Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Tishlar kariyesi etiologiyasi va patogenezi



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
2.2.Tishlar kariyesi etiologiyasi va patogenezi. 
Kariyes-bu so`z lotincha suyak chirishi ma’nosini anglatadi. Ilmiy jihatdan 
kariyes-tishlarni emal, dentin to`qimalarining asosiy qismini tashkil qiluvchi, 
ularning qattiqligini ta’minlovchi mineral tuzlarning xilma-xil sabablarga kura 
yuvilib chikib ketishi (demineralizatsiya) oqibatida to`qimalarning mo`rtlashuvi, 
yumshab yemirilishi natijasida tishlar butunlgining buzilishi va kovaklar hosil 
bo`lish jarayonidir. 
Bugungi kunda ilmiy tekshiruvlar, tajribalarga tayanib olingan ma’lumotlar 
tish kariyesi kasalligini paydo bo`lishida tish karashlarining ahamiyati juda katta 
ekanligini ko`rsatadi. 
Sut tishlari va doimiy tishlar qattiq to`qimalarini kariyesga chalinishi bir xil 
asosga ega ekanligi bugun barchaga ravshandir. Kariyes jarayoni odatda tish usti 
karashlari yig`iladigan joylardan boshlanadi. Ana shunday joylarda yig`ilib qolgan 
tish usti karashlaridan streptokokklar o`z faoliyatida foydalanishi natijasida 
uglevodli ovqat qoldiqlaridan organik kislotalar (sut, pirouzum, uksus, olma va 
boshqa.) hosil bo`lib, shu atrofdagi chegaralangan emal sohasida RN 
ko`rsatkichini, pasaytiradi. Uglevodli ovqatlar ko`proq iste’mol kilinishi oqibatida 
tish emali sathida RN shunchalik keskinrok pasayishi mumkin. Kislotali muxitni 
yuzaga keltirishda faol ishtrok etuvchi mikroorganizmlar bo`lib, streptococcus 
mutans, laktobatsillalar va aktinomitsetlar hisoblanadi. Bu mikroorganizmlarning 
ko`pchiligi oziq-ovqat tarkibidagi shakardan hujayra tashqarisida polisaxarid 
sintez qiladi. Ular esa o`z navbatida tish usti karashlarining asosiga kirib 
mikroblarni karashlarda mustahkam o`rnashib qolishini ta’minlaydi. 
Kariyes kasalligini kelib chiqishida nafaqat uglevodlar turi, balki ularni 
iste’mol shakli ham aloxida o`rin tutarkan. Bir marta ko`p miqdorda uglevodli 
ovqat qabul qilishdan ko`ra oz-ozdan tez-tez ularni iste’mol qilish ko`proq 
xavflidir. Ayniqsa ular yopishqoq bo`lib, ovqatlanishlar orasida iste’mol qilinsa, 
bunda ularning kariyesogen ta’siri kuchliroq bo`ladi. 
Engil parchalanuvchi: glyukoza, saxaroza kabi kichik molekulyar og`irlikdagi 
uglevodlar qabuli 1-3 minut ichida RN ko`rsatkichni 4.4-5.0 darajaga pasaytiradi. 
RN ni odatdagi (7.0-7.4) holga kelishi uchun esa 2-2.5 soat vaqt talab qilinadi. 
Vodorod ionlari konsenratsiyasini bunday o`zgarishi, ayniqsa RN ko`rsatkichning 
5.5 atrofida bo`lishi erkin vodorod ionlari tish emal qavatiga singib o`tib, 
krisstallarni erishiga va demineralizatsiyasiga sabab bo`ladi. 
Demineralizatsiya jarayoni so`lak tarkibida kaltsiy va fosfat ionlari 
konsentratsiyasi talab darajada bo`lganda orqaga qaytishi-ya’ni reminiralizatsiyaga 
uchrashi mumkin. Shunday sharoit tug`ilganda emal qatlami kristallari 
remineralizatsiyaga uchrab, qayta tiklanadi. 
Taxmin qilinishicha bakteriyalar faoliyati natijasida hosil bo`lgan organik 
kislotalar emal tarkibiga diffuziya yo`li bilan singib kirib ionlarga 


21 
dissotsiatsiyalanadi va erkinlashgan vodorod ionlari kristallar tarkibidagi mineral 
tuzlar bilan faol-reaksiyaga kirish imkoniyatiga ega bo`ladi. 
Kariyesning boshlang`ich davrida tish yumshoq karashlari ostidagi emal RN 
muhitning o`zgarishi oqibatida demineralizatsiya jarayoniga yuz tutadi. 
Xastalikning bu bosqichida "oq dog`" hosil bo`ladi. Patologik jarayon "oq dog`" 
bosqichida to`la orqaga qaytib, emal krisstallari to`liq tiklanishi mumkin. Bunda 
remineralizatsiya jarohatlangan emalning ostki qavatlari va tish atrofidagi so`lak 
tarkibidan o`tadigan mineral tuzlar hisobiga bo`ladi. Emalda sodir bo`ladigan "oq 
dog`"
darajasidagi patologik jarayonni quyidagicha tasavvur qilish mumkin.(3- 
rasm): 
Bugungi kunda kariyes kasaligini keltirib chiqaruvchi sabablar 2 guruxga 
bo`linadi: 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish