Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Stomatologik kasalliklar profilaktikasida ftor saqlovchi



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
1.3. Stomatologik kasalliklar profilaktikasida ftor saqlovchi 
birikmalarning ahamiyati.
1931 yilda flyuoroz xastaligi kimyoviy ftor moddasining organizm talab 
darajasidan yuqori bo`lgandagina sodir bo`lishi olimlar tomonidan aniq, ravshan 
isbotlanishi, keyinchalik bu kimyoviy element kariyes, parodont xastaliklari bilan 
ham aloqador bo`libgina kolmay ularning kelib chiqishida ham o`z o`rni borligi 
ma’lum bo`ldi. Amerikalik olimlar tomonidan (Din 1931) xol-xol dog`li flyuoroz 
bilan xastalangan bemorlarda kariyes jarayoni juda kam uchrashini aniqlanishi, 
shu asosda kariyes ko`p uchraydigan aholi ichimlik suvida sun’iy ravishda ftor 
miqdorini oshirish kariyes tarqalishi va jadalligini pasaytirishi mumkin degan 
xulosaga olib keladi. 
Tarkibida ftor miqdori 1 mg/l va undan yuqori bo`lgan suv manbaidan suv 
ichib kelgan aholi suv manbaida ftor miqdori 0.1-0.3 mg/l bo`lgan aholi o`rtasida 
kariyes tarqalish ko`rsatkichi solishtirilganda ftor ko`p saqlovchi suv iste’mol 
qilgan aholi guruxida 50% gacha kariyes kam uchrashi aniqlangan. Iste’mol 
qilinadigan suvi tarkibida 1 mg/l ftor bo`lgan aholi o`rtasida flyuoroz kasalligi 
uchramasligidan kelib chiqib, suvda ftor miqdorining me’yori 0.8-1.2 mg/l ga 
teng deb qabul qilingan. 
Birinchi marta Amerikaning ikki shaharlarida ichimlik suvini ko`shimcha 
sun’iy ravishda ftorlash kichik sarf-harajatlar talab kilsada, shu shaharlar 


261 
aholisining ovqatlanishiga hech qanday o`zgarishlar kiritilmagan holda kariyes 
jadalligi ko`rsatkichini 60-70% ga pasayganligini ko`rsatdi. Bunday katta 
yutuqdan so`ng, boshqa shaharlarda ham ichimlik suvini qo`shimcha ftor moddasi 
bilan boyitish joriy qilindi. 
Ftor elementi inson organizmiga asosan suv orqali kirib unga bo`lgan talabni 
qondirishida asosiy o`rin tutsada, tabiatda kishilar organizmiga ftor olib kiruvchi 
boshqa manbalar (oziq-ovqatlar, ko`katlar, dori-darmonlar, pestitsidlar) ham 
mavjud. Shu bilan bir qatorda superfosfat, fosfor kislotasi, alyuminiy, oyna, sulfat 
kislota, plastmassalar va uglevodlar ishlab chikdruvchi korxonalarda ham xavoga 
ftor birikmalari ajralib chikadi va inson nafas yo`llari orqali organizmga tushadi. 
Ftoridlarni organizmdagi metobolizmini (almashinuvini) o`rganish shuni 
ko`rsatadiki, mazkur moddalar tish va suyak to`qimasini hosil qiluvchi 
minerallarga juda yaqin turarkan. Ftor saqlovchi elementlar skelet tuzilmalarning 
organizmyda suyuqliklar oqib, yuvib turuvchi sohalarida yig`iladi. Bunday 
sohalarga dentin emalning yuza qatlamlari misol bo`ladi. Dentin to`qimasi pulpa 
qon tomirlari bilan bevosita a’loqador bo`lsa, emal to`qimasining yuzasi doimo 
so`lak bilan yuvilib turadi. 
Qon va so`lak tarkibidagi ftor saqlovchi birikmalar konsentratsiyasining 
miqdori inson organizmiga tashqaridan, ayniqsa suv orqali tushayotgan ftor 
moddasining miqdori bilan bevosita bog`liqdir. Tish qattiq to`qimalarida ftor 
saqlovchi mineral tuzlar emalning homiladorlik va bola tug`ilgandan so`ng (1-3k 
doimiy tishlar shakllanishi davrlarida eng ko`p yig`ilishi aniqlangan. Bu davrlarda 
sut va doimiy tishlar emal to`qimasi jadal suratlar bilan mineral tuzlarga to`yina 
boshlaydi. 
So`lak tarkibidagi ftoridlar konsentratsiyasi 1 mol/l yoki suv tarkibidagi 
ftorning 1/50 qismini tashkil qiladi. 
Tish usti yumshoq karashlaridagi ftoridlar konsentratsiyasi so`lak 
tarkibidagidan 40-60 marta yuqoridir. Ammo ularning ma’lum bir qismigina erkin 
ionlar shaklida bo`lib, almashinuvda ishtirok etadi. Qolgan asosiy miqdori 
bog`langan holda mavjud bo`lib, almashinuv jarayonida ishtirok etmaydi. 
Bugungi kunda ftor birikmalarining tish qattiq to`qimalariga ta’sir mexanizmi 
izlanishlar bergan ma’lumotlarga tayanadi. 
Uzoq yillar mobaynida ftor saqlovchi birikmalarning profilaktik ta’siri emalda 
faqat ftorapatitlar hosil bo`lishi bilan tushuntirilar edi. Bunda kaltsiy ftoridning 
hosil bo`lishi va uning so`lakda erib emal yuzasidan yuvilib chiqishi salbiy holat 
deb baholanardi. Bugungi olingan ilmiy ma’lumotlar va tajribalar asosida tuzilgan 
konsepsiyaga binoan ftoridlarning kariyes barqarorlik ta’siri ularning tish 
to`qimalarida va so`lakda ko`plab yig`ilishi bilan bog`liq. Yig`ilgan ftorli 
birikmalar rN ko`rsatkichi pasayganda tish karashlari tarkibidan ftor elementini 
erkin ftor ioni sifatida ajratib chiqaradi. Bu esa emalda sodir bo`lishi mumkin 
bo`lgan demineralizatsiya jarayonini sekinlashtiradi yoki butunlay to`xtatdi. 
Tish emali yuzasida ftor ionlarining doimiy muloqoti evaziga kaltsiy ftorning 
mikrokrisstal globulalari xosil bo`lib, emalning kariyesga nisbatan turg`unligini 
ta’minlab turadi. 


262 
Organizmga ftor moddasinng uzluksiz ravishda oz-oz miqdorda kirib turishi 
(tish pastasi tarkibida) emal qavatning ftor bilan taminlab uning kariyesga nisbatan 
turg`unlik muvozanatini saqlab turishga imkon yaratadi. 
Olingan ma’lumotlarga ko`ra ftorid kaltsiy mikrokrisstallari emal yuzasida 
hosil bo`lgandan so`ng ular kaltsiy fosfat va oqsil molekulasiga o`raladi 
(qoplanadi). Kaltsiy fosfat hamda oqsil moddasi doimo so`lak tarkibida mavjud 
bo`ladi. Fosfat ionlari kaltsiy ftorid krisstallarining faollik markazlariga 
adsorbsiyalanib ftorgidroksiapatit miineral birikmasini hosil qiladi. Bu xol kaltsiy 
ftor birikmasining erishini bir muncha sekinlashtiradi. 
Tish emalini o`rab turuvchi muxit rN ko`rsatkichining pasayishi (kislotali 
muxitni hosil bo`lishi) kaltsiy ftor birikmasining turg`unsizligiga sabab bo`ladi va 
ftor ionlarining kaltsiy va fosfatlarga nisbatan sezgirligi oshadi. Kaltsiy va fosfatlar 
esa kariyes jarayonida erkinlashuvi mumkin. Natijada kaltsiy va fosfat ionlar ftor 
ioni bilan birikib ftorapatitlar hosil qilishadi. Bunday holat kariyes jarayonini 
rivojlanishini so`ndirishga qaratilgan bo`ladi. Kislotali muhit sharoitida kaltsiy ftor 
birikmasi faol ravishda erkin ftor ionlarini ajratib, apatitlar hosil bo`lishini 
ta’minlaydi va kariyesning oldini olishda asosiy vosita bo`lib hisoblanadi. 
Izlanishlardan olingan ma’lumotlar shuni ko`rsatadiki, emal krisstallari to`riga 
mustahkam o`rnashib olgan bog`langan ftor kariyesga qarshi potensial vosita bo`la 
olarkan. Lekin kariyes jarayonini, bevosita rivojlanish yoki sustlashish 
reaksiyalarida emal va so`lak chegarasidagi erkin ftor ionlarigini qatnashar ekan. 
Tish karashalarining suyuq fazasiga yoki tish emaliga adsorbsiyalanishi 
uchun ftor birikmalari erigan holda bo`lishi shart. Ftor birikmalarini tish karashi 
yoki emali tarkibiga kirib borishida ftoridlarning so`lak tarkibidagi va karash yoki 
emaldagi konsentratsiyalar farqi hisobiga sodir bo`ladigan diffuziya kuchi sabab 
bo`ladi. Ma’lumki ionlar konsentratsiyasi darajasi qaysi muhitda past bo`lsa, shu 
muhitga konsetratsiyasi yuqori muhitdan ionlar diffuz yo`l bilan o`tadi. 
Izlanishlar ftor birikmalari kariyes profilaktikasida muhim o`rin tutishini 
ko`rsatdi. Ftoridlar kariyes profilaktikasida o`zining ikki xil yo`nalishidagi ta’siri 
bilan o`rin tutadi: 
a) 
birkinchidan 
emalga-ta’siri. 
b) 
ikkinchidan 
tish 
karashlaridagi 
bakteriyalarga ta’siri bilan. 
Tashqi muhitdan kiruvchi ftoridlarning tish emal qavatiga ta’siri ularning 
qaysi davrda (tish taraqqiyotining) organizmga tushishiga bog`liqdir. 
Ftoridlarning me’yoriy darajada organizmga kirishi tishlarning chiqishigacha 
ro`y bersa, unda: 
1) gidroksiapatitlar krisstallarining hajmi oshadi, 
2) gidroksiapatit gidroksil (ON) gruppasi ftor ioni bilan almashinib ftorapatit xosil 
bo`ladi. 
3) emal tarkibida karbonatlar miqdori kamayadi, 
4) emal to`qimasining qattiqligi oshadi, 
5) tish fissuralarining chuqurligi kamayib, ular yassilashadi. 
Mabodo ftoridlar talab darajasida tishlar chiqib bo`lgandan keyin emal 
atrofidagi muhitda bo`lsa, unda ftoridlar ta’siri ostida emal demineralizatsiyasi 


263 
susayadi va aksincha remineralizatsiya jarayonini kuchaytiradi. Shu tartibda 
emalning kariyesga nisbatan turg`unligi ancha oshadi. 
Ftoridlarning ana shu hususiyatlari ularni mahalliy qo`llashdan ko`ra umumiy 
holda organizmga kiritilganda ko`proqq samara berishini ko`rsatadi. Ftoridlar 
patogen mikroorganizmlar metobolizmini buzadi va natijada ularning kariyesogen 
ta’siri susayadi. Og`iz bo`shlig`ining normal mikroflorasiga ftoridlarning salbiy 
ta’siri aiiqlanmagan. 
Ftor birikmalari so`lak va karashlarda glyukoza moddasining patogen 
mikroblar hujayrasiga tashib kirilishiga qarshilik ko`rsatadi, natijada hujayra 
tashqarisida hosil bo`ladigan polisaxaridlar sintezini buzadi va shu bilan tish 
karashi asosini hosil qiluvchi matritsalarning hosil bo`lishini buzadi. So`lak 
tarkibida ftoridlarning kichik konsentratsiyasi organik kislotalarni neytrallab, 
ularni hosil qiluvchi fermentlar faolligini pasaytiradi. 
Sog`lom emal tarkibiga ftor elementini kiritish nihoyatda mushkul. Shuning 
uchun profilaktika maqsadida kariyesni erta boshlanish jarayonida tishlarni doimo 
yuvib turadigan so`lak tarkibini ftoridlarning kichik konsentratsiyasi bilan boyitib 
turish maqsadga muvofiqdir. 
Ftoridlarning organizmga talab darajasidan ko`proq kirishi salbiy, toksik 
ta’sir ko`rsatadi. Ftoridning organizmga kirish miqdorining sutkalik talabini 
qondirish uchun kuniga bir kilogramm vaznga nisbatan 0.05-0.07 mg bo`lishi 
mumkin. Mabodo ftoridlar qabuli bir kunda organizmda 0.1 mg/kg dan oshgan 
taqdirda tishlar va suyaklar flyuorozi kasalligi sodir bo`ladi. Amerika Fanlar Milliy 
Akademiyasi tavsiyasiga ko`ra bir kunda 1.5 mg dan-4 mg gacha ftorid qabul 
qilinishi organizm uchun me’yoriy talab hisoblanadi. 
Ftor preparatlari bilan zaharlanishning asosiy belgilari bo`lib: ko`ngil aynishi, 
qusish, qorinda og`riq paydo bo`lishi hisoblanadi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish