120
Parodontoliz bolalarda juda erta uchraydi va hamma bop tishlar parodont
to`qimasida keng tarqaladi.
Klinik kechishining sur’ati barcha tishlarda bir xil bo`lmasligi mumkin. Bu
xol har xil gurux tishlar ildizini o`rab turuvchi alveolyar suyak to`qimasining
anatomik tuzilishi va yoshga qarab uning strukturasining o`zgarishi bilan
bog`liqdir. Bundan tashqari tishlarga o`z faoliyati paytida tushadigan bosimning
turliligi va mahalliy noxush ta’sir qiladigan sabablarning mavjudligi ham muhim
ahamiyat kasb etadi.
Patomorfologik o`zgarishlardan parodont to`qimasida sodir bo`ladigan
distrofik yallig`lanish va degeneratsiya (struktura buzilishi) jarayonlari asosiy
o`rinda turadi.(67-rasm)
Parodontoliz xastaligi bolalarda qandli diabet, tug`ma neytropeniya,
immunologik tanqislik, Daun xastaligi, keratodermiya (Papiyon-Lefevr sindromi)
va
sklerodermiya
(Xend-SHyuller-Krischen
xastaligi)
kabi
kasalliklar
mavjudligida kuzatiladi.
6.9.1. Keratodermiya (Papiyon - Lefevr Sindromi)
Bu parodont xastaligi 1924 yilda Papiyon va Lefevr tomonidan kuzatilgan.
U genetik asosga ega bo`lib, sababi aniqlanmagan kasallikdir. Xastalikning
birinchi belgilari og`iz bo`shlig`ida birinchi sut tishlarining chiqishi bilan
aniqlanadi. 2-3 yashar bolalarda milk to`qimasi yallig`lanib, shishinqirab qizaradi,
qonash belgisi paydo bo`ladi. Parodontal cho`ntaklar hosil bo`lishi va ularning
yoshi oshgan sari chuqurlashuvi, ulardan serozli ekssudat ajralishi kuzatiladi.
Milklarda yiringli bo`shliqlar (abssess) paydo bo`ladi. Tishlar liqilla6 tushib
ketadi. Tishlar tushib ketganda yoki ular olib tashlanganda jarayon to`xtab, yangi
tishlar chiqishi bilan ular atrofida yana yangitdan boshlanadi va shu tariqa barcha
tishlar tushib ketgunicha davom etadi.
Rentgen
tasvirida
molyar
tishlar
atrofidagi
suyak
to`qimasida
likopchasimon, kurak tishlar atrofida gorizontal yo`nalishdagi suyak to`qimasining
yemirilishini (lizis) kuzatamiz.
Parodont to`qimasining bunday xastaligida oyoq va qo`llarning kaft
yuzasida, ba’zan bilak terisida kuchli shoxlanish natijasida terining qalinlashuvi
(giperkeratoz) va bu sohalar terisi sariq novvot chirishi shifokor e’tiboridan chetga
qolmasligi lozim. Qalinlashgan va sog`lom teri chegarasida xastalik uchun xos
bo`lgan xavorang-qizg`ish hoshiya hosil bo`lishp qayd etiladi. Bemor bolalarda
kuchli terlash belgisi paydo bo`ladi. Bundan tashqari, tirnoqlar xiralashib, mo`rt
bo`lishi, tez-tez qonishi kabi belgilar qayd etiladi.
Bemor bolalarning umumiy ahvoli o`zgarmaydi, biroq tishlar liqillab,
ularning faoliyati pasayishi oqibatida ovqatlanish jarayoni susayadi. Buning
natijasida bemorlarda anemiya va gipotrofiya belgilari kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: