Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


O`zlashtirish darajasini anshlash uchun savollar



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
O`zlashtirish darajasini anshlash uchun savollar
 
1. Qanday sharoitlarda og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi jarohatlanadi? 
2. Bola tug`ilganidan keyingi birinchi oylarda og`iz bo`shlig`i shilliq
pardasida yuzaga keladigan mexanik jarohatlyar qanday yuz beradi? 
3. Bednar yarasining o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 
4. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi qanday sharoitlarda sirotga uchrashi 
mumkin? 
5. Travmatik jarohatlarni umumiy davolash nimalarni o`z ichiga oladi? 
6. Kimyoviy jarohatlanishda birinchi yordam nimadan iborat? 
 
7.6. Infeksiya sababli og`iz bo`shlig`i shilliq qavatida yuzaga keladigan 
o`zgarishlar 
Keyingi paytlarda bolalar orasida lablarning qizil hoshiyasida, unga 
birlashib turuvchi teri sathida va og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida surunkali tarzda 
kechadigan ekzematoz xeylit (lablarning yallig`lanishi), o`tkir gerpetik stomatit va 


218 
ekssudatli eritema xastaliklarining ikkilamchi streptokokkli, strepto-stafilokokkli 
mikroblar bilan ifloslanishi natijasida yiringli belgilar vujudga kelish hollari ko`p 
uchramoqda. Bayon qilingan xastaliklarning klinik kechishida birinchi o`rinda 
o`tkir yiringli jarayonli belgilar kuzatiladi. Lablarda va unga birlashib turgan teri 
sathida qalin yiringli (asal rangida), sarg`ish po`stloqlar hosil bo`ladi. Po`stloqlar 
ajratilganda o`rnida yiringli jarohatlar paydo bo`ladi.(38,40-rasmlar) 
Yiring bilan qoplangan ikkilamchi belgilar lablar va til shilliq pardasida ham 
aniqlanadi. Shilliq parda yiringli jarohatlari yuza qavatda hosil bo`lishiga qaramay 
og`riqli, yuzasi yumshoq va oson ajraladigan g`ovak fibrinli karash bilan qoplanib 
turadi. Oldingi tishlar atrofidagi milklarda o`tkir kataral yallig`lanish belgilari 
paydo bo`ladi. Jag` osti limfa tugunlari kattalashib, paypaslaganda og`riq seziladi,
 
ayrim hollarda yiringli yallig`lanish jarayonlari vujudga kelishi mumkin. 
Bolalarning tana harorati ko`tariladi va umumiy zaharlanish belgilari paydo 
bo`ladi. Bunday xastalikka uchragan bemorlarni davolashda jarayonni vujudga 
keltirgan asosiy kasalliklar e’tiborga olinmog`i lozim. 
Mahalliy davo tadbirlarini amalga oshirish chog`ida lablardagi, ularning 
atrof terisi sathidagi yiringli po`stloqlar ilitilgan o`simlik moyiga aralashtirilgan 
anestezinli aralashma bilan yog`lanadi va yumshatiladi. Yumshagan po`stloqlar 1 
% li iliq vodorod peroksidiga ho`llangan steril salfetkalar yordamida ohista 
jarohatdan ajratib olinadi. Og`iz shilliq pardasi mahalliy og`riqsizlantirilgandan 
so`ng, 0,5-1% li vodorod peroksidi, so`ngra kaliy permanganatning 1:10000 
nisbatdagi eritmasi, 0,1-0,25% li xloramin eritmasi yoki oqsillarni parchalovchi 
fermentlar (tripsin, ximotripsin) eritmalari bilan tozalanadi. Ekzemali xeylit yoki 
boshqa allergik xastaliklar bilan og`rigan bolalarning lab, teri jarohatlariga, og`iz 
shilliq pardasiga neomitsinli, dibomitsinli, eritromitsinli, polimiksinli, sintomitsinli 
antibiotikli emulsiyalar va malxamlar (maz) surtish mumkin. Dori moddalariga 
nisbatan o`ta sezgir va ekzemali xeylit xastaligiga uchragan bolalardagi yiringli 
jarohatlarga esa antibiotikli malhamlar, albatta ularga glyukokortikoid gormonli 
malxamlar (dermozolon, oksikord) ni aralashtirib surtiladi. 
Uy sharoitida shilliq parda, teri jarohatlariga antiseptik tozalash 
(obrabotka)dan keyin buyurilgan malkam dorilar har 1 soat vaqt oralig`ida (kechasi 
ham) surtiladi. 
Bayon qilingan xastalikka uchragan bemorlarga umumiy davo tadbirlarini 
qo`llash ularning sog`ayishini tezlashtiradi. Ana shu maqsadda xasta bolalarga 
ichish 
uchun 
sulfanilamidli 
tabletkalar, 
kaltsiy 
glyukonati, 
sezgirlikni 
pasaytiruvchi dorilar (tavegil, suprastin) yoshga mos ravishdagi miqdorlarda 
buyuriladi. Ana shu davr mobaynida bolalarni cho`miltirmaslik lozim. Kiyimlari 
tez-tez almashtirilib, qo`llariga toza latta qopchalar kiygiziladi, bu esa yiringli 
jarohatlarga tegsa ham kasallikning tananing sog` qismlariga ko`chishi 
ehtimolining oldini oladi. Qo`llarga kiygizilgan qo`lqopchalarni har 1-2 soat vaqt 
mobaynida yuvilib, dazmollab, almashtirib turish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish