97
qolayotganligiga shikoyat qilishadi. Bu xol bolalarning yoshi oshgan sari kuchayib
boradi.
Rentgen tasvirda frontal tishlar ildizi kalta, ingichka yoki yo`g`onlashgan.
Chaynov tishlarda bitta kalta, baquvvat ildiz aniqlanadi. Ildiz uchlarida bir nechta
uchi o`tkir o`simtalar mavjud. Tish bo`shlig`i va ildiz kanali keskin toraygan bo`lib
yosh o`tishi bilan to`liq obliteratsiyaga uchraydi. O`sish zonasi kichraygan, yaxshi
aniqlanmaydi. Ba’zi bir tishlarda ildiz cho`qqi teshigi atrofida aniq yoki noaniq
chegarali suyak destruksiyasi kuzatiladi. Dentin qavat yupqa, tish bo`shlig`i zich
joylashgan dentikllar bilan to`la. Ba’zi bolalar mazkur kasallikda xarorat ta’siridan
tishlarda og`riq paydo bo`lganligiga shikoyat qilishadi. Tugallanmagan
dentinogenez o`g`il va qiz bolalarda bir xil uchraydi.
Davosi.
Odontogen jarayonlarni bartaraf qilish uchun dentiklli ildiz
kanallarini o`tib, yaxshilab plomba materiali bilan to`ldirish shikoyatlarni bartaraf
etadi. Tishlar tushib ketgan taqdirda olib qo`yiluvchi protezlar yasalib taqib yurish
tavsiya qilinadi.
5.8.3. Tugallanmagan odontogenez yoki irsiy tovlanuvchi dentin (Stenton-
Kapdepon sindromi).
Mazkur kasallik asosida embrion ektodermal va mezodermal varaqlari
to`qimalarining faoliyatini buzilishi yotadi. Natijada emal va dentin to`qimalar
rivojlanishi buziladi. Tishlarning bunday nuqsoni o`g`il va qiz bolalarda bir xilda
uchraydi. Bolalar tishlari o`rtacha muddatda chiqadi, ular o`lchamlari va shakli
buzilmagan bo`lsada, emal rangi o`zgargan bo`ladi. Ko`pchilik xollarda emal rangi
kulrang, bo`tana suv tusini eslatadi. Ba’zan tovlanuvchi jigarrang tusda bo`ladi.
Tishlar chiqib bo`lganidan so`ng oz muddat ichida emalda yoriqlar paydo bo`ladi
va ochilib qolgan dentin to`qimasi tovlanuvchi tus oladi, tezda yemirilib ketadi,
yupqalashuvi oqibatida tish bo`shlig`ining konturlari ko`rina boshlaydi. Emal va
dentin to`qimasining siyqalanib yemirilish darajasi bolaning yoshiga bog`liq
bo`ladi. Bolaning yoshi qanchalik katta bo`lsa, siyqalanish shuncha kuchli
namoyon bo`ladi. Bunda sut tishlarining ko`proq va tezroq patologik yemirilishi
kuzatiladi. Bu xastalikda tishlarning toj qismini yemirilishi oqibatida tishlar
munosabati (prikus) ning buzilishi, yuqori-pastki jag` bo`g`inlarida o`zgarishlar
yuzaga keladi. Rentgren tasvirida tish toj qismi bo`shlig`i, ildiz kanallarining bitib
qolganligi kuzatiladi. Tishlar ildizlari qisqa, ingichka yoki yug`on tortgan bo`lib,
ularning apikal soxasida gipersementoz va suyak to`qimasining o`choqli
osteoporozi, siyraklashuvi aniqlanadi.
Bolalar kosmetik nuqsonga, tishlarning siyqalanishiga, milklarning
qonashiga, jag` bo`g`imidagi og`riqlarga va tishlarni xaroratga nisbatan sezgirligini
oshganligiga shikoyat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: