Bolalar folklori va xalq o’yinlari Reja: - Bolalar folklori haqida umumiy malumot.
- O’zbek xalq allalari.
- Aytim olqishlar va erkalama ovutmachoqlar.
- Bolalarning o’yin qo’shiqlari.
- Bolalar folklorining o’ziga xos xususiyatlari.
Bolalar folklori haqida umumiy ma’lumot Bolalar folklori — xalq ogʻzaki ijod namunalari. Odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, oʻyiniga, qoʻshigʻiga moslangan boʻladi. Oʻzbekistonda Bolalar folklori namunalari toʻplam holida 1932-yildan nashr etila boshladi. “Bulbulcha” raqs ansambli Oʻzbek Bolalar folklori: alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar oʻyin qoʻshiqlari, erkalama, hukmlagichlar, aytishuvlar masxaralama va boshqalarni oʻz ichiga oladi O’zbek xalq allalari. Alla — beshik qo’shig’i, u xalq og’zaki ijodi namunalarida ham keng kuylangan. Bolani yo’rgaklash, beshikka solish, uxlatish, uyg’ongan bolani yo’rgakdan yechib olish singari mashg’ulotlar kuylar, chiroyli ohangdor so’zlar bilan bezalgan bo’ladi… Bunday dilni erkalovchi qo’shiqlar bolaga ham xush yoqqan – ana shu she’riy to’qimalar turli voqealarga, ayrim marosimlarga bog’lab aytilgan bu qo’shiqni alla qo’shiqlari deyishgan.Alla aytishni o’rgatuvchi, badihago’y ayollar bo’lgan. Bunday ayollarga enagalar ham kiradi. Alla bola tug’ilgandan to beshikdan chiqquncha aytilgan. Abu Ali ibn Sino o’zining mashhur «Tib qonunlari» kitobida bola tarbiyasida allaning ahamiyati to’g’risida shunday yozadi: «Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun, unga ikki narsani qo’llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi uni uxlatish uchun odat bo’lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo’lgan iste’dodi hosil bo’ladi». Beshik qo’shiqlari onalarning orzu va armonlari bilan birgalikda turli tarixiy voqealar, ijtimoiy hayotga munosabat ham bayon etiladi. Onalar hech kimga aytolmagan yurak dardlarini chaqalog’iga, bolasiga alla orqali aytgan va bundan ma’lum darajada yengil tortgan. Qo’li arslon bilakligim, alla, Botir, qoplon yurakligim, alla. Yaxshi-yomon kunimda, alla. Menga juda kerakligim, alla. Alla o’z davrining lirik kayfiyatdagi ruhiy ko’zgudir. Onaning yoqimli ohanglari ichida davr muhiti, kishilar tirikchiligi, ijtimoiy-maishiy hayot, kishilar o’rtasidagi munosabatlar, qarama-qarshiliklar oddiy so’zlarning go’zal va badiiy, ruhiy qudrati o’z ifodasini topgan. …Guli savsarni ko’ring, alla, Suvga qarab qayriladir, alla. Bevafo yorni ko’ring, alla. O’lmay turib ayriladir, alla… Alla – umuminsoniy qo’shiqdir. U turli tillarda aytilishi mumkin, ammo uning zamirida bir narsa onaning farzandiga cheksiz mehru muhabbati yotadi… AYTIM ОLQISHLAR Hоy-hоyasi bоrdir shuning, Hоy-hоyasi bоrdir shuning, Zap dоyasi bоrdir shuning, Zap dоyasi bоrdir shuning, Mard оtasi bоrdir shuning, Mard оtasi bоrdir shuning, Bеk buvasi bоrdir shuning, Bеk buvasi bоrdir shuning, Jоn buvisi bоrdir shuning, Jоn buvisi bоrdir shuning, Zo`r akasi bоrdir shuning, Zo`r akasi bоrdir shuning, Uzоq-uzоq jоylarda Uzоq-uzоq jоylarda Baхshidasi bоrdir shuning. Baхshidasi bоrdir shuning. ERKALAMA VA ОVUTMACHОQLAR Yig`lama-еy, yig`lama, Yig`lama-еy, yig`lama, Ilik chaqib bеraman. Ilik chaqib bеraman. ( Chaqqa chaqib bеraman) ( Chaqqa chaqib bеraman) Qurbaqaning оyog`iga Qurbaqaning оyog`iga Munchоq taqib bеraman. Munchоq taqib bеraman. HUKMLAGICHLAR. Turnaga: Turna, turna arqоn sоl! Turna, turna arqоn sоl! Cho`ntagingga talqоn sоl. Cho`ntagingga talqоn sоl. Talqоningni еyaylik, Talqоningni еyaylik, Tеgavеrsin dеyaylik. Tеgavеrsin dеyaylik. AYTISHUVLAR - Chilliktоsh-chilliktоsh, Chilliktоsh-chilliktоsh, - Kunda qayga bоrasan? Kunda qayga bоrasan? - Mоmоnikiga bоraman. Mоmоnikiga bоraman. - Mоmоng nima bеradi? Mоmоng nima bеradi? - Echki sоg`ib bеradi. Echki sоg`ib bеradi. - Sutini qayga qo`yasan? Sutini qayga qo`yasan? - Chilliktоshga qo`yaman. Chilliktоshga qo`yaman. - Chilliktоshda nima bоr? Chilliktоshda nima bоr? - Turna bilan qalam bоr. Turna bilan qalam bоr. MASXARALAMALAR Ranо puchuq, Ranо puchuq, Labida uchuq. Labida uchuq. Qurbоn quruq, Qurbоn quruq, Qоrni buruq. Qоrni buruq. Bоlta bоdiring, Bоlta bоdiring, Etadi ding-ding, Etadi ding-ding, Har bir ko`zida Har bir ko`zida Bir bоtmоn yiring. Bir bоtmоn yiring. Bolalarning o’yin qo’shiqlari Bolalar qoʻshiqlarining koʻplari yil fasllari bilan bog’liq. "Boychechak", "Oftob chiqdi olamga", "Chittigul", "Laylak keldi, yoz boʻldi", "Qurbaqa", "Qaldirgʻoch" kabi qoʻshiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq koʻchalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomgʻir yogʻishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bogʻliq. "Bu bogʻchada olcha", "Zuvzuv boragʻon", "Chamandagul", "Oq sholi, koʻk sholi" va boshqa qoʻshiklar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va sanʼat bilan bogʻliq mehnat jarayonlari, kattalar xatti-harakatlariga taqlid aks etadi. Oftob chiqdi olamga Oftob chiqdi olamga, Yugurib bordim holamga. - Hola, hola kulcha ber. Holam dedi, - “ o’tin ter “ Keyin yugurdim qirga, O’rtog’im bilan birga. O’tin terdik bir quchoq, Bilmadik sira charchoq. Holam yopdi kulcha non, Non isiga to’ldi har yon. Bolalar folklorining o’ziga xos xususiyatlari Oʻyinlar ham, qoʻshiqlar ham bolalarning aqliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq uygʻotadi. Bolalarning nutqini rivojlanishiga, so’z boyligini oshishiga katta hissa qo’shadi. Ularda estetik didni shakllantiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |