Bolalar jismoniy tarbiyasi fanidan


Ibn Sino qayd qilib o‘tgan badantarbiya turlariga



Download 35,36 Mb.
bet4/50
Sana02.07.2022
Hajmi35,36 Mb.
#733197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
6.Mavzular to\'plami

Ibn Sino qayd qilib o‘tgan badantarbiya turlariga:


  • o‘zaro tortishish (arqon tortish);


  • musht bilan turtishish (boks);


  • kamondan o‘q otish;


  • tez yurish (sportcha yurish);


  • nayza otish;


  • irqib osilish (gimnastika, uskunalarda osilish mashqlari);


  • bir oyoqda sakrash;


  • qilichbozlik;


  • nayzabozlik;


  • otda yurish;


  • ikki qo‘lini silkitish (umumiy gimnastika mashqlari);


  • bir vaqtda oyoq uchlarida turib qo‘llarini oldiga va orqaga cho‘zib tez harakat qilish mashqlari kiradi.


Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, buyuk olim Abu Ali ibn Sino tavsiya qilgan badantarbiya mashqlarining turlari bugun bizga yetib kelibgina qolmay, balki shu turlardan xalqaro musobaqalar o‘tkazilib kelinayapti, ushbu harakat o‘yinlari Osiyo va Olimpiada o‘yinlari dasturidan ham o‘rin olgan. Bu tur musobaqalarini ta’lim muassasalari sharoitida ham o‘tkazilishi nazarda tutiladi.

Demak, yosh avlodni hozirgi zamon talablariga tayyor bo‘lishi va muammolarni hal qilishga to‘g‘ri yo‘lni tanlashi uchun sog‘lom, baquvvat bo‘lishi kerak. Buning uchun biz, ta’lim-tarbiya jarayonida shaxsni har tomonlama jismonan baquvvat, barkamol qilib tarbiyalashda:


  • jismoniy mashqlar,


  • to‘g‘ri ovqatlanish,


  • uyqu,

  • badanni toza tutish qoidalariga amal qilishni, bularning barchasi inson sog‘ligini saqlashda muhim omillardan ekanligini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan muntazam tushuntirib borishimiz lozim.

Abu Ali ibn Sino o‘zidan ilgari yaratilgan barcha fan va madaniyat yodgorliklarini egalladi, ularning ko‘p tarmoqlarini rivojlantirdi, natijada uning ilmiy merosi jahon fani va madaniyatiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi.

Jismoniy tarbiyaga buyuk sohibqiron Amir Temur ham katta e’tibor bergan. Sharqda dilovarlik tarbiyasi, ya’ni yoshlarda mardlik, jasurlikni tarbiyalash asosiy masalalardan sanalgan. Yigitlar bolalikdan merganlik, chavandozlik, suvda suzish, ovchilik, qilichbozlik, shaxmat o‘yini kabilarni mohir murabbiylardan o‘rganib, bu borada mashq qilar edilar.

Buyuk sohibqiron shunday ta’kidlaydi: “Cherik tuzib, navkar olmoqda uch qoidaga amal qildim: birinchidan, yigitning kuch-quvvatiga, ikkinchidan, uning qilichni o‘ynata olishiga, uchinchidan, aql-zakovatiyu kamolotiga e’tibor qildim. Shu uch fazilat jamul-jam bo‘lsa, navkarlik izmatiga oldim. Negakim, kuch-quvvatli yigit har qanday qiyinchiliklarga, azobu-uqubatlarga chidamli bo‘ladi, qilich o‘ynata oladigan kishi raqibini mag‘lub eta oladi, oqil navkar har joyda aql-idrokini ishga solib, mushkulotni bartaraf etmog‘i mumkin”, - deb askarlarning faqat jismoniy emas, balki aqlan ham barkamol bo‘lishiga e’tibor bergan.



Ulug‘ adib Abdulla Avloniyning fikricha, yosh avlodning sog‘lom fikr, yaxshi axloq va ma’rifat egasi bo‘lishi uchun eng avvalo unga badan tarbiyasi nihoyatda zarur: “Badan tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh ikkisi bir choponning o‘ng ila tersi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponning ustini kuyub, astarini yuvib, ovora bo‘lmoq kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur”. Adib jism va ruh shakl va mazmunning bir-biriga mutanosibligi masalasiga alohida to‘xtaladi.

Jismoniy tarbiya feodalizm va kapitalizm tuzumlarida ham rivojlanib, shakllanib bordi. Bolalarni yoshlik davridan boshlab sportga jalb etish, sport jamiyatlari tuzish, turli xil sport o‘yinlari, musobaqalar tashkil etila boshlandi.

O‘zbekistonda ham sport va jismoniy tarbiyaning rivojla- nishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Sharq mutafakkirlari- ning konseptual-metodologik merosidan, xalq pedagogikasi an’analaridan diniy tarbiya jarayonida xalqimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa allomalarning jismoniy tarbiyaga oid hozir ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan va ilmiy asarlardan samarali foydalanib kelgan. Chunonchi, tibbiy olamning sultoni Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida “Jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug‘ullangan odam hech qachon davolanishga muhtoj bo‘lmaydi”, - deb aytgan.

Sohibqiron Amir Temur o‘z “Tuzuklari”da shunday deydi: “Qo‘shin tarkibiga yosh navkarlar olishda 3 qoidaga amal qi- lindi: Bitinchisi - sog‘lom va baquvvat bo‘lishi, ikkinchisi - qilichdan mohirona foydalanishi, uchinchisi - aql-zakovatiga va barkamolligiga”.

Ulug‘ munajjim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning peda- gogik qarashlari diqqatga sazovordir. Uning “Farzandingiz sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sishini istasangiz, uni kichik yosh- dan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullantiring va chiniqtiring”, degan so‘zlarining ahamiyati beqiyosdir.

Hozirgi davrda O‘zbekistonda va rivojlangan mamlakat- larda jismoniy tarbiya va sport yuqori rivojlanish darajasiga ko‘tarilgan.

O‘zbekistonda jismoniy tarbiyani tashkil etish maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida, maxsus sport ta’lim muassasalarining o‘quv rejalariga fan sifatida kiritilib, o‘qitiladi.

O’zbekistonda sportni rivojlantirish borasida, ayniqsa, yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, yoshlarnijismonan sog‘lom va baquvvat, ma’nan barkamol avlod bo‘lib yetishtirish, aholining turmush darajasi va sog‘lig‘ini mustahkamlash, sport maydonchalari va shaharchalari, sport inshootlari qurish, xalqaro musobaqalar tashkil etish borasida xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Sportni rivojlantirish va targ‘ib qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylantirildi. Jumladan, Respublikamizda 1993-yil 4-mart kuni “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi, 1995-yil 13-aprelda “Sog‘lom avlod uchun” oynomasi, 1998-yilda “O‘zbekiston iftixorlari” unvoni ta’sis etildi, 2000-yil - “Sog‘lom avlod yili”, 2001-yil “Ona va bola yili”, 2002-yilning 24-oktabrida “O‘zbe- kistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish” to‘g‘risida farmon qabul qilindi. 2005-yil - “Sihat-salomatlik yili”, 2008-yil - “Yoshlar yili”, 2010-yil - “Barkamol avlod yili”, 2012-yil - “Mustahkam oila yili”, 2013-yil - “Obod turmush yili”, 2014-yil - “Sog‘lom bola yili”, 2016 - yil “Sog’lom ona va sog’lom bola” yili deb e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasida sportga berilayotgan yuqori e’tibor natijasida jahon miqyosida yuqori natijalarga erishgan Muhammadqodir Abdullayev, Artur Grigoryan, Lazizbek Zokirov, Timur Tulyakov, Shuhrat Xojayev, Lina Chiryazova, Olmos Yusupov, Abbos Atoyev, Rishod Sobirov, Ruslan Nuritdinov singari elga manzur va mashhur sportchilar yetishib chiqdilar. Xususan sportchilarimiz 2016-yili Braziliyada o’tgan Olimpiya o’yinlarida 13 ta, Paralimpiya o’yinlarida 31 ta medalga sazavvor bo’lib, yurtimiz sporti tarixidagi eng yuqori natijalarga erishdi.
Nazorat uchun savollar



  1. Jismoniy tarbiyaning rivojlanish tarixi va bosqichlarini aytib bering.


  2. Mustaqil O ‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi borasida qanday ishlar amalga oshirilgan?


Download 35,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish