Bolalar jismoniy tarbiyasi fanidan


Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining vositalari



Download 35,36 Mb.
bet18/50
Sana02.07.2022
Hajmi35,36 Mb.
#733197
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
6.Mavzular to\'plami

Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining vositalari
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasida tabiatning sog’lomlashtirish kuchlari, gigienik omillar va jismoniy mashqlar katta ahamiyatga ega. Yuqoridagilarning ta’siridan tashqari, bolaning kunlik harakat faoliyati (har kunlik harakati, rasm chizish, har xil o’yinlar, musiqa, jismoniy mehnat) shunday rejalashtirilishi kerakki, bularning hammasi uning rivojlanishiga imkoniyat yaratsin. Mashqlarni ham tanlab berish lozim, toki ular mushaklar kuchini yaxshilashga yordam bersin.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda hamma organ va tizimlarni, jarayonlarni ishga solib, chidamlilik sifatini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Yurish, yugurish, suzish va velosipedda uchish mashqlarining me’yori barobariga orttirilsa, bu sifat rivojlanadi. Bu, o’z navbatida, shug’ullanuvchilar yoshini hisobga olishni unutmaslik lozimligini taqozo etadi.
Bu yoshda tayanch-harakat apparati egiluvchan bo’ladi. Uning qobiliyatini susaytirmaslik uchun yoshga to’g’ri keladigan jismoniy mashqlarning barchasidan samarali foydalanish darkor.


Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash shakllari
Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi davlat va jamoat muassasalarida olib boriladi. Davlat muassasalari yaslilar, bolalar bog’chalari; jamoat muassasalari mahkamalar, korxonalar, xususiy bog’chalar. Jismoniy tarbiya, asosan, davlat muassasalarida amalga oshiriladi.
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida bu yoshdagi bolalarda chaqqonlik, tezlik, kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlari tarbiyalanadi. Ularning anatomik-fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olsak, chaqqonlik va tezlik sifatlarini tarbiyalash imkoniyati ularda boshqa sifatlarga nisbatan ko’proq bo’ladi, kuch va chidamlilik sifatlarini tarbiyalashda esa, aksincha, extiyotkor bo’lish zarur. Lekin bu sifatlarni rivojlantirish umuman to’xtatib qo’yilmaydi, chunki kuch va chidamlilik elementlari har bir harakat faoliyati uchun zarur, bu sifatlar tarbiyachining xohishisiz ham boshqa harakat faoliyatlari davomida, xususan, yurish, sakrash, uloqtirishdek harakatlar tarkibida baribir namoyon bo’ladi.
Bu yoshdagi bolalar asab tizimining egiluvchanligi jismoniy sifatlarni bir tekisda rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. Chunki asab tizimidagi qo’zg’alish va tormozlanish birini ikkinchisi bilan tez almashtirish qobiliyati bilan bog’liq. Ayniqsa, harakatli o’yinlar davomida oldindan rejalashtirilmagan, o’yin faoliyati uchun zarur bo’lgan favquloddagi harakatlarni bajarishga to’g’ri keladi va ular qisqa vaqt ichida bir-biri bilan tez o’rin almashinishda namoyon bo’ladi. Bu esa chaqqonlik sifatini oson rivojlantirishga sharoit yaratadi.
Asab jarayoni jismoniy sifatlarning rivojlanishini tezlashtiradi. qisqa vaqt mobaynida o’rtacha tezkorlik bilan yugurish, velosipedda uchish va boshqa mashqlar tezlikning rivojlanishiga omil bo’ladi. Bu mashqlarda, albatta, me’yorni to’g’ri tanlash va ularning o’zaro o’rin almashinishi muhim ahamiyatga egadir.
Bu yoshdagi bolalarda bo’yin, qorin, orqa, bel mushaklari kuchsiz bo’lib, qomat yaxshi rivojlanmaydi. Shunga ko’ra, ushbu guruh mushaklarini rivojlantirish uchun yurish, yugurish, tanani bukib va rostlab bajariladigan mashqlarni to’g’ri tanlab olish, harakatlar tezligini orttirish va boshqa tadbirlar juda muhim. Bularsiz bola kundalik hayotida uchraydigan jismoniy mashqlarni bajarishda, jismoniy mehnatda qiyinchilikka uchragan bo’lar edi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashq berishdan oldin ularga o’sha mashqning ahamiyati, bajarish texnikasi, harakatli o’yin qoidalari, umumiy va shaxsiy gigiena qoidalari, tanani tarbiyalashning ayrim elementlari haqida tushuncha berib borish lozim. Bu yoshdagi bolalarni jismoniy mashqni yakka holda mustaqil va guruh bilan bajarishga o’rgatish kerak. Kichik guruhlarda jismoniy mashqlarni bajarishga o’rgatish, o’zining sport malakasi o’sayotganiga va katta sportchilarning natijalariga qiziqish, o’zaro do’stlik, hamjihatlik, o’yinchoqlarga munosabat masalalariga, axloq me’yorlarining rivojlanishiga e’tibor beriladi. Ularda jismoniy tarbiyani shunday yo’lga qo’yish kerakki, bunda zarur jismoniy sifatlarni o’stirish aqliy, axloqiy va estetik tarbiya bilan qo’shib olib borilsin. Ularga estetikadan tana tuzilishi, qomatni to’g’ri tutib yurish, harakatlarning ravon hamda chiroyliligi, kiyim-boshni ehtiyotlash va boshqalar to’g’risida tushuncha berish kerak bo’ladi.
Maktab yoshigacha bo’lgan bolalarda aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish, diqqat, idrok, tushuncha, tasavvur, tafakkurni o’stirish va boshqa xislatlarni mustahkamlash jismoniy tarbiya jarayonining asosiy mazmuniga aylantiriladi.


Download 35,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish