanadi va ular esa tarbiya nazariyasi 
va metodikasini boyitadi.
- arxiv materiallari, shaxsiy kuzatish natijalari (kundaliklar, 
sportchilar va ularning murabbiylarining rejalari va x.k.lar) 
jismoniy tarbiya nazariyasining boyitadi va unga manbaa bo'lib 
xizmat qiladi. 
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining rivojlanishi 
bir necha davrlarni uz ichiga oladi. 


Birinchi davr - insono'zining ijtimoiy faoliyati davomida 
harakat-faoliyatini organizmga ta'siri xaqidagi eng dastlabki 
(emperik) bilimlari (Ponamarev. N.I. 1975 ). Eng dastlabki 
emperik-bilimlarning 
to'planishi 
"mashqlanganlik"ning 
foydasini sezib, ma'nosiga yetish va tajribasini uzatish 
usullarini 
anglashga 
imkon 
yaratadi. 
Bu 
"jismoniy 
mashqlar"ning va "jismoniy tarbiya"ning paydo bo'lishi uchun 
sharoit yaratilishida omil bo'lib xizmat kiladi. 
Ikinchi davr - jismoniy tarbiya jarayonida qo'llanila 
boshlagan birinchi uslubiyotlarning yaratilishi - qadimgi 
Yunonistonda quldorlik davlati davrini va o'rta asrni o'z ichiga 
oladi. 


Jismoniy tarbiyadagi bu uslublar tajribilar orqali vujudga 
keltirilgan bo'lib filosoflar, pedagoglar, vrachlar, odam 
organizmini faoliyati qonuniyatlarini xali bilmasligi sababli 
jismoniy mashqlar ta'siri mexanizmini tushuntira olmas, 
shunga ko'ra jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishning 
foydasini tashqi ko'rinishlariga qarab baholardilar. 
Yunonistonning jismoniy tarbiya uslubiyati aytarli darajada 
keng tarqalgan bo'lib, u mavjud vositalar va usulubiyotlarni 
kuch, chidamlilik va boshqa harakat sifatlarini rivojlantirish 
uchun ularni yagona tizimiga birlashtira olgan edi. O'rta 
asrlarning o'rtalarida uslubiyotlarning xillari ortdi. Gimnastika, 
suzish,o'yinlar, kamon otish, otda chopish, qilichbozlik 
bo'yicha dastlabki qo'llanmalar paydo bo'ldi. 


Uchinchi davr - jismoniy tarbiya xaqidagi nazariy bilimlarni 
intensiv to'planishi. Uyg’onish davridan XIX asrning 
oxirigacha bo'lgan davrnio'z ichiga oladi. Inson tarbiyasi 
unio'qitish 
davolash 
xaqidagi 
fanning 
rivojlanishning 
filosoflar, pedagogik va tibbiy ma'lumotlarning, bilimlarning 
vujudga kela boshlagan davri. 
Bu ma'lumotlar xali turlicha edi. Chunki ular ko'pinchao'sha 
davrda mustaqilroq sanalgan filosofiya, pedagogika, meditsina 
fanlari tarkibida voyaga yetar edi. Yo'l-yo'lakay ammo, zarur 
bo'lgan darajada bunday ilmiy fanlarning vakllari ko'pinchao'z 
muammolarini jismoniy tarbiyaning rolini hisobga olmay hal 
qilish mumkin emasligini tushuna boshladilar. 


To'rtinchi davr - XIX asrning oxiri. Jismoniy tarbiyaning 
nazariyasi va metodikasi ilmiy va o'quv fani sifatida shakllanib 
bordi. Bu davrning xarakterli tomoni shundaki, fan sifatida 
jismoniy tarbiya jamiyat hayotining boshqa jabhalariga xam 
ta'sir ko'rsata boshladi. Jismoniy tarbiya nazariyasi 
olimlaridan biri Petr Fransevich Lesgaft o'zining tarix, 
anatomiya, pedagogika, antropologiya, jismoniy tarbiya 
metodikasiga oid asarlar bilan hozirgi zamon jismoniy tarbiya
nazariyasi va metodikasini mustaqil ilmiy - nazariy va o'quv 
fani ekanligini ilmiy, amaliy isbotladi. 
Beshinchi davr - rivojlangan mamlakatlar va sobiq sho'ro 
davlati olimlarining izlanishlari davri bo'lib, fanning intensiv 


rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan xoldao'sha 
davrda ilg’or hisoblangan metodlarga tayanib amalga oshirildi. 
Jismoniy tarbiya nazariyasini boshqa fanlar bilan 
bog’liqligi. Jismoniy tarbiya muammolarini kompleksli xal 
etishda butun bir olimlar jamoalari,
mutaxassislashtirilgan ilmiy vao'quv muassasalari samarali 
mexnat qildilar. Amaliy materiallarning mo'lligi, yangi 
qonuniyatlarni ochilishi, dastlabki yagona jismoniy tarbiya 
nazariyasi va metodikasining differensiallanishiga olib keldi. 
Yangi maxsus fanlar "Jismoniy madaniyatni tashkillash va 
boshqarish", "Jismoniy mashqlar biomexanikasi", "Sport 
psixologiyasi ", "Sport metrologiyasi ", "Sport fiziologiyasi",
"Davolash fizkulpturasi", "Jismoniy mashqlar gigienasi " 


vaboshqalar ajralib chiqdi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va 
metodikasi kursida pedagogik jarayon muammolarini umumiy 
psixologiya, pedagogika, fiziologiya, va boshqa fanlarning 
dalillarsiz to'la izoxlab, isbotlab bo'lmaydi. 
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi qator ilmiy fanlar 
bilan chanbarchas bogliq. Har qanday fan faqatgina o'zining 
ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa to'laqonli samara 
bera olmaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bir 
necha fanlar qo'shilishi orqali maxsus pedagogik muammolarni 
hal qiladigan predmetga aylangan. 
Jismoniy tarbiyaning butun bir pedagogik muxitini o'z 
ichiga olgan boshlang’ich, keng ilmiy izlanish va o'qitish 
predmetidan asta - sekinlik bilan maxsus sport sohasi fanlari 


ajralib chiqa boshlagan (gimnastika, yengil atletika, 
sporto'yinlari fanlari va boshqalar). Ammo jismoniy 
mashqlarning aloxida turlari uchun kerakli bo'lgan, nisbatan 
umumiy qonuniyatlar, qaysiki, hamma turlar uchun ta'sir 
ko'rsata olganlari alohida fan bo'lib ajralmadi va ajralib 
chiqishi ham mumkin emasdi. 
Biologiya fani bilan bog’liqligi - jismoniy tarbiya 
vositalarini 
shug’ullanuvchilar 
organizmiga 
ta'sir 
reaksiyasinio'rganish kerakligiga aloqadordir. Jismoniy tarbiya 
jarayonini samarali boshqarish anatomiya, fiziologiya, 
bioximiya, sport tibbiyoti fanlarining qonuniyatlarini hisobga 
olish bilangina amalga oshirilishi mumkin. 


Shuni esda saqlash lozimki, jismoniy tarbiya nazariyasi va 
metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi bir tomonlama 
bo'lmay, ikki tomonlamadir. Jismoniy tarbiya xaqidagi fanning 
rivojlanishi aralash fanlarga ta'sir etmay qolishi mumkin emas. 
Jismoniy madaniyatni va u bilan boliq bo'lgan xodisalarni 
o'rganuvchi ilmiy fanlarni shakllanishi, ya'ni differensiyalash 
yo'li bilan bog’liq shuning uchun alohida va xususiy 
obyektlarga va yo'llanmalarga qo'llash mumkin bo'lgan 
jismoniy tarbiyaning ayrim tomonlarini ifodalaydigan xususiy 
parometrli ko'pchilik fanlar vujudga keldi. Masalan: ularning 
bir qismi gimnastika o'yinlar, yakka kurash, yengil atletika, 
suzish va boshqa bir qator xususiy hayotiy amaliy bilimlarni 


o'z ichiga oladigan jismoniy tarbiya-sport amaliyotidano'sib 
chiqdi. 
Boshqa bir qatorlari oldindan shakllangan tabiiy yoki
ilmiy-amaliy fanlar; anotomiya, fiziologiya, psixologiya, 
gigiena, bioximiya va boshqa fanlar tarzida tavsiya qilingan. 
Jismoniy madaniyat nazariyasini shakllanishida sotsiologiya, 
antropologiya, ijtimoiy psixologiya va boshqalar axamiyatli 
darajada ta'sir ko'rsatib kelmoqda. Demak, jismoniy madaniyat 
nazariyasi kursi o'z ichiga keng kompleksli bilimlarni
mujassamlashtiradi. Bu nazariy bilimlar jismoniy tarbiya va 
sport bo'yicha mutaxasisning kasbiy tayyorgarligiga oid 
fundamental bilimlar deb tan olinadi. U bo'lajak mutaxassisga 
kasbiy faoliyatining mazmunini to'laqonli tushunishiga,o'z 


kasbi bo'yicha saviyasi, intelektini kengaytirishga imkoniyat 
beradi.

Download 296,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish