216
chiqaruvchi sabablarni yo`qotishdan boshlanadi. Uzun so`rg`ichlar qisqartirilib,
yumshoq va nozikroqlari tanlanadi. Ona ko`krak- so`rg`ichi emizishdan oldin
yog`lab yumshatilishi shart.
Ikkilamchi infeksiyaga qarshi kurashish bilan bir qatorda, yuqorida bayon
qilingan o`simlik moylari va malhamlar bilan yara atrofidagi to`qimaning
tiklanishiga e’tibor beriladi. Bulardan tashqari kasallikning asosiy noxush belgisi
bo`lib hisoblangan og`riqka qarshi muolajalar o`tkazilishi lozim.
Og`riqsizlantirish maqsadida, ayniqsa bolani ovqatlantirishdan oldin jarohat
va uning atrofiga o`simlik moylariga yoki vazelin yog`iga aralashtirilgan anestezin
surtish yaxshi natijalar beradi. Yallig`lanish jarayonining susayishini tezlashtirish
uchun uyqudan oldin kuniga 3-4 marta jarohat va uning atrofi antiseptik eritmalar
yoki dorivor o`simliklar damlamasi bilan yuvilib, unga oblepixa moyi, na’matak
moyi, vanilin kabi malxamlar surtish zarur. Bolaning shaxsiy gigiyenasi va u
o`ynaydigan predmetlar - o`yinchoqlarni toza tutish, so`rg`ichlarni qaynoq suvda
yoki rangsiz KMnO
4
eritmasida chayish, ona ko`kragi gigiyenasiga amal qilish
tuzalish jarayonini tezlashtiradigan omillardan hisoblanadi.
Bolaga shifokor maslahatisiz mustaqil davo - tadbirlarini qo`llash noxush
oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Maktab yoshidagi bolalardagi noxush qiliqlar: lab, lunjlarni tishlar orasiga
olib so`rish, tilni tishlar orasiga olib o`ynash, tishlash, qalam, ruchkani og`ziga
solish natijasida og`iz shilliq pardasining turli sohalarida surunkali travma ta’sirida
jarohatlar yuzaga keladi. Bunday hollarga bolalarda hali asab sistemasining
turg`unlashmanligi sabab bo`ladi. Oqibatda kelib chiqadigan jarohatlar shilinish
yoki yara belgilari ko`rinishiga ega bo`ladi. Bu xildagi yaralar chegarasi notekis,
atrofi qizargan, paypasla6 tekshirilganda asosi qattiq va og`riqli bo`ladi. Surunkali
yallig`lanish jarayonida shilliq parda xususiy qavatida himoya hujayralar yig`ilib,
infiltrat hosil qiladi va ko`pgina hollarda chandiqli jarohatlar paydo bo`ladi.
Davolash tadbiri tishlarning o`tkir qirralarini charxlab silliqlash, yallig`lanish
jarayonini susaytirish, jarohatni og`riqsizlantirish, ikkilamchi infeksiyaga va eng
asosiysi noxush qiliqlarga qarshi kurashishdan iboratdir. Chandiq hosil bo`lgan
hollarda ortodontik himoya plastinkalar taqib yurish buyuriladi. Ba’zi bir hollarda
nevropatologdan maslaxat olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: