Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Bolalarda parodont to`qimasining anotomik tuzilishi va fiziologik



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

6.1. Bolalarda parodont to`qimasining anotomik tuzilishi va fiziologik 
xususiyatlari. 
Parodont – morfologik va funksional jihatidan murakkab to`qima bo`lib, tish 
atrofini o`rab va uni alveola kosachasida ushlab turadi. Parodont strukturasini: 
milk, periodont, alveola suyak o`sig`i va sement tashkil qiladi. Bu elementlar 
o`zaro jips bog`langan bo`lib, bir embrional kurtakdan rivojlangandir. Mazkur 
sanab o`tilgan strukturalarning asosiy qismi mezenxima to`qimasidan taraqqiy 
etganligi buning dalilidir. 
Parodont to`qimasi o`ziga yarasha murakkab: barer, trofik, plastik, ushlab 
turuvchi tayanch kabi vazifalarni bajaradi. 
Milk,
epiteliy va qo`shuvchi to`qima qavatidan iborat bo`lib, tishlar 
atrofidan boshlanib o`tuvchi burmalar shilliq pardasigacha davom etadi. Milkda 
so`rg`ich qismi, marginal qismi va alveolyar qismlari farqlanadi. Milkda so`rg`ich 
qismi erkin holatda yotgan bo`lib, marginal sohaga o`tishdan oldin tish milk 
tarnovchasini yoki odatdagi tish – milk cho`ntagini (egatini) hosil qiladi. 
Gistologik tuzilishi jihatdan unda milk epiteliysi, krevikulyar (milk egatini 
ichidan qoplovchi) va biriktiruvchi (tsementga yopishgan epitelial birikmani 
qoplovchi) epiteliy turlari ajratiladi. 
Milk parodont to`qimasining muhim strukturasi bo`lib qolgan strukturalarni 
tashqi muxit sharoitining bevosita ta’siridan saqlab turadi. Tishlar bo`yin qismiga 
jips yopishib epiteliy va xususiy biriktiruvchi to`qimali qavatlardan iborat bo`lib, 
alveolyar o`siq suyak usti pardasiga yopishgan bo`ladi. Milkning alveolyar qismini 


100 
qoplab turuvchi ko`p qavatli yassi epiteliy qavat: bazal, tikanaksimon, donador 
hujayralar qavatidan iborat bo`lib, odatda shoxlanishiga moyil bo`ladi. Bu holat 
milkni kimyoviy, mexanik va boshqa ta’sirotlardan himoya qiladi. 
Milkning xususiy qavatining asosiy hujayra oraliq moddasi barer – himoya 
va yuqori regeneratsiya vazifalarini bajarishi bilan bir qatorda to`qima gemostazini 
barqarorlashtirib turadi. 
Milkning mikroblar va tashqi muxitning har xil noxush ta’sirotlaridan 
himoya qiluvchi vositasi bo`lib, uning xususiy to`qimasida faoliyat ko`rsatadigan 
himoya hujayralar majmuasi (limfotsitlar, plazmatik hujayralar, monotsitlar, 
neytrofillar makrofaglar va semiz hujayralar) hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda 
asosiy moddasida mavjud bo`lgan gialuron kislotasi va gialuronidaza fermenti ham 
himoya vositasi sifatida muhim o`rin tutadi. 
To`qimada 
gialuronidaza 
fermentining 
oshib 
ketishi 
uning 
o`tkazuvchanligini oshiradi va yallig`lanish jarayonining boshlanishiga sabab 
bo`ladi. Bunday hol ko`pincha patogen mikroorganizmlarning to`qimaga tushib, 
o`zidan gialuron kislotasini ishlab chiqargan paytlarda yuz beradi. 
Milk xususiy qavatining qo`shuvchi to`qimasi tolali strukturasida kollagen 
tolalar yaxshi rivojlangan bo`ladi. Bu tolali strukturalar to`qimaning zichligi va 
mustahkamligini ta’minlab turadi. Qo`shuvchi to`qimaning xususiy hujayrasi 
sanalmish fibroblastlar kollagen tolalarni hosil qilish va uning yallig`lanib turishini 
ta’minlaydi. Limfotsit, makrofag, plazmatik va semiz hujayralar – fagotsitoz
pinotsitoz, antitelolar va immunoglobulinlar ishlab chiqarish vazifalarni 
bajarishadi. 
Parodont kasalliklarining etiologiyasini, patogenezini aniqlashda va bu 
xastalikni oldini olish – profilaktika tadbir – choralarini belgilab olishda tish va 
milk orasini qoplab, biriktirib turuvchi maxsus epitelial boylam to`g`risidagi 
tasavvur muhim o`rin tutadi. Aynan shu sohalar tashqi muhitning ko`plab noxush 
ta’sirotlariga, ayniqsa mikroblarga nisbatan to`siq hisoblanadi. Shu bilan birgalikda 
parodont to`qimasida yallig`lanish jarayoni boshlanuvchi nuqta hisoblanadi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish