128
mobaynida dispanser nazorati ostida turishadi. Shifokor yallig`lanish jarayonining
qaytalanmasligiga ishonch hosil qilgach, bolalarni dispanser nazoratidan o`chiradi.
Milk yallig`lanishi jarayoni asosida ichki a’zo va sistemalarning umumiy
xastaliklari aniqlanganda davo tadbirlaridan so`ng milklar tez orada sog`ayib
ketadi. Biroq vaqt o`tishi bilan milklarda yallig`lanish belgilari yana qaytalanadi.
Buning sababi, surunkali umumiy xastaliklarda kasallikdan to`liq sog`ayish hollari
kamdan-kam sodir bo`lishidadir. Bunday bemor bolalar doimo dispanser nazorati
ootida bo`lmoqlari lozim.
Surunkali tarzda kechadigan milk yallig`lanishi (gingivitlar) bolalar va
o`smirlarda parodontit xastaligini vujudga keltirmaydi. Bunda klinik yoki
parodontal cho`ntaklar ham hosil bo`lmaydi.
Parodontitni Davolash
. Bu xastalik bolalarda onda-sonda uchrab, davolash
jarayoni katta yoshdagi kishilarnikidan farq qilmaydi. Bunday bemorlar jarrox,
terapevt, stomatolog ko`rigidan o`tishlari lozim. Mutaxassislar o`zaro fikrlashib,
davolash tadbirlarini belgilashlari va har bir bemorga xususiy muolaja rejalarini
qo`llashlari zarur. Parodontit xastaligini keltirib chiqaruvchi umumiy xastaliklar
yoki sistema kasalliklari bilan og`rigan bemorlar kasalxonalarda davolanadilar.
Qon kasalliklari bilan og`rigan bemorlar gematologiya bulimlarida gematolog-
shifokorlar, ichki sekretsiya bezlari faoliyati buzilgan bemorlar esa endokrinologlar
hamkorligida davolanadilar.
Umuman parodont xastaliklarida stomatolog-shifokor muolajalarni quyidagi
sxema asosida amalga oshirishi:
1) yallig`lanish jarayonini kuchaytiruvchi ikkilamchi sabablar (karashlar,
toshlar, mikroorganizmlar)ni bartaraf etishi yoki og`iz bo`shlig`ining sanatsiyasini
o`tkazishi;
2) gingivitlarning turiga qarab, muolaja o`tkazishi;
3) parodontal cho`ntaklarga ishlov berishi (kyuretaj qilish, antiseptik va
ferment prelaratlari bilan yuvish);
4) bemorni jarrox, ortodont va ortopedlar ko`rigidan o`tkazib, kerakli davo
tadbirlarini o`tkazishi;
5) pediatr bilan maslahatlashgan holda organizmning umumiy turg`unligini
oshiruvchi parxez va vitaminlarni buyurishi;
6) og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga muntazam ravishda rioya qilishni tayinlashi;
7) tishlar butkul tushib ketgan taqdirda ortopedik, ortodontik yordam
ko`rsatishi va bolalarda sun’iy jag`lar (protezlar) yilda kamida bir marta
yangilanishini ta’minlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: