Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Sistemali emal gipoplaziyasining likopchali shakli



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
5.2.5. Sistemali emal gipoplaziyasining likopchali shakli. 
Bunday nuqsonli xastaliklarda bir davrda rivojlanib mineral tuzlarga 
to`yinadigan, shakllanadigan tishlarning kesuvchi va chaynov yuzalariga parallel, 
asosan vestibulyar va lunj satxlarida likopchasimon chuqurliklar aniqlanadi. 
Nuqson likopcha shaklida bo`lib 1 dan 4tagacha devori mavjud bo`ladi. Ba’zan 
likopcha bo`shlig`ini emal parda ikkiga bo`lib, ajratib turishi xam mumkin.
Agarda likopchali emal nuqsoni chaynov yuzasi va kesuvchi qirradan ma’lum 
masofada parallel joylashgan bo`lsa, aproksimal-kontakt yuzaga yetib bormagan 
bo`lsa, unda uning 4 devori mavjud bo`ladi. Nuqson kesuvchi qirrada joylashib


79 
tishning kontakt yuzasiga chiqmagan xolda uning 3 devori, bordiyu nuqson 
aproksimal satxga chiqqan bo`lsa yana uning 2 devori farqlanadi. Likopchasimon 
nuqson tishning kesuvchi qirrasida joylashib kontakt yuzaga ochilib chiqqan 
bo`lsa, u xolda uning faqat 1 devori mavjud bo`ladi. Mazkur nuqsonli xastalikda 6 
tishlar do`mboqchalari, qoziq tishlar, ba’zan premolyar chaynov do`mboqchalari 
ingichkalashib o`tkir tikanak shaklini olishi yoki do`mboqchalar siyqalanib 
yo`qolib ketishi xususiy xol xisoblanadi. 
Bunda emal to`qimasining yupqalashuvi faqat nuqsonli soxada, likopchalar 
tubidagina emas fissuralar soxasida xam sodir bo`ladi. Ba’zi likopchalar tubida 
emal xaddan tashqari yupqalashgan yoki bo`lmasligi xam mumkin. Shu joylarda 
kariyes jarayoni kechayotganligini guvoxi bo`lamiz.
Bolalar bunday nuqsonli xastaliklarda kosmetik nuqsonlarga, tish emalining 
siyqalanishiga, tish toj qismi yorilib, sinib tushayotganligiga, xaroratga nisbatan 
giperesteziyaga va kimyoviy sezgirlikka shikoyat qiladi.
Sistemali emal gipoplaziyasining likopchali shakli ponasimon nuqson, yuza 
kariyes, o`rta kariyes, flyuorozning eroziyali shakli, maxalliy autosom-dominant 
gipoplastik irsiy tugallanmagan amelogenezlar bilan qiyosiy tashxislanadi.
Rentgen tasvirda likopchasimon chuqurchalar soxasida onda-sonda ovalsimon 
qora dog`lar aniqlanadi. Ular asosan tish kesuv qirrasiga nisbatan gorizontal 
yo`nalishda joylashadi.

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish